Mundarija kirish I bob. Bolalarning predmetlar shakli va geometrik figuralarni idrok qilishning o'ziga xos xususiyatlari
Download 117.62 Kb.
|
kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB.MASHGULOTLARDA GEOMETRIK FIGURALAR SHAKLINI FARQLASH VA NOMINI AYTISHGA ORGATISH
MUNDARIJA Kirish …………………………………………………………………….. I BOB. BOLALARNING PREDMETLAR SHAKLI VA GEOMETRIK FIGURALARNI IDROK QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 1.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar shakli va geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish 1.2 Turli yosh guruhlarida bolalarni predmetlar shakli va figuralarni idrok qilishning òziga xos xususiyatlari II BOB.MASHG'ULOTLARDA GEOMETRIK FIGURALAR SHAKLINI FARQLASH VA NOMINI AYTISHGA O'RGATISH 2.1 Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik shakllar bilan tanishtirishda didaktik o’yinlardan foydalanishning ahamiyati. Xulosa …………………………………………………………. Adabiyotlar ……………………………………………………………… Ilova ……………………………………………………………………….. KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Matematika bolalarning rivojlanishi uchun zarurdirdir. Bolaning ongini rivojlantirish bilan bir qatorda , maktab bosqichiga chiqqanda oqilona fikrlash va intelektual rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Oddiy matematik belgi sifatida talqin etiluvchi raqamlar aslida butun xalqning madaniyati , milliy mentaliteti , urf odatlari hamda kundalik turmush tarzini namoyon etadigan bebaho xazinadir. Raqamlarda juda ko’plab sir – sinoatlar yashiringan bo’lib, ular har bir millatning milliy ma’naviyatini ochib berishga xizmat qiladi. Insoniyat tarixini , ayniqsa zamonaviy dunyoni raqamlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Jamiyatning rivojlanishi , undagi evrilishlar, o’zgarishlar hamma hammasi raqamlarga bog’liqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyev “ Zamonaviy Maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi. Bolalarni matematik bilimlarini shakklanishoi uchun “ ilk qadam “ davlat o’quv dasturida Qurish – yasash , konstrusiyalash va matematika markazi ham tashkil etilgan. Bunda bolalar matematikaga oid dastlabki bilimlarni egallab borishi uchun bir zamin yaratiladi. Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bolalarning matematik tushunchalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi, ularning idrokini, ya’ni sensor tuyg‘ularini o‘stirish bilan bevosita bog‘liqdir. 7 Umumlashtirish va abstraktlashtirish qobiliyati predmetlarning xususiyatlarini aniqlash va shu xususiyatlarga qarab mazkur predmetlarni bir biriga taqqoslash hamda guruhlarga ajratish asosida o‘sib boradi. Shuning uchun bola maktabga borguniga qadar unda matematik tasavvurlarni shakllantirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha o‘quv-tarbiya ishlari bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda ish olib boriladi. Fan-texnika nihoyatda jadal rivojlanayotgan bugungi davrda bolalarning turli sohalardagi tajribalarni sodda holda o‘rganishi va ulardan amaliyotda foydalana olishi uchun ularning maktabgacha yoshdan kerakli va zarur bilimlarni egallashlariga jiddiy e’tibor berishimiz lozim. Ayniqsa, matematik bilimlar bola hayotida, uning har tomonlama rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ilk matematik tushunchalarning qanchalik aniq va mustahkam bo‘lishi bolalar tafakkurining, ulardagi analiz va sintez, mantiqiy fikrlash, xulosa chiqarish jarayonlarining kuchli bo‘lishini ta’minlaydi. Bizga ma’lumki, sodda matematika orqali maktabgacha yoshdagi bolalar son va sanoq, geometrik shakllar, vaqt va fazo haqida, kattaliklar haqida boshlang‘ich bilimlarni oladilar. Bu bilimlar yordamida bolalar idrok qilinadigan obyektlarning xususiyatlarini analiz va sintez qilish, taqqoslash va umumlashtirishning eng sodda bog‘lanishlari hamda ular orasidagi munosabatlarni tushunib oladilar. Download 117.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling