Mundarija kirish I bob. Abu rayhon beruniyning ilmiy-madaniy me'rosi
Download 99.22 Kb.
|
ABU RAYHON BERUNIYNING ILMIY-MADANIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSA
II bob bo‘yicha xulosa
Demak, Beruniy insonning ma‟naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‟ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida “qizil ip” bo‟lib o‟tganidek, shu an'anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir. Beruniyning yozib qoldirgan asarlariga e`tibor bersak, deyarli hamma sohalarga tegishli fikr mulohzalari bor. Pedagogika va psixologiya bo`yicha keltirilgan fikrlari, hozirgi zamon uchun ham holi hamon mos kelmoqda. Ta`lim tarbiya berishda nimalarga e`tibor berish kerakligi, qanday usullardan foydalanish kerakligi hamma hammasi Beruniyning ilmiy merosida keltirib o`tilgan. Beruniyning ilmiy asarlari ham ko`pgina darsliklarni yaratilishi uchun debocha rolini bajarmoqda. Uning har bir hikmatli fikrlari ta`lim-tarbiya berishda ancha yordam beradi. Beruniy o`qitishga faqat induktiv yo`l bilan emas, balki deduktiv yo`l bilan ish tutish lozimligini ta`kidlaydi. UMUMIY XULOSA. Ta`lim tarbiya berishda nimalarga e`tibor berish kerakligi, qanday usullardan foydalanish kerakligi hamma hammasi Beruniyning ilmiy merosida keltirib o`tilgan. Beruniyning ilmiy asarlari ham ko`pgina darsliklarni yaratilishi uchun debocha rolini bajarmoqda. Uning har bir hikmatli fikrlari ta`lim-tarbiya berishda ancha yordam beradi. Beruniy o`qitishga faqat induktiv yo`l bilan emas, balki deduktiv yo`l bilan ish tutish lozimligini ta`kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni o`z joyida qo`llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko`rinib turibdi. Bunday o`qish tafakkurni o`stirib , bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimlarni boyitadi. Shuni alohida ta‟kidlash joizki, buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning jamiyat taraqqiyoti va unda insonning tutgan o'rni barkamol inson talim – tarbiyasi bilan bogliq axloqiy- huquqiy qarashlari hech qachon oz qimmatini yo`qotmaydi va hozirgi davrda ham unga rioya qilish juda muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Abu Rayhon Beruniyning asarlari va kashfiyotlari eng qimmatli ,tengi yo’q, nodir manbalar hisoblanadi. Boshqa fan sohalari kabi Beruniyning tarix va tarixshunoslik fanlarida tutgan o’rni beqiyos. Taniqli olim S.P.Tolstov ta’kidlaganidek, «Beruniy ilk o’rta asr olimlarining buyugidir... Qadimgi Sharqning eng porloq madaniyatidan biri bo’lgan Xorazm madaniyatining ming yillik tarixi unda mujassamlashgan». Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo’lib dengizlar nazariyasi va Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o’ziga xos yangi g’oyalarni taklif etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo’shliq holatini izohlab berdi, Kolumb sayohatidan 500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo bo’lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan «Beruniy asri» deb atalishi bejiz emas. Download 99.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling