Mundarija Kirish I. Asosiy qism
Navoiyazot OAJda ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion
Download 0.5 Mb.
|
HISOBOT 2022
Navoiyazot OAJda ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion qurilmalarini boshqarishning ulanish sxemasi tavsifi
"Navoiyazot"AJda sintetik ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion qurilmalarni boshqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining ulanish sxemasi haqida ma’lumot berib o’tiladigan bo’lsa, ushbu tizimning ishga tushish jarayonlarini ko’rib chiqiladi va har bir element vazifalarini aytib o’tiladi. Umumiy holda to’xtaladigan bo’lsa, jarayon ishlayabdi. Ushbu sexni ko’proq foyda olish va inson ishtirokisiz kimyoviy jarayonlarni olib borish uchun avtomatlashtirildi. Kontrollerga ijro qurilmalarini ulagan holda – jarayonni to’liq avtomatik ravishda nazorat qilindi. Endi har bir bajariladigan ishga to’xtalib o’tsa: O’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantirish uchun tok manbaidan foydalanildi. Ushbu jarayon 24V ga ishlashga mo’ljallangan. Sath o’lchovchi qurilma Rosemount 3300 SIEMENS SIMATIC S7-300 kontrollerga 4-20mA HART protokoli orqali ulangan. Ushbu qurilma 24 V da ishlaydi. Shunday qilib, tok manbaiga o’zgaruvchan tok berildi va bizga o’zgarmas tokka aylantirib berdi chunki sarf o’lchovchi qurilma, kontrollerlar (CPU) va kompyuter (PC/PG) o’zgarmas tokda ishlaydi. Tok manbaidan 2 ta chiqish mavjud bo’lib, bular (+V;-V). O’zgaruvchan tokni - o’zgarmas tokka, tok manbai yordamida aylantirib, kontroller ishga tushirildi. Ushbu kontroller haqida ma’lumot berib o’tsak. SIEMENS SIMATIC S7-300 dasturlashtirilgan logik kontrolleridan foydalanilgan. Ushbu kontrollerga mehnat muhofazasi uchun qo’llaniladigan zamonaviy uskunalardan foydalanilgan. Ushbu programmalashtiriladigan logik kontroller(CPU)ga 16 ta analog va 8ta diskret kirish, 16 ta diskret va 8 ta analog chiqish signallar ulandi. Bunga asosiy sabab, sarf o’lchovchi qurilma va boshqa o’lchov vositalari analog signallar orqali CPU modullariga ma’lumot uzatadi. O’lchovchi qurilmalar + ga ulanadi, Kontroller (CPU) – ga ulanadi. Chunki buning sababi tok + dan – ga oqib o’tadi ya’ni datchikda bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi axborot kontrollerga kelib turadi. Signal to’g’ri yoki noto’g’ri borayotganini tekshirish zarur bo’lib qolganda kommutator orqali qo’lda ulab tekshirib ko’ramiz. SIEMENS SIMATIC S7-300 kontrollerini RS-232 (COM PORT) port orqali sanoat kompyuteri PC/PG va boshqa HMI ekranlariga ulandi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling