Mundarija Kirish I. Asosiy qism


-rasm. Uzluksiz ishlаydigаn rеktifikаtsiya qurilmаsining prinsipiаl sхеmаsi


Download 0.5 Mb.
bet5/14
Sana13.09.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1677319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
HISOBOT 2022

2-rasm. Uzluksiz ishlаydigаn rеktifikаtsiya qurilmаsining prinsipiаl sхеmаsi
1 - rеktifikаtsion kolonnа (а - tugаllаsh qismi, b - mustаhkаmlаsh qismi); 2–kub
- bug’lаtgich; 3–dеflеgmаtor; 4–isitgich; 5–distillyat sovitgichi; 6–kub qoldig’i sovitgichi.


Ko’p komponentli eritmаlаrni rеktifikаtsiya qilish. Ko’p komponentli eritmаlаrni rеktifikаtsiya qilish sхеmаsi ko’p kolonnаli bo’lib, boshlаng’ich eritmаni uzluksiz rаvishdа uch qism, ya’ni А, B vа C komponentlаrgа аjrаtishgа mo’ljаllаngаn. Birinchi kolonnа аrаlаshmаni А+BC yoki АB+C qismlаrgа аjrаtаdi. Аrаlаshmаni n qismgа аjrаtish uchun n - 1 tа rеktifikаtsion kolonnаlаrdаn tаrkib topgаn rеktifikаtsiya qurilmаsi zаrur bo’lаdi.



    1. Prinspial sxemalar haqida umumiy tushunchalar



Texnologik jarayonlarni nazorat qilish, boshqarish va avtomatik rostlashda turli elektr va pnevmatik asboblar, apparaturalar qo‘llaniladi, ular orasidlagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatishda, shuningdek, ularni ishlash prinsiplarini o‘zlashtirishda prinsipial sxemalardan foydalaniladi. Prinsipial sxemalarda avtomatlashtirish sistemasining ayrim bir bo‘lagiga kiruvchi element, modul, yordamchi apparatlarniing tarkibi va ular orasidagi bog‘lanishlarning to‘la ko‘rsatilishi lozim. Prinsipial sxemalarni loyihalash uchun dastlabki material sifatida funksional sxemani asos qilib olinadi.
Sxema elementlarining shartli grafik va harfiy ifodalanishi bir guruh Davlat Standartlari va ko‘rsatma materiallar asosida belgilangan. Bu shartli belgilanishlar asosida avtomatlashtirishning har qanday murakkab prinsipial sxemasini bajarish mumkin



    1. Navoiyazot OAJda sintetik ammiak ishlab chiqarishda rektifikatsion qurilmalarini boshqarishning prinspial sxemasining tavsifi

Oldingi sxemalardan ma’lumki, o’zgaruvchan tokni o’zgramas tokka aylantirish uchun tok manbaidan foydalanildi. 220 V o’zgaruvchan kuchlanish ostida tok berilganda, tok manbai orqali 24 V ga aylantirib olindi. Chunki jarayon o’zgarmas 24 V da ishlaydi. Ulanish sxemasidan ma’lumki, kontrollerga diskret va analog kirish-chiqish signallari ulangan edi.
Kontrollerdagi analog kirish 24AC INPUTS ga quyidagi datchiklar ulangan:

  • Sarfni o’lchovchi Rosemount 3051SFC

  • Sathni o’lchovchi Rosemount 3300

  • Bosimni o’lchovchi Rosemount 2088

  • Temperatura o’lchash qurilmasi Metran 286-Exd

  • Rostlash klapanlarining holati

Kontrollerdagi diskret kirish 24DC INPUTS ga quyidagi tugmalar
ulangan:

  • KK –himoya relesi (motor qizib ketsa, uzib himoya qiladi)

  • Jarayonni ishga tushirish tugmasi SB8

  • Jarayonni to’xtatish tugmasi SB9

  • Avariyaviy to’xtatish tugmasi SB10

Ushbu tugmalardan kelayotgan axborotlarni kontroller quyidagi kodlar bo’yicha qabul qilib oladi:

  • KK- himoya relesidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.3

  • Jarayonni ishga tushirish tugmasidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.0

  • Jarayonni to’xtatish tugmasidan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.1

  • Avariya holatida to’xtatishdan kelayotgan signalni kontroller quyidagi kod bilan tushunib oladi: I 0.2

Diskret chiqishga 10 ta rele ulangan. KM5 rele EL2 lampochkani yoqib beradi KM3-sath oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB2ni bosgan vaqti HA1 ovozli signalizatsiya o’chib, EL3 lampochka yoniq qoladi. KM4-sarf oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB3ni bosgan vaqti HA2 ovozli signalizatsiya o’chib, EL4 lampochka yoniq qoladi. KM5-temperatura oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB4ni bosgan vaqti HA3 ovozli signalizatsiya o’chib, EL5 lampochka yoniq qoladi. KM6-bosim oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB5ni bosgan vaqti HA4 ovozli signalizatsiya o’chib, EL6 lampochka yoniq qoladi. KM7-kondensatorda temperatura oshib ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB6ni bosgan vaqti HA5 ovozli signalizatsiya o’chib, EL7 lampochka yoniq qoladi. KM8-sifat ko’rsatkichi o’zgarsa yoki kritik holatga ketganda signalizatsiya vazifasini bajaradi. SB7ni bosgan vaqti HA6 ovozli signalizatsiya o’chib, EL8 lampochka yoniq qoladi. KM9- motor M (16-1) ni ishga tushiradi. Nasos qizib ketsa KK kontrollerga xabar beradi va kontroller o’sha vaqtning o’zida motorni o’chiradi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling