Mundarija kirish I – bob. Biotexnologiyaning rivojlanishi


II.2. Biotexnologiyaning obyektlari. Mikroorganizmlar va ular yordamida foydali moddalarning olinishi


Download 0.62 Mb.
bet12/19
Sana18.06.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1574043
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Kurs ishi (1)

II.2. Biotexnologiyaning obyektlari. Mikroorganizmlar va ular yordamida foydali moddalarning olinishi
Biotexnologiyaning obyektlariga mikroorganizmlar, hayvon va o‘simlik hujayralari, transgen hayvon va o'simliklar hamda hujayralardagi ko‘p komponentli ferment tizimlari va aloliida fermentlar kiradi.
Ko‘pgina zamonaviy biotexnologik ishlab chiqarishning asosi mikrobli sintez, ya’ni turli biologik faol moddalami mikrooiganizmlar yordamida sintezlash hisoblanadi.
Obyektning tabiatidan qat’i nazar, istalgan biotexnologik jarayonning 1-bosqichi organizmlar (mikroblar boisa), hujayra yoki to ‘qimalarning (o‘simlik yoki hayvonlar boisa) toza kulturasini olish hisoblanadi. O‘simlik va hayvon to ‘qimalari kulturalaridan biotexnologiyaning obyektlari sifatida foydalanish metodi к nuqtayi
nazardan mikroorganizm kulturalaridan farq qilmaydi.
Hozirda mikroorganizmlarning 100000 ortiq turiga tavsif berilgan. Bular prokariotlar (bakteriyalar, aktinomitsetlar, rikketsiyalar, sianobakteriyalar) va eukariotlaming bir qismi (achitqilar, ipsimon zamburug'lar, ayrim suvo‘tlari)dir. Mikroorganizmlar turli-tuman boiishiga qaramay, qaysi mahsulot olinishi kerakligiga qarab ularni to ‘g‘ri tanlay bilish kerak. Eng ko'p va chuqur o ‘rganilgan
mikroorganizmlar - ichak tayoqchasi (E. coli), pichan tayoqchasi (Вас. subtilis) va achitqi zamburugiari (S.cerevisiae)dir.
Biotexnologik obyektni tanlashda (masalan, mikroorganizmprodutsent) yaxlit mahsulotni sintezlash xususiyati asosiy mezon sanaladi. Bunda mikroorganizmlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak:

  • tez o‘sish sur’atiga;

  • o‘zining hayot faoliyati uchun arzon substratlarni sarflashi;

  • tashqi mikrofloraga va faglarga nisbatan chidamli, ya’ni raqobatbardosh bolishi.

Bularning barchasi yaxlit mahsulot olishga ketadigan sarfxarajatlami kamaytiradi. Tabiatda barcha talablarga javob beradigan organizmlar uchramaydi. Masalan, birhujayrali oiganizmlar yuqori organizmlarga nisbatan tez o ‘sadi va ularda sintetik jarayonlar tez ketadi. Lekin bu barcha mikroorganizmlarga tegishli emas. Masalan, oligotrof mikroorganizmlar juda sekin o'ssada, ulardan ko‘plab qimmatli mahsuJotlar olish mumkin va qulaydir.
Hayoti faoliyati davomida quyosh nuri energiyasidan foydalanuvchi mikroorganizmlar fotosintezlovchi mikroorganizmlar deb ataladi. Ularning bir qismi (sianobakteriyalar va fotosintezlovchi eukariotlar) uglerod manbayi sifatida C2O dan foydalanadi, sianobakteriyalaming ayrimlari esa atmosfera azotini yutish xususiyatiga ham egalar. Fotosintezlovchi mikroorganizmlar ammiak, vodorod, oqsil va bir qancha organik birikmalar olish uchun produtsent hisoblanadilar. Lekin ularning genetik tuzilishi va hayot faoliyatining molekulyar-biologik mexanizmlari yaxshi o'rganilmagan.
Yuqori haroratda o‘sadigan termofill mikroorganizmlaming xususiyati tashqi (begona) mikroflorani o ‘sishiga to'sqinlik qiladi. Bular spirtlar, aminokislotalar, fermentlar, molekulyar vodorod olish uchun produtsent hisoblanadilar.
Termofillar sintezlaydigan fermentlar issiqlik, ayrim oksidlovchilar, detergentlar, organik erituvchilar va boshqa noqulav omillarga nisbatan ham ancha chidamli hisoblanadilar. Ular oddiy temperaturada ham faollik ko‘rsata oladilar. Masalan, ayrim termofill mikroorganizmlardan olinadigan proteazalar 75°C da 20°C ga nisbatan 100 marta kamroq faollik ko‘rsatadilar. Ulaming bu xususiyati ayrim ishlab chiqarish sanoatlarida muhim ahamiyatga ega. Masalan, Thermus aquaticus termofil bakteriyasining Taqpolimeraza fermenti gen injeneriyasida keng ishlatiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling