Mundarija: kirish I bob. Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi
Download 0.67 Mb.
|
Padarkush
Ota pandiga sen tugal qil amal, Yurarsan boʻlib baxtiyor har mahal.
Otangni, onangni sevintir tamom, Bu xizmat yetirgay tilakka tuga l. Yozma adabiyot rivojlana borgan sari muammolar badiiy asarlarga ham koʻchib, aniq timsollar orqali ifodalandi, Sharq adabiyotining ajralmas tarkibiy qismi boʻlgan oʻzbek mumtoz adabiyotida birorta namuna yoʻqki, unda otalar va bolalar muammosi u yoki bu darajada aks etmagan boʻlsin. Muqaddas kitoblardagi diniy rivoyatlarni oʻzida aks ettirgan Rabgʻuziyning “Qissasi Rabgʻuziy” asarini olaylik. Unda ota va farzand munosabatlariga turlicha munosabat bildiriladi: Rivoyat qilishlaricha, paygʻambar Ibrohim Xalilulloh budparast otasi Torixni bu yoʻldan qaytarishga urinadi. Lekin unga Allohdan otaga nisbatan nasihatda muloyimroq boʻl, degan vahiy keladi. Yana bir rivoyat. Yusuf alayhissalom otasi Ya’qub alayhissalomni Misrga olib kelishlarini buyuradi. Huzuriga kelgan otasi bilan otdan tushmay koʻrishganligi uchun Alloh undan norozi boʻlib, uni boshqa paygʻambarlardan yetmish yil keyin jannatga kiritadi. Boshqa rivoyat. Nuh alayhissalom bir kuni soya joy topib uxlab yotardi. Oʻgʻillari uning atrofida oʻz ishlari bilan band edilar. Shu topda shamol koʻtarilib, Nuh alayhissalomning avrati ochilib qoldi. Buni koʻrgan oʻgʻli Hom qah-qah otib kuldi. Nuh alayhissalom uygʻonib, Homning adabsizligidan jahli chiqdi va “yuzing qora boʻlsin” deb duoibad qildi. Otaning ana shu qargʻishi oqibati oʻlaroq, Homning yuzi qoraydi va uning naslidan paygʻambarlik uzildi. Yusuf haqidagi rivoyatda oilaviy munosabatlar, otaning oʻgʻillariga, akaning ukaga boʻlgan munosabatlar yorqin koʻrininsh kasb etadi. Oʻz oʻgʻlidan ayrilgan otaning iztiroblari aks etadi. Chiroyda tenggi yoʻq Yusuf alayhissalomning otasi Ya’qub alayhissalom oʻgʻlidan ayrilganiga chiday olmaydi. Yigʻlayverib koʻzlari koʻr boʻlib qoladi. Bu voqea keyinchalik mumtoz adabiyotga ham koʻchib,gʻazallarda Ya’qub va Yusuf yonma-yon talmeh san’ati sifatida koʻp qoʻllanila boshladi . Yoqub bikin koʻp yigʻidin qolmadi sensiz Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. (Lutfiy) Solib borma meni ey Yusfi husun Bu kun Yaqubdek bayt ul-xazanda.(Atoi) Sa’diy Sheroziyning didaktik mazmundagi mashhur asari “Guliston”dagi hikoyatlardan birida oʻgʻlining oqil va zebojamolligidan mamnun ota hamda nodon oʻgʻilning tilagi haqida soʻz boradi. “Avvalgʻi holimda mening farzandim boʻlmas erdi. Oqshom va kunduz orzusida erdim. Haq taolodin tazarru va zorligʻ bila farzand talab etar erdim. Bu vodiyda bir daraxt bordurkim, ulugʻ ziyoratgohdur. Barcha xaloyiq aning atrofigʻa borib hojatlarin xudoyi taolodin tilarlar. Men ham ul daraxtning ostigʻa borub, necha oqshomlar oning tubida yuzumni ojizligʻ tufrogʻiga surtub tazarru niyozlar koʻrguzdum, to Haq taolo mundoq oqil va zebojamol farzandni menga ato qildi”. Oʻgʻli bu soʻzni eshitib, qoshidagi yorlariga ohista der erdikim: “Agar ul daraxtning qaysi yerda erkonin bilsam erdi, men ham onda borib duo qilgʻay erdum, to otam oʻlgʻay erdi” Buni qarangki, otaga Olloh tomonidan farzand berilgan, u bu inoyatdan mamnun boʻlsa, noqobil oʻgʻil esa padarining oʻlimini tilaydi. Firdavsiyning “Shohnoma”sida ham koʻhna oʻtmishdagi avlodlar almashinuvi jarayonida voqe boʻlgan toʻqnashuvlar, ziddiyatlar va ularning oqibatlari otalar va bolalar obrazlari orqali aks ettirilgan. Bu asardagi ushbu mavzu haqida keyingi bobimizda alohida toʻxtalami z. Alisher Navoiy davrida temuriylar saltanati inqiroz yoqasiga kelib, toj-u taxt uchun kurashlar avj olgan edi. Ota va bola munosabatlari juda keskin koʻrinish olgan, va buning natijasida davlat tanazzulga yuz tutayotgan edi. Bu hodisalar Navoiy ijodiga ham ta’sir etmay qolmadi. U ham zamonasida avj olgan koʻhna muammoning yechimiga javob izladi va uni yumshatish uchun harakat qildi. Quyidagi parcha shu yoʻldagi qadamlardan biridir: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling