Mundarija kirish I bob Boshlang`ich sinf ona tili darslarining maqsad-vazifalari va unda ilg`or pedagogik texnoligiyalarni qo`llash metodik asoslari
Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish
Download 131.32 Kb.
|
ona tili
2.2. Ona tili darslarida modulli texnologiyadan foydalanish.
Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazari bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta`lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar muhim sanaladi. O`qituvchilar o`z ish faoliyatini quyidagi texnologik jarayonga bo`ysundirishlari kerak: tartibga solish, bir tizimga keltirish, ilgaridan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish. Ta`lim texnologiyasi tushunchasi- ta`lim metodiga erishish, ya`ni ilgaridan loyihalashtirilgan ta`lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maqsadga ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning mohiyati didaktik maqsad, talab etilgan o`zlashtirish darajasiga erishish va uni tadbiq etishni hisobga olgan holda ta`lim jarayonini ilgaridan loyihalashtirishda namoyon bo`ladi. O`quvchining faoliyat ko`rsatishga yo`naltirilgan, darsning metodik ishlanmasidan farqli o`laroq ta`limning pedagogik texnologiyasi ta`lim oluvchi(o`quvchi)larga yo`naltirilgan bo`lib bolalarning shaxs hamda o`qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatini hisobga olgan holda, o`quv materiallarini o`zlashtirishga qaratiladi. Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi o`quvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta`lim maqsadiga erishishni ta`minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: kafolatlangan yakuniy natija , ta`limning samaradorligi, teskari aloqaning mavjudligi ta`lim maqsadning aniq shakllanganligi. U yoki bu pedagogik texnologiyaning tanlash rejalashtirilgan dars va mashg`ulotda qaysi darajadagi bilim va ko`nikmalarini o`zlashtirish nazarda tutilganligiga bog`liqdir. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida qo`llaniladigan texnologiyalardan biri modulli o`qitish texnologiyasi hisoblanadi. Modulli o`qitish texnologiyasiga o`tishda quyidagi maqsadlar ko`zlanadi. - O`qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta`minlash; - O`qitishni individuallashtirish; - O`quv materiallarini mustaqil o`zlashtirish uchun yetarli sharoityaratish; - O`qitishni jadallashtirish; - Fanni samarali o`zlashtirishga erishish. Ko`rinadiki, modulli o`qitishda o`quvchilarni o`z qobiliyatiga ko`ra, bilim olishi uchun to`la zarur shart-sharoitlar yaratiladi. O`qitishning modul tizimiga o`tish samaradorligi quyidagi omillarga bog`liq bo`ladi: -o`quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi; - o`qituvchilarning malakaviy darajasi; - o`quvchilarning tayyorgarlik darajasi; - ko`zlangan natijalar bahosi; - didaktik materiallar ishlab chiqish; - natijalarning tahlili va modullarini optimallashtirish; Har qaysi modul bo`yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi: - O`quvchilarni bilimini nazorat qilish uchun testlar; - Individual ishlar uchun topshiriqlar; - Mustaqil ishlar uchun topshiriqlar; - O`quv uslubiy tarqatish materiallar. Modul o`qitish fanning asosiy masalalari bo`yicha umumlashtirilgan axborotlar beruvchi muammoli va yo`riqli darslar o`tilishini taqozo etadi. Darslar o`quvchilarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog`i lozim. Bunda materialning o`zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki: - Modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi; - O`quv materialining elementlari orasidagi bog`lanishlar va uning o`tishlari yaqqol ko`rsatiladi; - Asosiy jihatlari ajratib ko`rsatiladi; - O`quv materialining (modulning) butun hajmi o`quvchining ko`z oldida gavdalanadi. Modul tizimida o`quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo informatsiyani “siqish” vazifasi ko`zlanadi. Modulli ta`lim o`qitish texnologiyasining eng asosiy negizi- bu o`qituvchi va o`quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiya tushuniladi. O`qitish jarayonida maqsad bo`yicha kafolatlangan natijaga erishishida qo`llaniladigan har bir modul o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, o`quv jarayonida o`quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o`zlari xulosa chiqara olsalar, o`zlariga , guruhga, guruh ularga baho bera olsa, o`qituvchi ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa o`qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzuning o`ziga xos modulli texnologiyasi bo`lib, u o`quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo`naltirilgan , oldindan loyihalshtirilgan va kafolatlangan natija, berishishiga qaratilgan pedagogik jarayondir. Modulli ta’limning asosiy mohiyati, oquvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar. Modul dasturlari ta’lim- tarbiyaviy jihatlarni e’tiborga olgan holda, mavzuning maqsadini dars davomida mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettiradigan korsatmalar majmuidir. Modul dasturlari - dars matni yoki oqituvchlar tomonidan oquv materiallarni rejalashtirish emas, balki oquvchilarning maskur mavzuni mustaqil va ijodiy organish boyicha oquv faoliyat dasturidir. Modul dasturlari oqituvchilar tomonidan tuzilib , unda modulning didaktik maqsadi, mavzuni organish bosqichlari, oquvchilar tomonidan bajariladigan oquv faoliyati elementlari, ularning bilimni nazorat qilish yollari ketma – ket bayon etiladi. Oqituvchi modul dasturlarini tuzishda va undan ta’lim jarayonida foydanlnishda quyidagilarga e`tibor berishi zarur: 1 . Oquv materiallarini tanlash. Oquvchilarga mustaqil ozlashtirish uchun tavsiya etiladigan oquv materiali qisman tanish va ular uddalay oladigan bolishlari kerak . 2 . Vaqtni tejash . Oquvchilar oquv materiallarni dasturda belgilangan vaqt doirasida egallab olishlariga erishish zarur. 3 . Oquvchilarda mustaqil va ijodiy ishlash konikmalarni hosil qilish. Oqituvchi oquvchilarni modul dasturlari bilan ishlashga yollashdan avval ularda darslik va boshqa manbalar ustida mustaqil ishlash konikmasi shakllanganligiga ishonch hosil qilish kerak. Bunda oqituvchi organilishi lozim bolgan oquv materiallarni ikki qismga ajratadi. Birinchi qismini oqituvchi rahbarligida oquvchilar ijodiy va mustaqil ozlashtiradilar , ikkinchi qismni mustaqil bajaradilar. 4 . Oquvchilar bilimini nazorat qilish. Oqituvchi modul dasturlari qollaniladigan darslari uchun otgan mavzulari yuzasidan test savollari tayyorlaydi va dastlabki joriy nazorat otkazadi . Shuningdek , yangi mavzu boyicha test savollarini tayyorlaydi va oquvchilar bilimini aniqlaydi. Bundan tashqari modul dasturlaridan orin olgan har bir topshiriq yuzasidan bolalar bilimlarini aniqlash uchun oquvchilar oz – ozini va ozaro nazoratni amalga oshiradilar. Oqituvchi reyting tizimi boyicha maskur darsga ajratilgan balldan kelib chiqib, baholash mezonini va har bir nazorat uchun ballarni aniqlashi zarur. Modul dasturlari mazmuni va mohiyatiga kora o’quvchilarning individual ishlashga, ikkita oquvchi hamkorlikda ishlashga, kichik guruhlar hamkorlikda ishlashga mojallangan modul bolishi mumkin. Oquvchilarning individual ishlashlariga mojallangan modul dasturlari har bir oquvchining qiziqishi, ehtiyoji, bilim saviyasini orttirish, ozlashtirish darajasini aniqlash, kitob ustida mustaqil va ijodiy ishlash konikmalarni rivojlantirishni nazarda tutsa, kichik guruhlar uchun mojallangan modul dasturlari yuqorida qayd etilgan omillar bilan bir qatorda oquvchilar ortasida ozaro muloqot, hamkorlik, yordamini vujudga keltirish, oquvchilarning bir – birlari o’rtasida ozaro nazoratni amalga oshirishni kozda tutadi . Kichik guruhlarda uchun tuzilgan modul dasturlaridan foydalanishda ikki xil yondashish mumkin: 1. Musobaqa usuli. Oqituvchi oquvchilarni teng sonli guruhlarga ajratadi. Modul dasturini tarqatib, guruhdagi oquvchilar faoliyatini modul dasturidan orin olgan topshiriqlarni bajarishga yollaydi. Har bir topshiriq bajarilgandan song , bahs- munozara savol – javob, musobaqa tarzida otkaziladi. Guruhlar ortasida goliblar aniqlanadi. Har bir guruhdagi oquvchilar oz faoliyatlarini ortoqlarining fikrini hisobga olgan holda baholaydi. 2. Kichik maslahatchilar usuli . Oqituvchi oquvchilarni teng sonli 5 – 6 kichik guruhlarga ajratadi. Har bir guruhga kichik maslahat beruvchilarni tayyorlaydi . Kichik maslahatchilar guruhidagi oquvchilarning faoliyatni nazorat qiladi, tegishli hollarda ozaro yordam yushtiradi. Topshiriqlar asosida savol – javoblar otkazadi. Kichik guruhlardagi oquvchilar faoliyati ozaro nazorat orqali baholanadi. Modulli darsni quyidagicha otkazish tavsiya etiladi: I. Tashkiliy qism. II. Otgan mavzular yuzasidan oquvchilar bilimini test savollari yordamida aniqlash va baholash ( dastlabki joriy nazorat ). III. Otgan mavzuni yakunlash . IV. Yangi mavzuning bayoni: a) yangi mavzu boyicha tuzilgan modul dasturni tarqatish va oquvchilarni modulning didaktik maqsadi bilan tanishtirish. b) oquvchilarni yakka yoki kichik guruhlar tartibida modul dasturidagi topshiriqlarni bajarishga yollash; d) har bir oquv faoliyat elementi topshiriqlarning toliq bajarilishini nazorat qilish, tegishli korsatmalar berish; e) har bir oquv faoliyat elementi yakunida savol – javob va munozara otkazish. V. Yangi mavzu yuzasidan test savollari yordamida oquvchilar bilimini aniqlash a) oz – ozini nazorat; b) ozaro nazorat; d) oqituvchi nazorati. VI. Darsni umumiy yakunlash. Bu reja bo`yicha ona tili darslarida ham modulli texnologiyani qo`llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, 2-sinfda “Shaxs va narsani bildirgan so`zlar” mavzusi o`rganiladi. Bunda o`quvchilar kim? yoki nima? so`rog`iga javob bo`1adigan so`zlar haqida tushuncha beriladi. Bu mavzu 3-sinfda ot so`z turkumini o`rganish uchun tayyorgarlik bo`ladi. 2-sinfda shu mavzuni o`rganish darsida modulli o`qitishdan foydalanish dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Darsning moduli quyidagicha bo`ladi. Darsning mavzusi. Shaxs va narsani bildirgan so'zlar Darsning maqsadi . O'quvchilarga shaxs va narsa bildirgan so'zlar haqida bilim berish, o'z fikrlarini aniq, to'g'ri va ifodali bayon etishga o'rgatish.husnixat bilan yozish ko'nikmalarini shakllantirish Dars turi. Yangi bilim beruvchi dars. Dars jihozi. Kartochkalar, testlar, rangli rasmlar Modulning didaktik maqsadi.O'quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda mustaqil ishlash, so'zlarni ma'nosiga ko'ra farqlash va guruhlash ko'nikmalarini shakllantirish shaxs va narsani bildirgan so'zlarning to'g'ri talaffuzi va imlosini o'zlashtirishlarini ta'minlash. Mazkur modul birinchi va ikkinchi guruh uchun ham tavsiya etiladi. Dars topshiriqlaridan o'quvchilarning saviyasiga, bilimlarni o'zlashtira olish darajasiga qarab foydalaniladi. Ayrim topshiriqlar hobiliyatli o'quvchilarga berilishi mumkin. Birinchi sinfdan o'quvchilar modul usulida mustaqil ishlashga o'rgatib borilsa, keyingi sinflarda ham shu kabi darslarni tashkil etish osonlashadi, chunki o'quvchilarda bu haqida ko'nikmalar hosil bo'lib boradi. O'qituvchi dars davomida dam olish daqiqalari uyushtirishi lozim. Ta'limiy o'yin uyushtirilganda ikkala guruhdan ikkitadan o'quvchi chiqib, qush va gul rasmlarini istagancha oladi va guruhi bilan maslahatlashib, ularning nomlarini aytadi. Testlar o'quvchilarning imkoniyatiga qarab ko'paytirilishi yoki murakkablashtirilishi mumkin.Test har bir o'quvchi uchun alohida tayyolansa, maqsadga muvofiq bo'ladi. 2-sinfda so`zlar ma’nolariga ko`ra kim?, nima? qanday?, nima qildi? So`rog`iga javob bo`lgan so`zlar guruhiga ajratilib o`rgatiladi. Bular keyinchalik o`rganiladigan ot, sifat, fe’l so`z turkumini o`rganishga o`quvchilarni tayyorlaydi. 2-sinfda shu mavzular o`rganilgach so`z ma’nolari bo`yicha umumlashturuvchi dars o`tkaziladi. Ona tilidan o’tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o’quvchilar bilimini bir tizimga solish, o’rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang`ich sinflarda umumlashtiruvchi dars odatda ona tili dasturidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan o’tkaziladi. Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo’limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkin. 2-sinfda so`z ma’nolari bo`limi o`rganilgach shu asosda umumlashtiruvchi dars tashkil qilinadi. Bu darslar bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi, bunday darslarda o’quvchilar egallagan bilimlarning sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o’quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Xulosa Tadqiqotdan quyidagi xulosalarga keldik: Hozirgi kunda boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogic texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Ilg`or pedagogic texnologiyalar dars samaradorligini ta’minlovchi omil bo`lib xizmat qilmoqda. Ona tili darslarida interfaol metodlarning “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Zig- zag”, “Qora quti”, “Ortiqchasini top”, “Grafik tasvir” metodlaridan foydalanish darsning qiziqarli va jonli o`tishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida ta’limiy o`yinlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda “Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini, “Grammatik topishmoqlarni topish“ kabi o’yinlarning ahamiyati katta. Ona tili darslarida ”O’yin diktant”larni ham qo`llash o`quvchilar savodxonligini oshirishga xizmat qiladi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida modulli texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Modul dasturi aniq maqsad sari yo`nalganligi, har bir topshiriq uchun qat`iy vaqt belgilanishi, umuman, darsning oldindan rejalashtirilishi o`qituvchilarda katta qiziqish uyg`otadi. Modulli ta`limning asosiy mohiyati, o`quvchilar modul dasturlari ustida mustaqil ishlab, ilm olishda belgilangan maqsadga erishadilar. Modul dasturlari ta`lim tasbiyaviy mavzuning maqsadini dars davomida mustaqil bajaradigan topshiriqlar asosida aks ettirgan ko`rsatmalr majmuidir. Modul dasturlari – dars matni yoki o`qituvchilar tomonidan o`quv materialini rejalashtirish emas, balki o`quvchilarning mazkur mavzuni mustaqil va ijodiy o`rganishi bo`yicha o`quv faoliyati dasturidir. Modul dasturlari o`qituvchilar tomonidan tuzilib, unda modulning umumiy didaktik maqsadi, mavzuni o`rganish bosqichlari, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv faoliyati elementlari, ularning bilimini nazorat qilish yo`llari ketma-ket bayon etiladi. O`qituvchi modul dasturlarini tuzishga va undan ta`lim jarayonida foydalanishga katta e`tibor berishi zarur. Download 131.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling