Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati


Download 94.56 Kb.
bet1/13
Sana28.12.2022
Hajmi94.56 Kb.
#1024126
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI ONA TILI


MAVZU: BOSHLANG’ICH SINFLARDA BAYON YOZISHGA O’RGATISH.
MUNDARIJA
Kirish……………………
I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA BAYON YOZISHGA O’RGATISHNING AHAMIYATI

    1. Bayon – bolalar nutqini oʻstirish omili

    2. Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga qo’yilgan talablar.

I bob bo’yicha xulosa
II BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA BAYON YOZISHGA O’RGATISH
2.1 Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatish metodikasi.
2.2 Bog’lanishli nutq, o’zaki va qayta hikoyalash va yozma bayon.
II bob bo’yicha xulosa
XULOSA VA TAVSIYALAR.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ta'lim sohasidagi bosh maqsad-ta'lim va tarbiyaning dеmokratik, insonparvarlik printsiplarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an'aanalari va urf-odatlari, shuningdеk, umumbashariy qadriyatlilik asosida ta'lim-tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o`zgartirish, shu maqsadda pеdagogik jamoalarning tashabbuskorligiga kеng imkoniyat ochib bеrishdan iboratdir. Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog`lom o`sishi, balki ularning еng zamonaviy intеlеktual bilimlarga ega bo`lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo`lib, XXI asr talablariga to`liq javob bеradigan barkamol avlod bo`lib voyaga еtishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`yganmiz. Bola tarbiyasida ularning yosh jihatiga, ruhiyat va tushunchasiga, fe’l-atvoriga alohida ahamiyat berish zarur deb hisoblaymiz. Boshlang`ich sinflar o`qituvchilarining mеtodik- tayyorgarligi dеyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida ona tili o`qitish mеtodikasi bo`yicha umumiy psixologik-pеdagogik va boshlang’ich tayyorgarlik bilan uzviy bog`lanishda tayyorlanishni tushunishumiz bugungi kun talabiga mos va yuksak manaviyatli yoshlar uchun buyuk dastak hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimi va intellektini rivojlantirishning turli metodlari, usullari yaratilgan bo‘lsa-da, inshoning tarbiyalanuvchi tafakkuri mustaqilligini ta’minlashdagi, uning ruhiy kamoloti hamda ma’naviy sog‘lomlashuvidagi bevosita o‘rni chuqur tadqiq etilmagan. Bayonni tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari belgilanmaganligi, bu borada keng ko‘lamli tadqiqotlar olib borilmaganligi
tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Binobarin, “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, deya ta’kidlanishi mamlakatimiz yoshlarini o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda erkin hamda savodli bayon qila oladigan yuqori malakali mutaxassislar etib tarbiyalashda yozma nutq va mustaqil tafakkurning shakli bolgan bayon hamda uni yozishning tartib-qoidalarini o‘rganish-o‘rgatishga asoslangan o‘qitishni maqsadli tashkil etish ta’limdagi dolzarb muammolardan biri sanaladi.1
Ayniqsa ona tili va o’qish darslarida mustaqil ishlarni tashkil qilish rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich ona tili ta‘limining asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Shu nuqtayi nazardan o’quv jarayonida insho, bayon, jumladan hayotiy mazmunli, ularning to’plagan tajribasiga asoslangan matnlarni tuzish va ularni qo’llashga o’rgatish o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi.



Download 94.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling