Mundarija: kirish I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi


Download 0.67 Mb.
bet6/10
Sana25.12.2022
Hajmi0.67 Mb.
#1065182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Padarkush

2.1 Oʻzbek adabiyotida ota va farzand masalas i
Barcha musulmon xalqlari kabi oʻzbeklarda ham oilaviy munosabatlar tizimi, shu jumladan, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlar hamda farzand tarbiyasi an’analari, asosan, islom e’tiqodi negizida shakllantirilgan. Islom e’tiqodining asosiy manbalari – Qur’oni karim va hadisi shariflarda jamiyatda kishilar oʻrtasidagi munosabatlar, oilaviy – maishiy munosabatlarning shunday murakkab va takomillashgan dasturi ishlab chiqilgan boʻlib, uning mazmun-mohiyati barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. Otalar va bolalar munosabati oʻzbek adabiyotida ham turli koʻrinishlarda aks etadi. Demak, bugungi adabiyotda mavjud boʻlgan otalar va bolalar muammosining ildizlari xalq ogʻzaki ijodining turli janrlari, qadimgi miflar, afsona va rivoyatlar hamda mumtoz adabiy merosga borib taqaladi. Shu bilan birga, adabiy-madaniy aloqalar ta’sirida muammoning badiiy talqiniga jahon adabiyoti namunalarining ham ta’siri boʻlgan va boʻlaveradi.
Oʻzbek xalq ertaklari orasida ham donishmand otalar, ota niyatini amalga oshirib, murod-maqsadlariga yetgan oqil farzandlar, ota vasiyatlari, oʻgit va nasihatlariga amal qilmay rasvoyi olam boʻlgan noshud oʻgʻillar, otalari bir, lekin boshqa-boshqa onalardan tugʻilgan farzandlarning yoki bir ota, bir onadan yaralgan zurriyotlarning bir birlariga va oʻz ota-onalariga turlicha boʻlgan munosabatlari aks etgan ibratli namunalar koʻp uchraydi. Ertaklarda ota-ona va farzandlar munosabati masalasi yaqqol koʻzga tashlanadi. Koʻpchilik ertaklarda bosh qahramon xulq-atvorining qanday boʻlishi sababi u qanday oilada tarbiya koʻrgani bilan izohlash mumkin. Erka-tantiq boʻlib tarbiyalangan farzandning voyaga yetgach, oʻz ota-onasiga ham pand berishi yoki taqdiridagi qiyinchilik va kulfatlarga duch kelishi, ota-onaning yuzini yerga qaratishi, kambagʻal, lekin halol ota-onaning farzandlari ulgʻaygach esa ularni toʻrga olib chiqishi, orzu-maqsadlariga yetkazishi kabi gʻoyalar ochib beriladi. Ana shunday oʻzbek xalq ertaklaridan biri “Uch ogʻa-ini botirlar” dir.


Bu ertakda ham otaning oʻgʻillariga boʻlgan iliq munosabati, muhabbatini, ham
oʻgʻillarning otaga boʻlgan hurmat va sadoqatini koʻrishimiz mumkin.
Ertakdagi ota oʻgʻillariga shunday nasihat qiladi: “Toʻgʻri boʻlinglar –
bexavotir boʻlasiz, maqtanchoq boʻlmang - xijolat tortmaysiz, dangasa boʻlmang – baxtsiz boʻlmaysiz”. Ota nasihati tufayli farzandlar yuksak axloqli, mustahkam irodali, qoʻrqmas, jasur, bir - biriga mehr - shafqatli boʻlib ulgʻaygan. Botirlarning ertak syujetidagi harakatlari, munosabatlarida axloq va odobning yuksak namunasini koʻrish mumkin. Ular bir ota, bir onaning farzandlari, bir manzil tomon birga safarga chiqadilar va murod-maqsadlariga yetadilar. Aksincha, “Bulbuligoʻyo” ertagida esa uch ogʻa-inilarning oʻz otalariga boʻlgan munosabatlari, mehri, sadoqati, mas’uliyati xulqidan, gap-soʻzi-yu, xatti-harakatidan anglashilib turadi. Bu ertakda ham xuddi “Uch ogʻa-ini botirlar”dagi singari uch aka - uka ota topshirigʻini bajarish uchun safarga chiqadilar. Ammo yomon xulqlari sababli maqsadlariga yetolmaydilar.
Xalq ogʻzaki ijodi namunalridan otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar “Goʻroʻgʻli” turkumi, “Alpomish”, “Ravshanxon” dostonlarida ham, rivoyatlar, afsonalar, ogʻzaki hikoyalar singari folklor janrlarida ham oʻziga xos milliy koʻrinishlarda namoyon boʻladi. Bularning barchasi xalqimiz oʻz hayotida roʻy berayotgan, yoki berishi mumkin boʻlgan turli-tuman muammolarni xalq ogʻzaki ijodi namunalarida aks ettirib, avlodlarni ogohlantirganligini koʻrsatadi. Biz bu dostonlar ichida ota-bola munosabati oʻzgacha talqin etilgan “Ravshanxon” dostoni misolida koʻrib chiqamiz. Haqiqiy oʻzbekona ruh ufurib turgan bu dostonning oʻziga xosligi shundaki, unda oila munosabatlari, ayniqsa ota va bola munosabatlariga zamon va makon hech qanday ta’sirini koʻrsatmaydi. Bu munosabatlar samimiy va iliq koʻrinish kasb etadi.
Ravshanxon oʻz baxtini qidirib, olis safarga otlanadi. Hasanxon esa oʻgʻlining ahvolidan havotir olib, uni bu yoʻldan qaytarish uchun yoʻlini toʻsadi. Shu payt ota-bola oʻrtasidagi boʻlgan suhbatga e’tibor qaratamiz:
Sen boʻlmasang, otang holi ne kechar?

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling