Mundarija kirish I bob. Badiiy ijod psixologiyasi


Download 159 Kb.
bet1/6
Sana02.11.2023
Hajmi159 Kb.
#1741381
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BADIIY IJOD PSIXOLOGIYASI



MUNDARIJA
KIRISH …………………………………………………………………………….3
I BOB. BADIIY IJOD PSIXOLOGIYASI……………………………………….5

    1. Muhokama va natijalar……………………………………………………...5

    2. Psixologizm va psixologik tahlil…………………………………………...13

II BOB. BADIIY XARAKTER VA ADABIY TIP……………………………...23
2.1 Badiiy xarakter va uning asosiy xususiyatlari……………………………...23
2.2 Badiiy xarakter ruhiyati va psixologizm prinsiplari………………………..27
XULOSA …………………………………………………….…………………….32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR …………………………………………33
KIRISH
Badiiy asar – ijodkor tafakkuri mahsuli bo‘lib, unda inson va jamiyat hayoti, uning taqdir yo‘li va qismati o‘z tasvirini topadi. Har bir badiiy asarda hayotimizda sodir bo‘lib o‘tgan yoki bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqea-xodisalar muallif tomonidan o‘quvchi-kitobxonga badiiylik qonuniyatlariga asoslanib yetkazilar ekan, mazkur badiiylik qonuniyatlari turli davrlarda sayqallanib, an'anaviylik va novatorlik orasida muntazam shakllanishda davom etadi. Badiiy asarlarda ko‘tarilayotgan muammolar, o‘quvchi e'tiboriga va xukmiga havola qilinayotgan masalalar – badiiy asar mavzusi va mazmuni bevosita asar yaratilgan davr ijtimoiy muhiti bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma'lum bir davr va uning vakillari haqida qiziqarli va muhim voqealarni to‘xtovsiz so‘zlash mumkin, ammo voqealarning shunchaki bayoni badiiy asar darajasiga ko‘tarilishi uchun ijodkor turli badiiy tasvir vositalaridan foydalangan xolda voqealar bayonini san'at asari darajasiga olib chiqadi. Asardagi badiiy obraz xarakterini chuqur va to‘liq ochib berishda muallif badiiy tasvir vositalari bilan qatorda psixologik tasvir vositalaridan ham foydalandi. Asarda muallif tomonidan qahramon ichki dunyosiga chuqur kirib borish, obraz ruhiy olamining batafsil tavsifi, qalb kechinmalarining tasviri – “badiiy psixologizm” deb yuritiladi.
Mavzuning dolzarbligi. Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma’naviy madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi. Ular xalq ruhiyatining vatanparvarlik, milliy iftihor, butun dunyo uchun bag’ri kenglik tomon keskin o’zgartirib yubordi.
Darhaqiqat, xalqimizning milliy istiqlolni qo’lga kiritib katta bir tarixiy xodisa sifatida dastavval uning ruhiy barkamollikka erishuvi, dunyo qarashi, tafakkuri va ma’naviy olamida o’ziga xos o’zgarishlarning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Badiiy ijodda inson ruhiy dunyosi tasvirini tadqiq etish esa adabiyot ilmining juda muhim va ancha murakkab masalalaridan biridir.
"Shaxsan men shoir va adiblarni doimo jamiyatning oldingi safida yuradigan, hayotni kuzatib, odamlarni yuragida, dunyoqarashida bo'layotgan o'zgarishlarni hammadan avval sezib, ularni tas'irchan obrazlar, yorqin badiiy bo'yoqlar orqali yoritib bera oladigan , el-yurt uchun kuyinib yashaydigan fidoyi insonlar deb bilaman"1 Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu fikrlar, shubhasiz, bugungi kunning dolzarb muammolarini va hayotning ajib jumboqlarini mohirona badiiylashtira olgan yozuvchilar haqidadir. Bunday yozuvchilar safiga esa X.Do'stmuhammad va N.Eshonqul kabi hikoyanavis yozuvchilarni kiritish mumkin. Ular ijodida turli yillarda xilma-xil va bir-biridan sermazmun hikoyalar yaratilganini guvohi bo'lamiz.



Download 159 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling