Mundarija kirish I bob. Akademik litseylarda fizika kursida mehanika bo’limini mazmunini pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirishning nazariy asoslari
Download 385.85 Kb.
|
Akademik litseylarda fizika kursida mehanika bolimini bayon qilish usullari
Tanqidiy tafakkur.Bu usulda o‘qituvchi bolalarga nimani nimaga qiyoslashni o‘rgatishi zarur. Har qanday fizik hodisani shunday o‘rgatish kerakki, bolalar chin ko‘ngildan, ya’ni mustaqil xulosalarga, qiyoslashlarga o‘rgansin.
O‘qituvchi o‘quvchilarga “Tekis tezlanuvchan harakatda ko‘chish” formulasini yuqorida algebraik usulda chiqarishni o‘rgatgan edi. Xuddi shu mavzudagi formulalarni geometrik usulda chiqarishni ko‘rsatiladi va o‘quvchilar bilan bahs munozara olib boriladi. Bunda trapetsiyaning yuzidan foydalaniladi. Tekis tezlanuvchan harakatning tezligi grafigidan S trapetsiyaning yuzi uning asoslari uzunliklari yig‘indisining yarmi bilan balandligi ko‘paytmasiga teng (1-chizma). Binobarin, butun t vaqt davomidagi ko‘chish son jihatidan OABC trapesiyaning yuziga teng. Rasmdagi trapesiya asoslaridan birining uzunligi son jihatidan V0 ga, ikkinchisining uzunligi t ga teng. Trapesiyaning balandiligi esan son jihatidan t ga teng. Shuning uchun S ko‘chish quyidagiga teng eaknligi kelib chiqadi: Bu formulada V ning o‘rniga ifodani qo‘ysak, u holda: Suratni maxrajga hadma-had bo‘lsak, formula kelib chiqadi.Yuqorida chiqarilgan formulani ikki usulda chiqarilishini o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birlikda tanqidiy tafakkur bilan bahs-munozara olib borishadi.Boshlang‘ich tezligi ya’ni bo‘lgan hol uchun formulani chiqarishadi. Bu formuladan a tezlanishni va t vaqtni topishni o‘rganishadi, ya’ni quyidagicha: Asosan bunda o‘quvchilarni fikrlashga, hodisalarning sababini tushuntirishga, o‘z mulohazalarini asoslashni, shuningdek, fikrlashning ketma-ketligini, tanqidiylik, mustaqillik singari tomonlarni, faktlarga bo‘lgan qiziqishlar bilan birga nazariyaga qiziqish paydo bo‘lishini o‘rgatadi. Debatlar. O‘qituvchi o‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib, tanqidiy tafakkurni rivorjlantiradi va munozarani avj oldiradi. Bunda o‘quvchilar faollashtiriladi, ayni vaqtda diqqatni yig‘ib, chuqur taxlil etishni o‘rganadi. Masalan, “Atmosfera bosimi, Torrichelli tajribasi” mavzusini o‘tishda quyidagi savol o‘rtaga tashlanadi. Yerda havo bo‘shlig‘i hosil qilib bo‘ladimi?Galileyning shogirdi Evanjelista Torrichelli atmosfera bosimini o‘lchash haqidagi rejasini rivojlantiradi va tajribani boshlaydi. Tajriba murakkab emas (buni o‘quvchi darslikni o‘qib bemalol o‘rtoqlariga gapirib bera oladi) simob bir metr uzunlikdagi ingichka, bir uchi kavsharlangan shisha nayga quyiladi. Simobga to‘la nayning uchini barmoq bilan berkitib, barmoqni olmagan holda uni to‘ntarib simobli jomga soladi va barmoqni nayning og‘zidan olinadi. Naydagi simob pastga tushadi, lekin oxirigacha emas. Simobning hammasi o‘z og‘irligi bilan jomga quyilib ketmadi. Ammo nayning berk tomonida bo‘sh fazo hosil bo‘ldi.Yerda kuzatilgan dastlabki bo‘shliq Torrichelli bo‘shlig‘i! Torrichelli tajribasidagi simob ustuni balandligini o‘lchab, bu ustun berayotgan bosimni hisoblash mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo‘ladi.Atmosfera bosimi qanchalik ko‘p bo‘lsa, Torrichelli tajribasidagi simob ustunining balandligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu tajriba quyidagicha izohlanadi.Simob ustuni to‘xtab qolgan balandlik roppa-rosa 76 santimetr edi.Kunlarning birida nay bilan tajribasini takrorlayotgan Torrichelli qandaydir chatoqlikni sezadi. Uning oldida xuddi o‘sha jo‘n asboblar: jom, qora qalam bilan quyuq chizilgan qog‘oz yopishtirilgan naycha. Torrichelli yana naychaga simob quyadi va tajribani takrorlaydi. Ishkallik nimada? U ishkallikni topdi. Simob og‘irlik kuchi har doim bir xil bo‘lmaydi, deb turibdi. Ajoyib kashfiyot – havo og‘irlikka ega! Havo bosimga ega! Deb xabar bergandek edi. Demak, biz buni “Atmosfera bosimi” deb ataymiz. Bu mavzuni o‘tish texnologiyasini beramiz: Torrichelli tajribasi uchun kerakli asboblar. Tajribaning borishi va undan kelib chiqqan ilmiy asoslar. Tajribadagi yutuq va kamchiliklar. Torrichelli bo‘shlig‘i. 76 santimetrli simob ustuni. Atmosfera bosimini o‘lchaydigan asbob-barometr. Atmosfera bosimining ta’rifi. Qanday xodisalar atmosfera bosimining borligini tasdiqlaydi? Atmosfera bosimini hisoblash. O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardir: So‘zlash – ko‘rsatish (tajriba qilish) – vazifa topshirish – rahbarlik – nazorat qilish. O‘quvchi faoliyatidagi asosiy jarayonlar quyidagilardan iborat: Tinglash – ko‘rish – faollik – mashq bajarish. Download 385.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling