Mundarija kirish I bob. Abdulhamid sulaymon o’G’li cho’lpon—xx asrning yirik namoyondasi
ma’shuqaga aldanib qolgan lirik qahramonning ohu-nolaga to’la tuyg’ulari singari taassurot qoldiradi.Cho’lpon o’sha she’rida
Download 51.89 Kb.
|
kecha va kunduz A4
ma’shuqaga aldanib qolgan lirik qahramonning ohu-nolaga to’la tuyg’ulari singari taassurot qoldiradi.Cho’lpon o’sha she’rida:Besh yillik yonishim bir yil uchunmi?Erkalab o’tguvchi bir yel uchunmi? Degan savollarni o’rtaga tashlaydi.U zamonasining g’oyat dolzarb masalalariga bag’ishlangan serma’no,ixcham hikoyalar muallifidir.Cho’lpon she’riyat va dramaturgiyada el og’ziga tushgan asarlari bilan cheklanmay,katta prozada – romanda ham o’z qalamini sinab ko’rdi.Ikki qismdan iborat “Kecha va kunduz” asarini yozishga jazm etdi.Ko’pchilik e’tirof etishlaricha romanning birinchi kitobi “kecha”,ya’ni o ‘tmishga bag’ishlangan qismi yozilib,ikkinchi qismini yozishga muallif ulgurmagan yoki ikkinchi qismi yo’qolgan.I BOB. ABDULHAMID SULAYMON O’G’LI CHO’LPON—XX ASRNING YIRIK NAMOYONDASI Cho’lponing hayoti va ijod yo’li, badiiy asarlari tahlili O’zbek adabiyotining atoqli namoyandasi Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov — Cho‘lpon 1897-yilda Andijonning «Qatorterak» mahallasida ziyoli oilasida dunyoga kelgan. Adibning ijodi 1913-1914-yillardan boshlangan bo‘lib, u avval «Qalandar», «Mirzaqalandar», «Andijonlik» va nihoyat Cho‘lpon (Tong yulduzi) taxallusi bilan ijod qila boshladi. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida o‘z xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shdi. Uning dastlabki asarlari «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» kabi mahalliy ro‘znomalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan «Sho‘ro» nomli oynomada ham nashr etiladi. Xususan, Cho‘lponning «Ishtirokiyun», «Qizil bayroq», «Turkiston» hamda «Buxoro axbori» kabi ro‘znomalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi bo‘lib xizmat qildi. Cho‘lpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. 1914-1917-yillarda «Bahor ovullari», «O‘sh», «Vatanimiz Turkistonda temir yo‘llar» hamda «Do‘xtir Muhammadiyor» asarlarida madaniyat va ma’rifat targ‘ibotchisi sifatida maydonga chiqdi. Oktyabr to‘ntarishidan keyingi 1920-1924-yillarda hayotda sodir bo‘layotgan xush va noxush o‘zgarishlarni qalamga oldi. Uniig «Yo‘lda bir kunduz», «Yo‘lda bir kecha», «Sharq poyezdi keldi», «Sharq uyg‘ongan», «Chimkent», «Quturgan mustamlakachilar», «Yo‘l esdaligi» singari o‘nlab sayohat ocherklari va publitsistik maqolalari yaratildi. Shoir 1922-1926-yillarda o‘zining «Tong sirlari», «Uyg‘onish» va «Buloqlar» kabi uchta she’riy to‘plamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib «Soz» va «Jo‘r» kabi she’riy to‘plamlari tayyorlandi. Ammo «Soz»i chop etiladi-yu, «Jo‘r» to‘plami katag‘onlik shamoli tuzog‘iga ilinib, qolib ketadi. Shoir to‘plamlari orasida «Buloqlar» (1922) ajralib turadi. Unda shoir yaxlit holda mazlum Sharq taqdiri fojeasi haqida o‘z qarashlarini to‘kib soladi. To‘plam besh bo‘limdan iborat bo‘lib, «Sharq uchun», «Sezgilar», «Sevgi», «Qora yo‘llar» va «Qor qo‘ynida» deb nomlanadi. Cho‘lpon 1925-yillarga kelib «Muhit kuchli ekan, egdim bo‘ynimni» deya ijod sohasida qarashlarining o‘zgarganligini e’tirof etadi. Uning «Mening tovushim», «Kuz», «Buzilgan o‘lkaga», «Yupatmoq istagi» kabi dardchil she’rlari yoniga «Qizil bayroq», «Xalq», «Qo‘zgolish», «Qor», «Bir tilla qo‘ng‘iz», «Yaproq uchun» kabi umidli, armonli va fayzli she’rlari qo‘shildi. Shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq she’riy asarlar o‘z xalqi, yurti, baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi haqidagi kurashning adabiy solnomalaridandir. Cho‘lpon yetuk lirik shoirgina emas, yirik nosir sifatida o‘nlab publitsistik maqolalar, ocherk va hikoyalar, «Qor qo‘ynida lola», «Yov» qissalari va «Kecha va kunduz» (1938) kabi ajoyib romanining birinchi («Kecha») qismini nashr ettirgan iste’dodli adib hamdir. U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning «Xalil farang», «Cho‘rining isyoni» kabi kichik pyesalari, «O‘rtoq Qarshiboyev», «Mushtumzo‘r» kabi yetuk dramalari hamda ko‘p vaqt sahnadan tushmagan «Yorqinoy» pyesalari mashhur bo‘lgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V.Yan bilan hamkorlikda «Hujum» dramasini yaratgan. Cho‘lpon adabiy tanqid sohasida «Sho‘ro hukumati va sadoi nafisa», «Adabiyot nedur?» kabi mazmunli maqolalar ham yaratgan. Shuningdek, Cho‘lpon mohir tarjimon sifatida M. Gorkiyning «Ona», A. Pushkinning «Dubrovskiy» qissasi va «Boris Godunov» kabi pyesalarini hamda V. Shekspnrnnng mashhur «Hamlet»ini o‘zbekchaga o‘girgan. Abdulhamid Cho‘lpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatag‘onlik siyosati qurboni bo‘lgan. U 1937-yilning 14-iyulida qamoqqa olinib, 1938-yilning 4- oktabrida otib tashlangan. 1956-yilda oqlanib, 1991-yildagina birinchi bor «Yana oldim sozimni» nomi bilan eng yaxshi she’riy asarlari to‘plam holida nashr etildi. Keyingi bir jildlik kitobidan uning kengaytirilgan tarjimai holi, (prof. O. Sharafiddinov) «Kecha va kunduz» romani o‘rin olgan. Hozirgi kunda Cho‘lpon nomida nashriyot, ko‘cha, mahalla, kutubxona va maktablar qo‘yilgan. Uning Fozila (1906), Foiqa (1903) ismli qizlari va nabiralari Namanganda yashaydi. Unga 1991-yil 25-sentabrda «Yana oldim sozimni» kitobi uchun Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. Biz ham Choʻlpondan qoʻl tortmaymiz. Choʻlpon yangi adabiyotda yangi shakllarga asos soldi. Mistik adabiyot oʻrniga zamonaviy ziyrak adabiy didga javob beruvchi ajoyib sheʼrlarni taqdim etdi. Bugungi yosh avlod uning jozibali texnikasini, sodda tilini, gʻaroyib uslubini sevadi va undan koʻp ajoyib narsalarni qabul qiladi. Abdulhamid Choʻlpon juda qisqa, bor-yoʻgʻi qirq yil umr koʻrdi. Uning hayot yoʻli bir-biridan tubdan farq qiluvchi, tarixiy voqealarga boy Turkistondagi siyosiy va maʼnaviy oʻzgarishlar koʻzga tashlangan ikki davr chegarasida oʻtdi. Agar ularning birinchisi oʻzida taraqqiyparvar gʻoyalari bilan turkistonliklarning milliy oʻzligini uygʻotgan eng ziyoli kuchlarni jamlagan jadidchilikning yuzaga kelishi va rivojlanishi bilan ifodalangan boʻlsa, ikkinchisi uni yoʻq qildi va “baxtli kelajak” haqidagi tasavvurlarni ostin-ustun qilib tashladi, jamiyatni oʻzgartirib, sanoatni yuksaltirish va “madaniy inqilob” niqobi ostida fojeali voqealarga yoʻl ochdi. Dastlabki paytlarda qudratli hayot toʻlqini Abdulhamid Choʻlponni mavhumlik girdobidan olib chiqib, keng xalq ommasining sheʼriyatdagi qahramoniga aylantirdi. Isteʼdod uni yuksak choʻqqilarga olib chiqdi, lekin tez orada u jamiyatning ovloq joylariga uloqtirildi. Uning murakkab hayoti zamon talotoʻplarida yanchilgan taqdirlardan biri edi. Choʻlpon shaxsini bilish va uni oxirigacha tushunish, betakrorligini his qilish, buyukligi va qudratini anglab yetish uchun u qanday davrda yashaganini hisobga olish zarur. Biz oʻrganayotgan muammoga shu nuqtayi nazardan yondashib Choʻlpon yashab faoliyat yuritgan davrni ikki bosqichga boʻlish mumkin: XX asr boshlaridan 20 yillar oʻrtalarigacha va 20 yillar oʻrtalaridan uning taqdiri fojeali yakun topgan 1937-yilgacha. Dastlab taqdir uni rosa siyladi. Uning isteʼdodi jadidchilik gʻoyalari bilan birga kamolga yetdi va hayotga tatbiq etildi. Abdulhamidning tugʻilishi ushbu oqim shakllangan vaqtga toʻgʻri kelgan. XIX asr oxiri ‒ XX asr boshlaridagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar taʼsirida shakllangan ijtimoiy fikr oʻz davrining eng taraqqiyparvar kishilarini jadidchilik maydoniga olib chiqdi. Ular orasida Fitrat, Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar qatorida nafaqat shoir, balki faol maʼrifatchi, ilk muxtor respublikalarning tuzilishidagi ishtirokini hisobga olganda siyosiy arbob ham boʻlgan Abdulhamid Choʻlpon bor edi. 1917-yilgi jadid gazetalari ‒ “Kengash”, “Turon”, “Turk eli” va boshqalar Turkiston xalqlarining oʻz taqdirini oʻzi belgilash shakllariga daxldor nihoyatda qizgʻin bahslardan dalolat beradi. Turkiston taraqqiyparvarlarining dastlab maʼrifatchilik, soʻngra siyosiy harakati keng quloch yozgan 1914-1917-yillarda Abdulhamid Choʻlpon ijodi ham gullab-yashnadi. 16 yoshida “Adabiyot nadur?” maqolasini yozgan muallif jadidchilik vujudga keltirgan yangi adabiyot asoschilaridan biriga aylandi. Biroq uning qiziqishlari faqat adabiyot va teatr sanʼati bilan cheklanmagan. 1914-yili “Sadoi Fargʻona”da eʼlon qilingan “Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik”, “Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar”, “Oyina” jurnalida chop etilgan “Andijonda yangi bank” maqolalarida uning iqtisodiyot sohasidagi chuqur bilimi namoyon boʻlgan. Abdulhamid Choʻlpon oʻz maqolalarida Rossiya, Yevropa va Amerikaning taraqqiyot tajribasidan misollar keltirib, Turkistonning boʻlajak iqtisodiyoti va uning rivojlanish yoʻllari haqida mulohaza yuritgan. Choʻlponga siyosat ham begona boʻlmagan. 1917-yili “Turon” gazetasida eʼlon qilingan “Ish vaqti ‒ ishlash vaqti”, 1918-yili “El bayrogʻi” gazetasida chop etilgan “Umid sizdan” maqolalarida uning bolshevizmga salbiy munosabati va Turkiston muxtoriyatini qoʻllab-quvvatlashi aks etgan. U nafaqat publitsist, balki amaliy siyosatchi ham boʻlgan, Turkiston va Boshqird muxtoriyatlarida faol ishtirok etgan. Qoʻqondagi Turkiston muxtoriyati tor-mor keltirilgach, koʻplab jadidlar yurtni tark etishga majbur boʻlganlar, u Ubaydulla Xoʻjayev, Abdulhamid Orifov, Mirmuhsin va boshqalar bilan birga Boshqird sovetlari kichik tashkilotida kotib boʻldi va uning axborot markazida faoliyat yuritdi. Keyin koʻplab taraqqiyparvarlar qatori maorif sohasida ishladi. Umuman, Turkistonning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy va madaniy hayotida bu davrda kechgan ziddiyatli jarayonlar Choʻlpon taqdirini ham chetlab oʻtmadi. Uning uchun murakkab vaqtlar kelgandi. Bir tomondan, jadidlarning maʼrifatchilik faoliyati oʻzining yuksak choʻqqisiga koʻtarildi, ularning katta qismi mamlakatda qolib, madaniyat muassasalari, maktablar, oliy oʻquv yurtlari va teatrlarda ishlashda davom etdi. Aholi savodxonligining keskin oshishi, texnologik taʼminotning oʻsishi, ilmiy muassasalarning paydo boʻlishi bilan Oʻzbekiston madaniyati taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qoʻydi. Boshqa tomondan, boshqaruvning totalitar tizimi mustahkamlanib borishi madaniy jarayonlarga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. “Madaniy inqilob”ning joriy etilishi, kadrlarning proletarlashtirilishi eski milliy kadrlarning qoralanishiga olib keldi. Sovet hokimiyatining oʻylanmay qilingan islohotlari madaniyatda oʻnglab boʻlmas holatlarni keltirib chiqardi. Boshlangan qatagʻonlar, birinchi navbatda, ziyolilarga qaratildi, bu esa maʼnaviy hayotga ulkan ziyon yetkazdi. “Shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” boʻlgan proletar adabiyotning yaratilishi yozuvchilarni oʻz gʻoyalarini sunʼiy ravishda hosil qilingan qoliplarga solishga majbur etdi. Bu yerda 1923-yildayoq L.Troskiy “Adabiyot va inqilob” asarida “proletar madaniyat boʻlmagan va boʻlmaydi ham” deb yozganini esga olib oʻtish oʻrinli. Aks holda dehqonlar adabiyoti va ziyolilar adabiyoti haqida masala yuzaga keladi. Choʻlpon ijodi, albatta, hech qanaqasiga proletar adabiyot qatoriga kirmagan. Yuqoridan kelgan koʻrsatma asosida Choʻlponga qarshi ayovsiz siyosiy taʼqib amalga oshirilgan. Zarif Bashir, Ayn, Otajon Hoshimov, Sotti Husayn, Tregulov, S.Pismenniy, A.Arsharuni oʻzlarining tanqidiy maqolalarida unga millatchi shoir, “pessimistik kayfiyatdagi ziyolilar shoiri” tamgʻasini bosdilar. Partiyaning masʼul xodimi S.Pismenniy fikricha, 1924-yildayoq adabiyot vakillari orasida, umuman, jamiyatda ikkita lagerga boʻlinish xavfi vujudga kelgan, yaʼni koʻngil amri bilan ijod qilganlar va barcha narsada partiya belgilab bergan yoʻlga amal qilganlar. Bu haqda Choʻlpon qaygʻurib yozadi: “Har doim tirnoq ostidan kir topish mumkin, qancha koʻp qidirsang, shuncha koʻp chiqadi. Ammo odamga hayot faqat shuning uchun ato etilmagan. Ayniqsa, pedagoglar Turkistonning oqni qoradan ajrata olmaydigan mahalliy aholisiga nimanidir isbotlashga uringan holda bir-birining aybini qidirib umrini behuda oʻtkazishmoqda ‒ bu jinoyatdir”. 1.2 Cho’lponning nasriy asarlarida obraz yaratish mahorati Madaniyatli kishining buyuk mutafakkirlarga behurmat munosabatda boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligi haqidagi fikr Oybek maqolasining leytmotivi sifatida yangragan. U Choʻlponni aynan shunday shaxs deb bilgan. Bunday tenglashtirishdan gʻazab otiga mingan A.Arsharuni Oybek agar Choʻlponni A. Pushkin bilan solishtirishga jurʼat etgan boʻlsa, bu uning A.Pushkin ijodini yaxshi bilmasligidan, deya ayblagan. Ehtimol Arsharuni Pushkin asarlarini yaxshi bilgandir, ammo Choʻlpon ijodidan umuman bexabar boʻlgan. Bu oʻrinda Germaniyada tahsil olgan, “Koʻmak” jurnalini chop ettirgan turkistonlik talabalar jurnal sonlaridan birida Choʻlpon Shekspir bilan taqqoslangan maqolani eʼlon qilishganini keltirib oʻtish joiz boʻlur edi. Maqola muallifi yozadi: “Men Shekspir lirikasi va Choʻlpon sheʼriyati oʻrtasidagi farqni qanchalik qidirmay, uni topa olmadim. Men Choʻlponning “Uygʻonish”ini qayta-qayta oʻqiganman. Shekspirni oʻqiganman. Nihoyat, Shekspir ‒ bu Choʻlpon yoki Choʻlpon ‒ bu Shekspir, degan xulosaga keldim”. Biroq bunday munosabat shoirning ahvolini yana-da ogʻirlashtirgan. Mustaqil fikriga ega boʻlish, erkin ishlash, ayniqsa, oʻsha davr hukmron mafkurasiga toʻgʻri kelmaydigan mulohazalarni bildirish inson hayoti uchun nihoyatda xatarli edi. Choʻlpon yuz berayotgan holatlarni juda yaxshi anglagan. Bundan uning sheʼrlari dalolat berib turibdi. Chunonchi, u “Yaproqlar” sheʼrini Oʻzbekistonda emas, balki Turkiyada eʼlon qilgan. Vatanida buning imkoni yoʻqligini tushungan, degan fikr keladi xayolga: Qargʻalar bogʻlarda qagʻlashib qoldilar, Bilmadim, kimlarning qismati uzilur? Yoproqqa yopishib, bir changal soldilar, Bilmadim, kimlarning umidi yoʻq boʻlur? Ey sovuq ellardan muz kiyib kelgʻonlar, U qoʻpol tovshingiz qorlarda yoʻq boʻlsin! Ey menim bogʻimdan mevamni tergʻonlar, U qora boshingiz yerlarga koʻmulsin! Shoirning bu qisqa satrlarida alam-iztiroblar, xalqqa begona boʻlgan eʼtiqodini majburlab tiqishtirganlar, poymol etilgan taqdirlar, Vatan haqida qaygʻurish ifodalangan. Oʻn yillar mobaynida Choʻlpon tanqid tigʻlari ostida yashadi. Oddiy jurnalistdan tortib respublika rahbari Akmal Ikromovgacha uning ijodi haqida salbiy munosabat bildirdi. Nihoyat, 1937-yil oxirida Choʻlpon “xalq dushmani” deb eʼlon qilindi. Siyosiy tuzum uning Ahmad Zakiy Validiy bilan doʻstligini, Boshqirdistonning milliy mustaqilligi uchun kurashdagi yordamini, Turkiston muxtoriyatidagi faol ishtirokini, jadidlar safida turib ochiq-oydin ifodalagan siyosiy qarashlarini unutmadi va kechirmadi. Ehtimol uning “aybi” eng mashhur va xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan oʻzbek shoiri boʻlgani va xalq, ayniqsa, yoshlar orasidagi obroʻ-eʼtiborini hech narsa tushira olmaganida boʻlgandir. Shaxsning buyukligi har doim oʻz davrini ortda qoldirgan. Taqdir taqozosi bilan ular yo koʻklarga koʻtariladi, yo jismonan yoʻq qilinadi. Ammo Abdulhamid Choʻlpon xotirasini yoʻqotishning iloji yoʻq edi, chunki uning sheʼrlari, gʻoyalari, xalqiga bo’lgan muhabbati barqarordir. Har qanday chinakam iste’dod sohibi kabi Abdulhamid Cho‘lpon ham ijodning deyarli hamma sohalarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. U ham shoir, ham nosir, ham dramaturg, ham tarjimon, ham publitsist bo‘lishi bilan birga, barkamol munaqqid, mohir adabiyotshunos, o‘ziga xos tarzda fikrlaydigan san’atshunos ham bo‘lgan. Uning badiiy asarlari xalq ma’naviyatini shakllantirishda qancha muhim rol o‘ynagan bo‘lsa, adabiy-tanqidiy maqolalari ham shunchalik katta qimmatga ega. Ammo istibdod zamonida Cho‘lpon ijodini o‘rganish u yoqda tursin, nomini tilga olish ta’qiqlangani uchun keng jamoatchilikkina emas, hatto adabiyotshunos mutaxassislar ham Cho‘lpon ijodining bu qirrasi to‘g‘risida g‘oyat mavhum va tumanli tasavvurga ega edilar. Faqat so‘nggi yillardagina Sh. Turdiev, N. Karimov, B. Do‘stqoraev, M. Olimov, U. Dolimov, Z. Eshonova, D. Quronov, U. Sultonov kabi adabiyotshunoslarning harakati bilan Cho‘lponning. inqilobdan oldin va keyin chop etilgan, hozir esa topilishi amri mahol bo‘lib qolgan, jurnallar va gazetalarda sochilib yotgan adabiy-tanqidiy asarlari ilmiy muomalaga kira boshladi. Surxondaryolik yosh cho‘lponshunos N. Yo‘ldoshev esa Cho‘lpon hayoti va ijodiga doir bibliografiya e’lon qilib, unda birinchi marta Cho‘lpon maqolalarining ro‘yxatini berdi. Bibliografiyada ko‘rsatilishicha, shoirning 1914—1937 yillar mobaynida chop etilgan adabiy-tanqidiy maqolalari hozircha 63 ta ekan. Izlanishlar davom ettirilsa, bu raqamning ko‘payishi turgan gap. Maqolalar bilan tynishish natijasida shunday xulosaga kelish mumkinki, Cho‘lpon o‘zini professional munaqqid yoki muayyan akademik qoidalar asosida ish yurituvchi adabiyotshunos olim deb hisoblagan emas. Cho‘lpon estetika bobida, san’at nazariyasida yangi sahifa ochgan emas, jahon san’atini va san’atshunosligini batamom yangi yo‘llarga burib yuboradigan tugal ta’limot ham yaratmagan. Shunga qaramay, yangn o‘zbek adabiyoti tarixini Cho‘lponning adabiy-tanqidiy faoliyatisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yangi o‘zbek adabiyotini shakllantirishda, 20—30-yillardagi g‘oyat murakkab ijodiy kurashlar muhitida unda izchil realistik uslubning ustivorligini ta’minlashda Cho‘lponning adabiy-tanqidiy qarashlarining ahamiyatini kamsitish mumkin emas. Cho‘lpon munaqqid sifatida, birinchi navbatda, adabiyot va san’atning amaliy masalalari bilan shug‘ullangan, yanada aniqroq aytganda, ma’naviy uyg‘onish va madaniy rivojlanish asosida adabiy jarayon davomida qo‘ndalang bo‘lgan dolzarb muammolarga javob topishga intilgan, shu tarzda adabiyotni o‘z davrining ilg‘or g‘oyalari bilan boyitishga, Sharq va G’arbning bebaho tajribasini yangi o‘zbek adabiyotiga olib kirishga harakat qilgan. Cho‘lpon adabiy-tanqidiy merosining ahamiyati faqat shu bilan cheklanmaydi. Yuqorida aytganimizdek, Cho‘lpon tanqidiy faoliyati bilan estetika sohasida yangi bir ta’limot yaratishni maqsad qilib qo‘ymagan bo‘lsa-da, uning maqolalarini ichki yaxlitlikdan mahrum, har xil yillarda har xil munosabatlar bilan yozilib, har xil narsalar to‘g‘risida bahs yurituvchi parokanda asarlar yig‘nog‘idan iborat deb qarash mumkin emas. Aksincha, har bir maqolaniyg yugurik misralari ortidan Cho‘lponning o‘zi qarab turganday bo‘ladi. Har bir maqolada Cho‘lpon shaxsiyatining aniq muhri borki, xuddi shu narsa ularni bir yaxlit holga keltirib turadi. Cho‘lponning adabiy-tanqidiy merosi bu ulug‘ adib shaxsiyatining turli qirralarini, madaniy saviyasini, e’tiqodi va dunyoqarashini o‘rganishda, ijtimoiy hayotning muhim jihatlariga uning munosabatini aniqlashda, ijodiy biografiyasining ba’zi nuqtalarini to‘laroq yoritishda ham g‘oyat ahamiyatlidir. Biz bu merosni muayyan tartibda o‘rganish natijasida Cho‘lponning g‘oyaviy-estetik evolyutsiyasi qanday kechgani haqida tasavvurga ega bo‘lamiz, hatto «ijtimoiy tuzum va iste’dod» degan muammoni qo‘yib, sovet voqeligi Cho‘lponning san’atkor sifatida o‘sishiga qanday salbiy ta’sir etganini, bir san’atkor taqdiri misolida totalitar tuzumning chinakam iste’dodga qanchalik dushman ekanini to‘laroq tasavvur etishimiz mumkin. Cho‘lponning birinchi tanqidiy asari «Adabiyot nadur?» degan maqola bo‘lib, «Sadoi Turkiston» gazetasida 1914 yil 4 iyun kuni e’lon qilingan. Bu maqola, umuman, Cho‘lponning matbuot yuzini ko‘rgan ilk asarlaridan biridir. Cho‘lpon uni 16 yoshida yozgan. Maqola shaklan juda ixcham bo‘lsa-da, mazmunan g‘oyat teran. Undagi fikrlar va mulohazalar shu qadar pishiqki, 16 yashar o‘smirning shunchalik tiyraklik bilan qalam tebratganiga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q. Faqat favqulodda iqtidorga ega odamgina 16 yoshida tafakkurning bunchalik yuqori pog‘onalariga ko‘tarilishi mumkin. Sarlavhaning o‘zidanoq ayon ko‘rinib turiptiki, maqola juda muhim masalaga bag‘ishlangan. Adabiyot adabiyot bo‘lgandan beri Sharqda ham, G’arbda ham ne-ne buyuk iste’dod sohiblari «Adabiyot, san’at nadur? Uning kimga keragi bor? San’atkor kim? U jamiyat oldida burchdormi? Burchdor bo‘lsa, bu burch nimalardan iborat? Burchdorlik bilan ijod erkinligi o‘zaro qanday chiqishadi?» kabi muammolarga ro‘para kelishgan. Ko‘rinib turiptiki, bular ijodning hayot-mamot masalalari, ijodkor ularni loaqal o‘zi uchun hal qilmay turib, e’tiqod qilib olsa arziydigan estetik nrintsiplarni aniqlamay turib samarali ijod qilolmaydi. Lekin shunga qaramay, hanuz adabiyot va san’atning yetakchi xossalarini qamrab oladigan, hamma davrlar uchun baravar ma’qul bo‘ladigan universal ta’rif, mukammal javob topilgani yo‘q. Buyuk san’atkorlarning javoblarida ham masalaning ayrim jihatlarigina, adabiyot va san’atning ayrim xislatlari, ayrim fazilatlarigina ifodalanadi. Tabiiyki, Cho‘lpon ham adabiyot olamiga qadam qo‘yishi bilanoq shu muammoga ro‘para keldi va unga javob nzlashga majbur bo‘ldi. Shunisi diqqatga sazovorki, Cho‘lpon o‘z izlanishlarida yolg‘iz emas edi. Xuddi shu davrda boshqa o‘zbek ziyolilari ham «adabiyot nadur?» degan muammoga javob izlab ancha urinishgan. Masalan, qo‘qonlik mashhur ma’rifatparvar, «Ash’ori nisvon» degan majmuaning muallifi Ibrohim Davron 1909 yildayoq «Turkiston viloyati gazetasi»da «Shoir nadur?» degan maqola e’lon qiladi. Yoki adabiyotshunos olim Begali Qosimovning ta’kidlashicha, 1914 yilda Mirmuhsin Shermuhamedov bilan Saidahmad Vasliy o‘rtasida adabiyotning mohiyati, vazifalarn va jamiyat oldidagi burchi to‘g‘risida bahs-munozara bo‘lgan. Qolaversa, bunday izlanish faqat turkistonlik ziyolilar o‘rtasidagina sodir bo‘lgan emas. Xuddi shu yillarda qo‘shni Qozog‘istonda ham, Ozarbayjon yohud tatarlar yurtlarida ham adabiyotning, mohiyatini izlash, uning jamiyat hayotidagi, millat ravnaqidagi ahamiyatini aniqlash harakati ancha avj olgan edi. Natijada, «adabiyot nadur?» degan mangu savolga turli mintaqalarda bir-biriga yaqin javoblar paydo bo‘la boshlagan edi, Ozarbayjon adiblari Jalil Mamadqulizoda yohud Abdurahim Haqverdievlarning, tatar yozuvchilari Abdulla To‘qay, yohud Olimjon Ibrohimovlarning XX asr boshlarida chop etilgan adabiyot haqidagi maqolalari fikrimizning dalili bo‘la oladi. O’z izlanishlari oqibatida ular naqadar bir-biriga yaqin xulosalarga kelganini ko‘rsatish uchun bir konkret misolga murojaat qilaman: taniqli qozoq jurnalisti, ma’rifatparvar va demokrat M. Seralin o‘zi muharrirlik qylgan «Ayqap» jurnalining 1922 yildagi 1-sonida yozadi: «Til va adabiyot xalqning qalbi va ruhidir... adabiyotsiz xalq zabonsiz boladay gap. Bunday bola boshqalarga o‘zining dardu quvonchlarini gapirib berolmaydi. Xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiradigan eng kuchli vosita til va adabiyotdir. O’z adabiyotining haqiqiy qadr-qimmatini bilgan xalqlarning farzandlarigina o‘z tilini chinakam ardoqlay oladi. Qozoq xalqining o‘z tili va o‘z adabiyoti bor... bizning burchimiz unutilib yotgan ulkan xazinalarni yuzaga olib chiqish va hammaning mulkiga aylantirishdir» Endi Cho‘lponga murojaat qilaylik. «Yosh munaqqid «Adabiyot nadur?» maqolasida, birinchi navbatda, adabiyotning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida fikr yuritadi. Uning fikricha, adabiyot millatni taraqqiy ettirish vositasi, uning ma’naviyatiny ta’minlaydigan omil. Cho‘lpon bu xulosaning chinligiga shu qadar ishonganki, maqolada hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan tarzda «adabiyot yashasa — millat yashar» deya tasdiqlaydi: «Ha, to‘xtamasdan harakat qilib turg‘on vujudimizga, tanimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qora kirlar bilan kirlangan ruhimiz uchun ham shul qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa — millat yashar. Adabiyoti o‘lmag‘an va adabiyotining taraqqiyotiga cholishmagan va adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib sekin-sekin inqiroz bo‘lur». Biri Turkistonda, biri Qozog‘istonda turib, bir-biridan bexabar holda ikki muallif deyarli bir xil tarzda adabiyotning mohiyati, jamiyat hayotidagi, millat ravnaqidagi ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritmoqda. Bundagi mushtaraklik tasodif emas, albatta. Bu shu bilan izohlanadiki, XX asr boshlarida Turkistonda ham, Qozog‘istonda ham ulug‘ Uyg‘onish shabadalari esa boshlagan edi. Turkistonda shu kezlarda tarix maydoniga kirib kelgan, keyinchalik «jadidlar» deb nom olgan fikri ochiq, taraqqiyparvar ziyolilar bu uyg‘onishni ta’minlagan asosiy kuch bo‘ldi. Ular mustamlakachilik siyosati tufayli Turkiston zabun ahvolga tushib qolganini, xalq jaholat va nodonlik qo‘ynida, erksizlik bo‘yinturug‘i ostida ikkiyoqlama zulm iskanjalari ostida qattiq ezilib yotganini chuqur angladilar va bunday hayotni o‘zgartish, yangilash zarurligi haqidagi g‘oyalarni olg‘a surdilar. Ular xalqni ma’rifatli qilishni, saviyasini ko‘tarib, oq-qorani taniydigan qilishni yangilanishning birlamchi sharti deb bildilar va shu olijanob niyatni amalga oshirish uchun fidoyilik bilan ishga kirishdilar. Ular har xil ta’qib va ta’qiqlarga qaramay, moddiy qiyinchiliklarni yengib maktablar ochdilar, darsliklar yaratdilar, gazetalar chiqardilar, nashriyotlar ochib kitoblar chop etdilar, turli madaniy-ma’rifiy to‘garaklar ochdilar... Xullas, qisqa muddat ichida jadidlar millatning sadoqatli va fidokor farzandlari sifatida tanildi. Cho‘lpon shu ulug‘ ma’rifatparvarlik harakatining qanotlarida ijod maydoniga kirib keldi. U mustaqil o‘qib o‘rganish oqibatida g‘oyat yuksak madaniy saviyaga ega edi. Sharq klassiklari, ayniqsa, turk va hind yozuvchilarining asarlari bilan, shuningdek, Ovro‘pa va rus adabiyoti bilan puxta tanish edi. Shuning uchun 15—16 yoshlaridayoq ma’rifatparvarlik g‘oyalarini qabul qilishga har jihatdan tayyor edi. Shuning uchun Cho‘lpon yoshligiga qaramay, Turkistonning taqdiri to‘g‘risida, millatning istiqboli haqida chuqur qayg‘urish bilan o‘ylay boshladi. U ham jadidlarga ergashib, xalqni jaholat va nodonlik, erksizlik va qashshoqlik botqog‘idan qutqarib olishning birdan-bir yo‘li ma’rifat degan e’tiqodga keldi. Millatni ravnaq toptirish uchun, birinchi navbatda, uni mustamlaka asoratidan xalos etish kerak, buning uchun esa xalq o‘zinn o‘zi tanigan bo‘lmog‘i, hammani birlashtiradigan, yakdil qiladigan milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lmog‘i kerak. Cho‘lpon xalqni shu darajaga yetkazishga yordam beradigan imkoniyatlar, chora-tadbirlar izlaydi va adabiyot ularning eng samaralisidir degan to‘xtamga keladi. Shuning uchun ham yosh munaqqid komil ishonch bilan hatto millatning yashashini adabiyotning yashashiga bog‘liq qilib qo‘ydi. Ehtimol, Cho‘lpon bu o‘rinda biroz ehtirosga berilgandir. Biroz mubolag‘aga yo‘l qo‘ygandir, lekin hech shubha yo‘qki, XX asr boshlaridagi Turkiston sharoitida «adabiyot yashasa — millat yashar» degan formula to‘g‘ri va samarali formula edi. Muhimi shundaki, adabiyotga bunday qarash, uni xalq hayotini yangilashning muhim vositasi deb hisoblash Cho‘lpon ijodida shunchaki yo‘l-yo‘lakay aytilgan bir fikr sifatida qolib ketgani yo‘q, balki uning keyingi ijodi davomida doimiy ravishda rahnamolik qiluvchi dasturilamal bo‘ldi. Cho‘lpon shu e’tiqoddan kelib chiqib, 20-yillarda yangi niqobga kirib olgan mustamlakachilikni fosh etdi, xalq uchun kishan yasovchi turli-tuman to‘ralar va afandilarni qoraladi, hurlikni, erkinlikni ulug‘lovchi otashin she’rlar yaratdi, keyinchalik esa xalq hayotining turli qatlamlarini haqqoniy aks ettiruvchi roman va dramalar yaratib, xalqning ma’naviy ulg‘ayishiga katta hissa qo‘shdi. «Adabiyot nadur?» maqolasining kishini lol qoldiradigan yana bir juda muhim tomoni shundaki, 16 yoshlik munaqqid adabiyotning ijtimoiy vazifasini ta’kidlash bilan cheklanmaydi, balki uning spetsifikasiga, ya’ni obrazli tabiatiga alohida urg‘u beradi. Yosh munaqqid uchun adabiyot quruq g‘oyalar majmuasi emas, balki, birinchi navbatda, inson ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisadir. U odamlarning shuurigagina emas, his-tuyg‘ulariga ham ta’sir etishi, ularni quvontirib, yohud mahzun ahvolga solib, shu orqali ijtimoiy burchini o‘tashi zarur. Cho‘lpon bu fikrlarni o‘ziga xos obrazlarda bunday ifodalagan: «Adabiyot chin ma’nosi ila o‘lgan, so‘ngan qaralgan, o‘chgan, majruh yarador ko‘ngilga ruh bermak uchun, faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni tozalaydurgan, o‘tkir yurak qirlarini yuvadurg‘on toza ma’rifat suvi, xiralashgan oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladurgan, chang va tuproqlar to‘lgan ko‘zlarimizni artub tozalaydurg‘on buloq suvi bo‘lganlikdan bizga g‘oyat kerakdur». Download 51.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling