Mundarija kirish I- bob asosiy qism I fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 64.96 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi64.96 Kb.
#1592070
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
fuqoro muhofazasi tadbirlari rejalari va ularni tuzish222222222222


MUNDARIJA
KIRISH
I- BOB ASOSIY QISM
I.1. Fuqaro muhofazasi tushunchasi, fanning predmeti, maqsadi va vazifalari
I.2. O`zbekistonda fuqaro muhofazasining huquqiy asoslari
II.BOB NAZARIY QISIM
II.1. Fuqaro muhofazasi asosiy faoliyatining rejasi
II.2. Fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH
Vatanimiz milliy davlatchiligi va iqtisodiy mustaqilligi, qudratli in- tellektual salohiyatining yuksak bo`lishida siyosiy, huquqiy, ma‘naviy va ma‘rifiy yo`nalishlarda olib borilayotgan keng qamrovli tadbirlar majmuasida, aholi va hududlarni turli vaziyatlardan muhofaza qilish, inson xavfsizligi va salomatligini saqlash alohida o`rin tutadi, shuning uchun ham bu soha milliy davlat siyosatining ustuvor yo`na lishlaridan biri hisoblanadi.
Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov mazkur masalaning dolzarbligiga alohida e‘tibor berib, respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridanoq «Siyosatimizning asl mohiyati aholi xavfsizligini ta‘minlash, ularni turli xil ofatlar va favqulodda vaziyatlardan himoya qilishdir» deb alohida ta‘kidlab o`tgan edilar.
Jamiyat va tabiat asosi, uni o`z faoliyati bilan rivojlantiruvchi va boshqaruvchisi inson ekanligini e‘tiborga olib, uning hayot faoliyatini yaxshilash, e‘zozlash – taraqqiyot yo`lidagi muhim omil bo`lib hisob- lanadi. Shuning uchun ham, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan fuqarolarimizning hayot sharoitini yaxshilash, ularni turli ta‘sirlardan saqlash, har qanday holatda ham ehtiyot etib, muhofaza etish asosiy ezgu maqsad qilib olingan.
Fuqaro muhofazasi tushunchasi o`z ichiga insonning jamiyatda, ishlab chiqarishda, yashashida, faoliyat olib borishida muhitning xavfsiz bo`lishi, tabiiy va texnogen xususiyatli vaziyatlardan saqlanishi, urush va terrorizm xurujidan himoyalanishi, tabiat va odamzot uyg‘unligini saqlashi, umuman olganda, insonning shu zamindagi hayotining xavfsizligini ta‘minlash tushuniladi.
Ona sayoramizda ilk qadamlarni quygan hamda tafakkur imkoniyati darajasiga ko`tarilgan uzoq ajdodlarimiz yashash joylarida o`zlariga xavf solib turgan yirtqichlardan ham xavfli ofatlar bo`lishini tezda tushunib yetishgan. Chunki, o`sha davrlarda ham zilzilalar, vulqonlar, to‘fonlar, suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlar insonlarning ojiz va ziyrak qabilalariga sezilarli zarar yetkazib turgan.
Insoniyat XXI asrga qadam qo`yar ekan, o`tgan davr mobaynidagi sovuq urushlar, tinchlik davrlarida qo`llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko`rinishdagi falokatlar va boshqa muammolarni tahlil qiladi va yangi asr bo`sag`asida bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
XX asr poyonida xafsiz hayotni ta‘minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarishni yuqori taraqqiy et- gan texnologiyalar bilan ta‘minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodni barqaror rivojlanishiga xavf solib turibdi. Shuning uchun eng muhim vazifalar O`zbekiston aholisi hayot faoliyatini va hududini turli xil vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni, ayniqsa fuqaro mehnati muhofazasini ta‘minlash hisoblanadi. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.Karimov «O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan» deb e‘tirof etgan edilar. «O`zbekiston XXI asr ga intilmoqda» asarida birnchi Prezidentimiz vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to`g`risida batafsil to`xtab o`tgan edilar.
Oldingi asrda ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi vaqtlarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg`in qurollari va hujumkor vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo`lsa, hozirgi vaqtda fuqaro muhofazasi yangi ijtimoiy-iqtisodiy zaru- riyat asosida shakllanmoqda, mamlakatimizni va aholini turli falokatlar va halokatlardan saqlash ularning mehnatini, yashashini muhofaza etish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilmoqda.


Download 64.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling