Mundarija: Kirish I bob. Badiiy obraz hayotning in'ikosi


Obrazli tafakkur va badiiy to`qima


Download 78.49 Kb.
bet6/7
Sana27.01.2023
Hajmi78.49 Kb.
#1134365
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BADIIY OBRAZ TASNIFI

Obrazli tafakkur va badiiy to`qima
San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spetsifik, ya'ni tur sifatida belgiIovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o'zi anglagan mohiyatni va o'zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san 'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi «obrazli tafakkur» deb yuritiladi.
Bundagi farqni yorqinroq tasavvur etish uchun fan va badiiy adabiyotni qiyoslab ko'rish mumkin. Misol uchun, bir xiI masala yuzasidan fikr yuritayotgan olim va shoirni olib ko'raylik. A.Oripovning ``Ayol`` she'ri hammangizga tanish, unda ikkinchi jahon urushida eridan yosh beva qolgan, umrini farzandiga bag'ishlagani holda sadoqat bilan yashagan ayol haqida so'z boradi. Shoir ko'z oldimizda konkret ayolni, uning fojiyali taqdirini gavdalantirish orqali umuman urush haqida, uning oqibatlari haqida, og'ir damlarda sinaluvchi insoniy hislar haqida mushohada yuritadi. Xo'p, xuddi shu she'rdagi masala xususida, masalan, tarixchi olim qanday fikr yuritadi: «Ikkinchi jahon urushi janggohlariga ... -, ... -yillarda tug'ilgan yigitlar to'la safarbar etildi. U rush harakatlarida sho'ro hukumati insonni tejash yo'lidan bormadi, janggohlarda ... nafar jangchi halok bo'ldi. Buning natijasida urushdan so'ng jamiyatda erkak va ayollar nisbatida nomutanosiblik 62 yuzaga keldi, demografik vaziyat tanglashdi. Ko'plab ayollar yolg'iz umrguzaronlik qilishga mahkum bo'ldi. Jamiyatda ’’yolg'iz ayol’’ toifasi yuzaga keldi». Ko'rib turganimizdek, olim shoirdan tamomila farqli yo'ldan boradi, uni umumlashtirilgan faktlargina qiziqtiradi. Olim konkret inson taqdiri haqida emas, undan o'zini chetlashtirgan (abstraktlashgan) holda umumlashmalar, tushunchalar asosida fikr yuritadi. Ma'lum bo'ldiki, mohiyat e'tibori bilan shoir va olimni o'ylantirayotgan muammo bitta. Biroq shoir bitta konkret ayol taqdirini badiiy tasvirlash (obrazini yaratish) orqali umumlashmaga boradi, balki, obraz uning uchun fikrlash shakli, usuli bo'lib qoladi. Ya'ni olim ko'plab faktlarni (konkret hodisalar, insonlar va h.k.) o'rganib, ularning umumiy xususiyatlari asosida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarsa, san'atkor konkret faktni individual tasvirlash orqali umumlashmaga intiladi.
Badiiy to’qima bu (ruschadan kalka xudojestvenniy vimisel) yozuvchining ijodiy tasavvur va taxayyorlardi mahsuli voqelikdagi real asosi yoki to’liq o’xshashi mavjud bo’lmagan badiiy obrazlar hayotiy holatlar voqealar shular kabilarni yaratishda namayon bo’luvshi ijodning muhim komponenti. Badiiy to’qima bu yozuvchining hayolida nomoyon bo’ladi. Biz buni ko’proq tarixiy asarlarda koramiz. Qoraqolpoq adabiyotida bunday asarlarn ayniqsa bunday asarlarda yozuvchi voqealarni jonli va tasirli bo’lib shiqishda ba’diiy to’qimadan foydalandi. Mashur va dramaturg M. Nizanov asarlarida obrazlarni talqin etishda badiiy to’qimadan yaxshi foydalangan.
Epik, lirik va dramatik obrazlar
An’anaviy ravishda badiiy asarlarni uchta katta guruhga — epik, lirik va dramatik turlarga ajratib kelinadi. Adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni turlarga ajratish masalasi qadimdan ishlanib keladiki, bu uning adabiyotshunoslikning muhim nazariy masalalaridan ekanligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 384-322 yillarda yashagan qadim yunon qomusiy olimi Aristotel (Arastu) o‘zining «Poetika» nomli asarida badiiy asarlarni turlarga ajratish an’anasini boshlab bergan. Aristotel san’atni tabiatga «taqlid qilish» deb tushungan va, uning fikricha, tabiatga uch xil yo‘sinda: 1) o‘zidan tashqaridagi narsa to‘g‘risida hikoya qilayotgandek; 2) taqlidchi o‘z holicha qolgan, qiyofasini o‘zgartirmagan holda va 3) tasvirlanayotgan kishilarni faol harakatda taqdim etgan holda taqlid qilish mumkin, deb bilgan. Ko‘ramizki, bu o‘rinda badiiy adabiyotning uchta turi: epos, lirika va drama ajratilmoqda. Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi XYIII asrgacha davom qilib keldi. XYIII asrga kelib nemis faylasufi Gegel badiiy adabiyotni turlarga ajratishda tasvir perdmetini, ya’ni, konkret asarda nima tasvirlanayotganini asos qilib oldi: epos - voqeani, lirika - ruhiy kechinmani, drama harakatni tasvirlaydi. Keyinroq, XIX asrda yashagan rus tanqidchisi V.G.Belinskiy ham, asosan, Gegel an’anasini davom ettirdi. Ayni paytda, u asardagi ob’ekt (voqelik) va sub’ekt (ijodkor) munosabatini ham e’tiborga oldi, ya’ni: eposda ob’ektivlik, lirikada sub’ektivlik, dramada ikkisining qorishiqligi kuzatilishini ta’kidladi. Eposni «ob’ektiv poeziya» (poeziya bu o‘rinda umuman badiiy adabiyot ma’nosida) deb atarkan, Belinskiy epik asar muallifi o‘zining ixtiyoridan tashqari «o‘z-o‘zicha amalga oshgan narsaning oddiy hikoyachisi» maqomida turishini, lirikani «sub’ektiv poeziya» deganida esa «unda ijodkor 41 shaxsiyatining birinchi planda turishi va barcha narsa uning shaxsiyati orqali qabul qilinishi va anglanishi»ni nazarda tutadi. Shuni unutmaslik kerakki, ob’ektivlik va sub’ektivlik degan tushunchalarni mutlaqlashtirmaslik zarur. Zero, eposni «ob’ektiv poeziya» deganimizda uning faqat o‘quvchi nazdidagina «ob’ektivlik» illyuziyasini xosil qilishi nazarda tutiladi, aslida esa epik asarda ham sub’ektiv ibtido mavjuddir.
Albatta, har bir adabiy turning qator o‘ziga xos jihatlari, o‘ziga xos xususiyatlari bor. Masalan, shulardan biri - lirik asarlarning asosan she’riy yo‘l bilan, epik asarlarning asosan nasriy yo‘l bilan yozilishi. Xo‘sh, ayni shu narsa adabiy turning belgilovchi xususiyati sanala oladimi? Yo‘q, chunki, she’riy yo‘l bilan yozilgan epik va dramatik asarlar bo‘lganidek, nasriy yo‘l bilan yozilgan lirik asarlar ham mavjud. Shuningdek, konkret adabiy turga mansub asarlarning hajmi, ulardagi yetakchi nutq shakli, konflikt turi, problematikasi kabilarda ham sezilarli farqlar kuzatiladi. Lekin bu xususiyatlardan qay birlari belgilovchi sanalishi mumkin?
Mavjud tasnif prinsiplari orasida, bizningcha, Gegel taklif etgan tasvir predmetidan kelib chiqqan holda turlarga ajratish tamoyili hozircha eng maqbuli ko‘rinadi. Ya’ni, biz badiiy asarlarni turlarga ajratishda konkret asarda nima tasvirlanganidan kelib chiqamiz: dramatik asarda harakat, lirik asarda kechinmalar, epik asarda voqelik (voqealar) tasvirlanadi. Mazkur qarashni biroz rivojlantirib, turlarga ajratishda badiiy asarda nimaning obrazi yaratilganini qo‘shimcha asos sifatida qabul qilish mumkinki, bu tasvir predmeti asosidagi tasnifni to‘ldiradi: lirikada sub’ektning noplastik obrazi, buning ziddi o‘laroq dramada ob’ektning plastik obrazi, eposda esa ob’ekt va sub’ektning qorishiq obrazi yaratiladi. Nima uchun lirikada «sub’ektning noplastik obrazi» yaratiladi deb aytamiz? Ma’lumki, lirik asarning yetakchi obrazi — lirik qahramon. Biz lirik asarni o‘qiganimizda lirik qahramon holatini, kayfiyatini, kechinmalarning qanday holatda yuzaga kelganligini, uning hiskechinmalariga turtki bo‘lgan voqelik fragmentlarini his qilishimiz, tasavvur qilishimiz mumkin.
Biroq lirik qahramonning o‘zini, aytaylik, romandagidek jonli inson (ya’ni, ob’ektivlashtirilgan tasvir) sifatida ko‘z oldimizga keltirolmaymiz. Dramada biz ob’ektning plastik obrazini ko‘ramiz - qahramonlar real xatti-harakatda bo‘ladilar, ularni jonli inson sifatida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, dramada sub’ekt obrazi yo‘q. Eposda bu ikkisiga xos xususiyat qorishiq: biz so‘z bilan tasvirlangan badiiy voqelikni xayolimizda jonlantirishimiz mumkin, ayni paytda, unda muallif obrazi ham mavjud. Epik asardagi muallif obrazi ham, xuddi lirik asardagidek noplastik obraz, zero, biz uning voqea-hodisalarga munosabati, kayfiyati, o‘y-qarashlarini va harakatlarini har vaqt sezib turamiz, biroq, muallif obrazi boshqa personajlar obrazi singari ko‘z oldimizda jonli inson sifatida gavdalanmaydi (asarda uning ob’ektivlashtirilgan tasviri yo‘q).
Adabiy turlarga ajratishning belgilovchi prinsipini aniqlab olgach, endi har bir adabiy turga mansub adabiy asarlarga ko‘proq xos bo‘lgan (ya’ni, belgilovchi bo‘lmagan) xususiyatlar haqida ham to‘xtalish mumkin.
Badiiy adabiyotda tipiklik muammosi
Borliqdagi hamma narsa ko'zga aniq tashlanib turgani bilan hayotning mohiyatini ochmaydi. hayot haqiqatini ochish, undagi yetakchi tendensiyalarni pay-qash uchun san'atkor tadqiqot olib boradi, borliqdagi voqealarni ta'lil qilib hayotdagi jarayonlarning mohyaitiga kirib boradi. Chunki alohida narsa va hodisalar hali hayotning qonuniyatlarini ochmaydi. Hayot haqiqatini, uning qonuniyatlarini ochish uchun san'atkor hayot xodisalarini umumlashtirishi, muhimini nomuhimidan ajratish kerak bo'ladi. Xayotni badiiy ifodqilar ekan, yozuvchi voqeahodisalardan eng muhimlarini tanlaydi. Ko`pchilik odamlar narsalarga xos bo'lgan yetakchi jihatlarni ayrim odamlarda, narsalarda mujassamlaydi. Xullas, yozuvchi hayotdagi voqealarni umumlashtiradi, quyuqlashtiradi, yaxlitlashtiradi va tiniqlashtiradi. Ana shu tipiklashtirish deyiladi. Tipik holat va obrazlar voqelikni haqqoniy tasvirlashga imkon beradi. Faqat tipik holat va obrazlargina kitobxonga hayot to`g`risid
tasavvur beradi xolos. Asarning qimmati ham yozuvchining tipiklashtira olish mahorati, tipiklashtirilganlik darajasi bilan belgilanadi. Umumlashtirish, quyuqlashtirish, tiniqlashtirish badiiy asardagi hamma komponentlarda voqealar, manzaralar tasviri, narsa va predmetlar hamda hayvonlarni tasvirlashda kayfiyat va holatlarni berishda ham amalga oshiriladi. Ayniqsa asarda tasvirlangan inson obrazlarini tipiklashtirish muhim ahamiyatga egadir. 
  Ma'lumki hayotda odamlar biror millat jins, sinf, tabaqa yoki gurux toifa yoki kasb - kor xalq yoki millatga mansub bo'ladilar. Napoleon-imperator va lashkarboshi Zaynab Omonova kolxozchi va zveno boshlii Dukchieshon va kurashchi Ra'no va Kumushbibi ayol va x.k. Yozuvchi o'z asarida biror shaxsni tasvirlar ekan. unda shaxs mansub bo'lgan butun bir-biror shaxsni tasvirlar ekan unda mansub bo`lgan butun bir toifaga xos xususiyatlarni shu qadar mujassamlaydiki, natijada u kitobxonda butun bir millat sinf yoki gurux thrisida tasavvur beradi. Badiiy asardagi barcha personajlarda ma'lum darajada ana shunday xarakterli xususiyatlar mujassamlangan bo'ladi. Umumiy xususiyatlarni eng ko'p va kuchli mujassamlangan inson obrazlari tip deyiladi. 
Bitta asarda nechta tip bo'lishi mumkin. Bu avvalo yozuvchining mahoratiga, ikkinchidan, asarda tasvirlanayotgan vokealar xarakteriga bog'liq. Shunday qilib, o'zida bir sinf sotsial guruh, toifa, kasb, jins va millat kishilariga xos xususiyatlarni tip deyiladi. 

.

Xulosa


Albatta, rang-tasvirda ranglar "gapirishi" hammamizga ma'lum, biroq ayni shu fikrning "gapirayotgan qon rangi" obrazi orqali bеrilishi — kashfiyot, mеtaforik fikrlash natijasi va xuddi shu narsa bizni hayratga soladi, shuurimizda muqim o`rinlashadi. Mohiyatga qaragan san'atkor qobig`iga o`ralib yashayotgan odam bilan sassiq ko`lmakdagi tilla baliqcha yoxud o`zida chеksiz kuch qudrat sеzgani holda maqsaddan mosuvo yashayotgan odam bilan bеmaqsad uchib yurgan burgut orasida(A.Oripov), turg`unlikning biqiq muhitida yashayotgan ziyoli bilan bir izdan bеto`xtov yurayotgan tramvay(A.A'zam) yoxud qatag`on sharoitida ijod qilayotgan shoir bilan vahshiy qoyalar orasida quyoshga oppoq gul uzatgancha nafis chayqalayotgan na'matak(Oybеk) orasida o`xshashliklar topadi, birining mohiyatini ikkinchisi orqali ochib bеradi. Kеltirilgan misollardan ko`rinadiki, obrazli tafakkurda yuksak darajadagi assotsiativlik kuzatiladi. . Tanqidiy realizm yozuvchidan insonni har tomondan cheklovchi, ezuvchi, buzuvchi va maʼnaviy inqirozga olib keluvchi hayotning ijtimoiy asoslarini tanqidiy aks ettirishni talab etadi. Tanqidiy realizm adabiyoti va sanʼatida tarixiylik prinsipi hayotiy voqealar, kishilarning xarakterlari va ularni qurshagan sharoitning muayyan davr uchun muhim vokealar, xarakterlar va sharoitlar sifatida tasvir etilishida zuxur beradi. Tanqidiy realizm asarlaridagi personajlar "ortiqcha kishilar", "otalar" va "bolalar" yoki yangilik va eskilik tarafdorlari boʻladimi — ular oʻz davrining mahsulidir. Ammo tarix harakati, ijtimoiy taraqqiyot jarayoni Tanqidiy realizmning aksar asarlarida kishilar subʼyektiv faoliyatining natijasi sifatida talqin etiladi. Shuning uchun ham bu asarlarda faqat kishilarning ruhiy olami, ishonch va eʼtiqodi ulardagi ijobiy (ezgu) ibtidoning manbai boʻlib xizmat qiladi. Tanqidiy realizm insoniyatni baxtli va nurli hayotga olib boruvchi yoʻlni koʻrsatmaydi, balki kishilarning shunday xayot sari intilishlarida ularga duch kelgan toʻsiqlar, illatlar, sharoitni koʻrsatadi.



Download 78.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling