Mundarija kirish I bob. Abdulhamid sulaymon o’G’li cho’lpon—xx asrning yirik namoyondasi
Asosiy qahramonlar: Zebi; Razzoqsoʻfi; Qurvonbibi;Akbarali mingboshi
Download 51.89 Kb.
|
kecha va kunduz A4
Asosiy qahramonlar: Zebi; Razzoqsoʻfi; Qurvonbibi;Akbarali mingboshi;Miryoqub; Hadicha; Poshshoxon; Sultonxon; Noyib toʻra; Asar tarjimasini amalga oshirgan tarjimon, osiyoshunos tadqiqotchi S.Dyuduanon 1962-yili Belgiyada tavallud topgan, ayni paytda Parijdagi Sorbonna universitetida ilmiy-ijodiy faoliyat olib bormoqda. Cho‘lponning „Kecha va kunduz“ romani fransuz tiliga mahorat bilan tarjima qilingan, unda adib qo‘llagan leksik birliklar, qahramonlar his- tuyg‘ulari, tabiat manzaralari, xususan, o‘zbek xalqining milliy mentalitetini ifodalagan jumlalarga fransuzcha muqobillar va izohlar muvaffaqiyatli topilgan Amerikalik Kristofer Fort 1988-yilda Minnesota shtatida tugʻilgan. 2010-yilda Michigan davlat universitetini siyosatshunoslik va rus tili yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan. Ogayo shtati universitetida magistr darajasini olgan. U Oʻzbekistonda bir necha yil yashab, oʻzbek tilini oʻrgandi."Yaqinda Choʻlponning "Kecha va kunduz " romanini ingliz tiliga tarjima qildim va „Akademik Stadis Press“ nashriyoti tomonidan chop etildi. Men Choʻlpon asari tarjimasiga kirishdim, chunki romanning ilk sahifalarini oʻqib, menda oʻzbek tilining oʻziga xos uslubi sehrlanib qolgan edi. Asarda Navoiy singari Choʻlpon ham oʻzbek tilining oʻziga xos imkoniyatlarini toʻliq ochib beradi" Fort tahlilicha, jadidlar xalqni g'aflatdan uyg'onishga undagan, buning uchun esa ilmga urg'u berish kerak edi. Ammo bu jarayon qayerda qay yo'sinda boshlanar edi? Mana shu murakkab savol, zamon jumbog'i, "Kecha va kunduz" mazmuni d ston va AQSh orasidagi “FULBRIGHT”ta'limiy almashinuv dasturi doirasida respublikaga borib, milliy adabiyotni o'rgangan; hamkasblar bilan bog'lanib, professional hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Fort hozirda Bishkekda joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida dars beradi. O'zbek va rus tillarida bemalol gaplashadigan mutaxassis deydiki, zamonaviy o'zbek adabiyoti ham unga bag'oyat qiziq.Amerikalik kitobxonlar uchun ularni ingliz tiliga o'g'irish yuksak ahamiyat kasb etadi, deydi u, "Amerika Ovozi" bilan suhbatda. Fort hozirda Abdulla Qahhorning asarlarini inglizchaga tarjima qilish bilan band. Bu loyihalar vaqt, resurs hamda O'zbekistondagi adiblar va olimlar bilan yaqindan ishlashni talab etadi. Suhbatda tarjimon "Kecha va kunduz" va Cho'lpon haqidagi o'ziga xos tahlili bilan o'rtoqlashdi. 2.2 Cho’lpon she’riyatida yoritilgan mazmun, mohiyat va o’zgacha yo’nalish Milliy adabiyotimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan so‘z san’atkori Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon poeziyasi an’anaviylikka esh bo‘lgan, adabiyotimiz tarixidagi katta o‘zgarishlar davri she’riyatidir. Bu shoirning adabiy-estetik qarashlarini tushunish, she’rlari zamiridagi ramziy ma’nolarni teran ilg‘ash va ularga munosabat bildirishdan avval, Alisher Navoiy hazratlari she’riyatiga bir nazar tashlab o‘tish joiz. Zero, “Adabiyotning xususiyati, mazmuni hamda vazifasi haqida bag‘oyat ma’nodor bir ta’rif Navoiyning she’riyatga qarashini to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiqdan-ochiq ifodalaydi”3Illo, Navoiyning an’anaviy, xalqona ohangga boy, ko‘ngil nidosi bilan bitilgan an’anaviy she’riyati tajribalaridan ulgi olish har bir ijodkor uchun yuqori samara berishi sir emas. Har bir millat she’riyatining xalqaro nufuzi milliy qadriyatlari mezonlariga tayanishi, chinakam an’anaviylik asosida shakllanish tarzi bilan belgilanadi. Zotan, millat shoirining badiiy uslubi, she’riyatidagi poetik obraz, ramzlarning rivoji, bardavomliligi milliy an’analar zamirida yangi-yangi jihatlarning kashf etilishi bilan bog‘liq adabiy jarayondir. Xususan, Navoiy hazratlari o‘z she’riyatida an’anaviylik va ramz-ishoralarni qo‘llashga izchil va teran yondashgan. Aslida bunday yondashish milliy adabiyotda an’analar uzluksizligini ta’minlovchi mezon hamdir. Ayni shu ma’noda Cho‘lponning “Ulug‘ Hindiy” maqolasidagi an’anaviy mumtoz she’riyatimizga daxldor quyidagi xitobiga baholi qudrat munosabat bildirib o‘tish joiz ko‘rinadi: “Navoiy, Lutfiy, Boyqaro, Mashrab, Umarxon, Fazliy, Furqat, Muqimiylarni o‘qiyman: bir xil, bir xil, bir xil! Ko‘ngil boshqa narsa – yangilik qidiradir: Botu, G‘ayratiy, Oltoy, Oybek, Julqunboylarni o‘qiymen, quvontiradir, xolos! Ular mening uchun yong‘on chiroqlar bo‘lsa, mening ertam uchun! Avloniy, Tavallo, Siddiqiy va Hakimzodalarni o‘qimaymen, o‘qimaymen, meni shu holga solg‘on o‘shalar!...”4 Shoirning ushbu ramziy xitobi – an’anaviylikka munosabati adabiyotshunoslar tomonidan turlicha talqin qilinib kelinayotir. Bu talqinlarni rivojlantirib aytish lozimki, shoirning ramz va go‘zal badiiy tafakkurga o‘ralgan sirli, jumboqli ushbu xitobini o‘sha davrdagi ayrim dilozor, adabiy idroki haminqadar qalamkashlarga qarata aytilgan zardasi, deyish ham joizdir. Negaki, ular o‘sha kezlarda zo‘r berib shoir ijodidan siyosiy xatolarni qidirayotgan, uning nomini, ijodini qoralashga urinayotgan edi. Cho‘lponning bu xitobi zamiridagi asl muddao esa barcha ijodkorlarni bir maqsad sari – milliy adabiyot ravnaqi yo‘lida birlashtirishdan iborat edi, xolos. Uning nazdida, she’r jozibasi faqat qofiya, shakl va mazmun uyg‘unligidagina emas, balki undagi poetik obrazning hayotiyligi, haqqoniyligidadir. Eng muhimi, har bir davr she’riyati o‘ziga xos tarzda erkin harakatlanmog‘i va yangilanmog‘i kerak. Demak, Cho‘lpon she’riyati aslida an’anaviylikka esh, yangilanishga tashna she’riyatdir. Negaki, bu davrda xuddi shunday she’riyatga kuchli bir ehtiyoj bor edi. Shuni ham ta’kidlash joizki, shoir she’riyatiga yangi nafas olib kirishda faqat ko‘r-ko‘rona an’analarga tayanib qolish nojoizligini nazarda tutgan. Sobiq sho‘ro davri mafkurasining iskanjasiga tushgan har qanday fidoyi ijodkor bu masalaga ana shunday sirli yondashishi tabiiy bir hol edi. Ma’lumki, shoir she’riyatining zamirida yassaviyona, navoiyona, mashrabona an’anaviy uslub bor. U o‘z poeziyasida mumtoz she’riyatimizga xos poetik an’anaviylik va timsollardan tortib, lafziy va ma’naviy, hatto «tajohulu-l-’orif»(bilib bilmaslikka olish) singari badiiy san’atlardan keng foydalangan. Zero, cho‘lponshunoslikda ta’kidlanganidek, shoirning birgina mashhur “Go‘zal” nomli she’rida qariyb o‘nga yaqin mumtoz adabiyotimizga xos (tazod, intoq, tasbig‘, tashxis, ruju’, mubolag‘a, ig‘roq, tadrij, ishtiqoq, tashbih kabi) badiiy san’atlar qo‘llanilgan. Chunonchi, Navoiy she’riyatiga muhabbati baland shoir o‘z she’rlarida “quyosh”, “oy”, “ko‘k” kabi poetik timsol va ramzlarni qo‘llab, an’anaviylik me’yorlariga rioya qilarkan “quyosh” poetik timsolidan turli ma’nolarda foydalanadi. Masalan, “Qalandar ishqi” nomli she’rida o‘qiymiz: Muhabbat osmonida go‘zal Cho‘lpon edim, do‘stlar, Quyoshning nuriga toqat qilolmay yerga botdim-ku. Bir qarashda ushbu misralar ma’nosi ramziy ifodalar talqinisiz ham tushunarlidek ko‘rinadi: xuddi Cho‘lponning adabiyot olamida tutgan o‘rni haqidagi umumiy sharhlardek. Ammo bu she’r sinchkovlik bilan sharhlansa, shoirning badiiy kayfiyati yanada aniqlashadi: Cho‘lpon – Tong yulduzi tungi sayrdan so‘ng, ya’ni quyosh chiqishidan oldin go‘yo ko‘z ilg‘amas darajada yana bir lahza ko‘zga tashlanadi-yu, tezda g‘oyib bo‘ladi. Shoir bu o‘rinda ushbu yulduzning boshqa sayyoralarga qaraganda juda tez, jur’at bilan harakat qilishiga ham ishora etadi. Ya’ni shoir talqinicha Cho‘lpon yulduzi jasorat timsoli hamdir. Bu yerda yana bir ramz ham bor: muhabbat shunday bir ajib tuyg‘uki, undan taralayotgan mehrni faqat quyosh nurlariga qiyoslash mumkin. Bu nurga Tong yulduzi bardosh bera olmasligi ayni haqiqat. Zero, bu misralarda “cho‘lpon” so‘zi nafaqat shoir taxallusi, balki o‘rni bilan an’anaviy she’riyatimizga xos poetik obraz – ma’naviy bedorlik ramzidir. Binobarin, bu talqinlardan shoir she’riyati zamirida kuchli bir milliylikka vobasta an’anaviy izdoshlik borligi aniq seziladi. Ayni shu ma’noda Alisher Navoiyning «Navodir ush-shabob» asaridagi “Agar ishqing havosida yog‘ar har jola tosh o‘lsun, Nishona har biriga, dermen, ushbu xasta bosh o‘lsun” matlai bilan boshlanadigan 504-g‘azalidan bir baytni g‘azalning umumiy mazmuni sharhi bilan birga keltiramiz: Quyoshni bo‘lmas, ey gardun, ul oyg‘a aylamak tashbih, Og‘iz gar zarra, Cho‘lpon – ko‘z, yangi oy anga qosh o‘lsun. Avvalo, ushbu baytdagi eng xarakterli “cho‘lpon” so‘ziga e’tiborni qarataylik. Bu so‘z Alisher Navoiy asarlarida “yorug‘ tong yulduzi”, “go‘zal”, “chiroyli”, “porloq” singari ma’nolarda qo‘llanilgan. Umuman, mumtoz adabiyotda “Cho‘lpon” – “Zuhra”, “Nohid” nomlari bilan ham yuritiladi. U quyosh sistemasidagi katta sayyoralardan biri, Yerga eng yaqin, Quyoshdan hisoblaganda ikkinchi sayyora. Forsiy rivoyatlarga ko‘ra esa, Cho‘lpon-Nohid afsungar Horut va Morut oshiq bo‘lgan ayoldir. Ushbu baytda «muroatu-n-nazir», ya’ni «mutanosib» (bir-biriga mos va monand so‘zlarni bir baytga jamlash; masalan, quyosh va oy, ko‘z va qosh singari so‘zlar) badiiy san’ati qo‘llanilgan. Ya’ni ushbu baytda quyosh va oy so‘zlari “gardun” so‘zi orqali o‘zaro bog‘lanadi. Bu san’at mumtoz adabiyotda «tanosub», «talfiq», «tavfiq», «iytilof» deb ham yuritiladi. Shoirning poetik talqinicha, agar ishq tufayli osmondan do‘l yog‘sa, mayli, toshga aylansin. Falak quyoshdek keladigan tillalarni hadya etsa ham men ularni rad etaman. Ey yor, sening quyoshdek mehring oshiqlar qalbini qizdiradi. Quyoshni, Tong yulduzi-ku tong yulduzi, balki oyga ham tashbih qilib bo‘lmaydi. Mayli, tashbihda senga bir yo‘l ko‘rsatay. Agar sen yorning og‘zini bir zarra deb bilsang, uning shahlo ko‘zini Cho‘lpon yulduzi, qoshini esa yangi chiqqan oyga qiyos qila qol?! Bu o‘rinda Navoiy “cho‘lpon” so‘zini go‘zallik timsolida qo‘llash barobarida soniyada minglab chaqirim yo‘lni bosib o‘tadigan tez uchar sayyora – Cho‘lpon vafo, muhabbatda hech qachon quyoshdek vazmin bo‘la olmasligini poetik ramzlarda ifodalaydi. Ayni shu ma’nolarni nazarda tutsak, Cho‘lponga bu misralar tanish bo‘lishi ehtimoli ko‘pdir. Zotan, shoir she’riyatidan boy an’ana va ulug‘ yangilanishlarga xos navoiyona mumtoz uslub ufurib turadi. Navoiy hazratlari g‘azallarida oshiqning holati qanchalar zabun bo‘lishidan qat’iy nazar, uning ruhi samolar qadar yuksak ekani go‘zal shoirona tashbih vositasida tarannum etiladi: Kuydurub, ey ishq o‘ti, gardung‘a sovurdung kulum, Poyada oxir bu yanglig‘ ko‘kka yetkurdung meni. “Badoe’ ul-bidoya” devonining ”Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni, Ravshan aylab jumlai olamni, kuydurdung meni” matlai bilan boshlanadigan 745-g‘azalidan keltirilgan mazkur bayt ma’nosiga asoslanib aytish joizki, Cho‘lpon she’riyatida ham Navoiy she’riyatiga xos yuksak ishqqa uyg‘un timsol va xalqona ohang ustunlik qiladigan an’anaviylik mavjud. Faqat kamdan-kam san’atkorgina ulug‘ shoirning ijodiy mahoratidagi betakror uslubiga yangicha ruh, ohang qo‘sha olishi, ya’ni uni san’atkorona bardavom ettira olishi mumkin. Ana shunday baxt Cho‘lponga nasib etgan. Mazkur mulohazalarimizni atoqli adib Oybekning: “Simvolist shoir (Cho‘lpon nazarda tutilgan – M.A.) Navoiyni eng yuqori darajaga qo‘yib, uning butun metodlarini o‘rganishga qistab, shuning bilan birga bizning yosh yozuvchilarimizga simvolistikani o‘rgatib keldilar. Navoiy yo‘lida suyagi qotg‘on Cho‘lponni tekshirib, shuning uchun undagi uslub va shaklini o‘rganishga kirishadilar”, degan fikr ham tasdiqlaydi. Shuningdek, ustoz Ozod Sharafiddinov ham “Cho‘lponni anglash”, “Adabiyot yashasa – millat yashar” nomli maqolalarida shoir shaxsiyati va she’riyati haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tgan. Xususan, Cho‘lponning doimo va har qanday og‘ir vaziyatda ham o‘z metin e’tiqodiga sodiq qolgan, “g‘oyaviylik”, “partiyaviylik” degan illatlardan yuqori turgani ham ishonarli tarzda bayon etilgan. Albatta, Cho‘lpon ijodiyoti borasidagi bunday ma’lumot va talqinlar boshqa adabiyotshunos olimlarimizning ilmiy ishlarida ham mavjud. Ularning izlanishlarini davom ettirish esa, ayni muddaodir. Xullas, 20–30-yillar o‘zbek milliy adabiyotidagi an’anaviylik, she’riyat zamiridagi timsol va ramzlarning yangicha takomili Cho‘lpon she’riyatida o‘z aksini topdi. Endilikda ana shu she’riyat mohiyatini to‘la anglashga ehtiyoj ortayotir. Ko‘rinib turibdiki, bu – shoir shaxsiyatiga doir adabiy manbalarni yanada teran, shoir she’riyatiga xos navoiyona an’anaviylik xususiyatlarini keng miqyosda o‘rganishni taqozo etadi. XULOSA Mana biz XX asr o’zbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo’shgan talantli yozuvchi,shoir,otashin publitsist,dramaturg va adabiyotshunos Abdulhamid Cho’lponning obraz yaratish mahoratiga oid kuzatishlarimizni ko’rib chiqdik. Yuqorida qayd qilganimizdek,Cho’lpon nihoyatda serqirra ijodkor. Cho’lpon ijodi-olmos yanglig serqirra.Adabiy ijodini kichik-kichik maqola va hikoyalar bilan boshlagan Cho’lpon keyinchalik o’zbek she’riyatining yuksak cho’qqilaridan biriga aylandi.Uning ezgu insoniy tuyg’ular porlab turgan she’rlari 20-yillarda Oybek,G’afur G’ulom,Hamid Olimjon,Mirtemir,Usmon Nosir singari shoirlarning tug’ilishida “adabiy beshik” vazifasini o’tadi.Shu bilan birga Cho’lpon nasr va dramaturgiyada,tarjima san’ati va adabiyotshunoslikda ham o’chmas iz qoldirdi.U haqli ravishda XX asr o’zbek adabiyotining eng yorqin siymolaridan sanaladi. Uning lirik asarlari,nasriy asarlari va dramatik asarlarida obraz yaratish mahorati birbiriga o’xshamagan,bir-birini takrorlamaydigan jihatlarga,xususiyatlarga ega.Uning lirikasini olib qaraydigan bo’lsak,Cho’lpon o’z she’rlaridagi badiiy g’oyaga mos ravbishda,g’oya va mazmun toqozosi bilan zamonasining ijtimoiy-maishiy va siyosiy muammolariga befarq qaray olmaydigan faol insonni qahramon sifatida tanlaydi.Cho’lpon butun umri davomida xalq erki va ozodligi uchun kurashadi.Kurashlari samara beravermagach,uning milliy istiqlol-Vatan va xalqni ozod ko’rish maqsadi yurak tubidagi orzusiga aylandi.Cho’lponning lirik qahramoni mana shu orzu va istakdan biror daqiqa mosuvo bo’la olmadi.Hatto 30-yillardagi,ya’ni sotsiolistik tuzum to’la g’alaba qozongach ham,yangi tuzumga hayrixox emasligini turli usul va vositalar bilan izhor qildi.Cho’lpon lirik qahramoni obrazini ta’sirchan va haqqoniy chiqarish uchun turli tasviriy vositalardan,ba’zi o’rinlarda mumtoz adabiyotimizda yillar davomida sinovdan o’tgan an’analardan ustalik bilan foydalandi.Natijada mulohazakor,davr bilan nafas oladigan,haqiqiy vatanparvar obrazini yaratadi lirik qahramonning his-tuyg’ulari,orzu-o’ylari kitobxonga ham “yuqib”,unda ham xalqparvarlik va millatparvarlik hissiyotini tarbiyalaydi. Cho’lpon yangi xarakterdagi o’zbek nasrining shakllanishi va takomillashuviga ham katta hissa qo’shgan adiblardan. U zamonasining g’oyat dolzarb masalalariga bag’ishlangan serma’no, ixcham hikoyalar muallifidir. Bugungi kunda Cho’lpon ijodini yosh avlod zo’r ishtiyoq bilan o’rganmoqda,uning adabiy me’rosi avlodlar qalbini doimiy ravishda jilolantirib turadi va qalbiga so’nmas ziyo baxsh etadi. Download 51.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling