Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 64.96 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi64.96 Kb.
#1592070
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish222222222222

I- BOB ASOSIY QISM
I.1. Fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
Yuqorida qisqa keltirilgan tahliliy materiallardan ko`rinib turibdiki, barcha bo`layotgan vaziyatlarda, ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining funksional va hududiy quyi tizimlari, korxona va tashkilotlarning fuqaro muhofazasi bo`yicha mutaxassisliklari uchun yuzaga kelishi mumkin bo`lgan vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etishda tezkor harakat qilish, profilaktik chora- tadbirlarni ishlab chiqish, aholini, ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda to`g`ri harakat qilishga o`rgatishda hayot faoliyati xavfsizligi fani muhim ahamiyat kasb etadi.
Buning muhimligini nazarga olgan holda 1996 yil 4 martda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi va barcha vaziyatda fuqaro muhofazasi vazifalari shu vazirlikka yuklatildi. (№1378 PF) .
Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari kabi Respublikamiz hukumati XXI asr bo`sag`asida aholining xavfsizligini ta‘minlash borasida shu kunning dolzarb qonun va qarorlarini qabul qilib, ularni ijro etish bo`yicha qator tadbirlar o`tkazmoqda.
O`zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to`g`risida» gi (1997 yil 27 avgust), «Aholini va hududlarni tabiiy, hamda texnogen xususiyatni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida» gi (1999 yil 20 avgust) va «Fuqarolar muhofazasi to`g`risida» gi (2000 yil 26 may) qonunlarini hamda Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 9 dekabrdagi
«O`zbekiston Respublikasi aholisini favqulodda vaziyatlardan muho- faza qilishga tayyorlash to`g`risida» gi 427-sonli qarorini, O`zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni (1997 yil 27 avgust) amalga oshirishni ta‘minlashda umumiy o`rta maktablarida «Hayot xavfsizligi asoslari», o`rta maxsus kasb hunar ta‘limi tizimida «Fuqaro muhofazasi asoslari va hayot xavfsizligi», oliy o`quv yurtlarida «Fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlar» yoki (2003 yildan) «Favqulodda vaziyatda fuqaro muhofazasi» fanlarini o`qitishni tashkil qilish ta‘lim ning uzluksizligini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
«Fuqaro muhofazasi to`g`risida»gi qonunning 16 va 18-modda larida umum ta‘lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o`quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulod- da vaziyatlarda harakat qilishga o`rgatish va fuqaro muhofazasi sohasi bo`yicha o`qitish umumiy va majburiydir, deb ta‘kidlangan.

Download 64.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling