Mundarija kirish I bob boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishning ahamiyati


Download 94.56 Kb.
bet2/13
Sana28.12.2022
Hajmi94.56 Kb.
#1024126
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
KURS ISHI ONA TILI

Kurs ishining maqsadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon yozishga o’rgatishning o’rnini ko’rsatish
Kurs ishining vasifalari:

  1. Pedagogik-psixologik va metodikaga oid adabiyotlarni hamda ilg’or o’qituvchilarning ish tajribalarini kurs ishi mavzusi yuzasidan o’rganish;

  2. O’quvchilarda bayon yozish ko’nikmasini shakllantishga oid turli metod va usullar majmui bilan tanishib chiqish va mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish;

  3. Bayon yozishga o’rgatish jarayonida o’quvchining dunyoqarashini shakllantirish.

Kurs ishining obyekti. Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Boshlang’ich sinflarda bayon yozishga o’rgatishing tizimini tashkil etadi.
Kurs ishining metodik asosi. 1-4 sinflarda bayon yozishga o’rgatish jarayonidagi asosiy ta’limiy metodlarni qo’llay bilish ko’nikmasi. mavzuga oid adabiyotlarni o’rganishga asoslangan nazariy tarixiy tahlillar, tajribalar, kuzatishlar, suhbatlar. Respublikada foydalanilayotgan o’quv qo’llanmalari va hokazolardan foydalanildi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati: kurs ishi natijalaridan boshlang’ich sinf ona tili darslarining sifatini oshirishda pedagogika oliy ta’lim yo’nalishi talabalari kurs ishlari tayyorlashda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, 2 bob, 4 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovalardan iborat bo’lib, betni tashkil etadi.


I BOB BOSHLANG’ICH SINFLARDA BAYON YOZISHGA O’RGATISHNING AHAMIYATI



    1. Bayonning bolalar nutqini oʻstirishdagi ahamiyati



Bayon arabcha so’zdan olingan bo’lib, 1) voqea, hodisa, fikr, mulohaza va shu kabilarning ogʻzaki yoki yozma ifodasi; 2) matnni oʻqib yoki aytib berilganlar asosida yozib chiqilgan ish degan ma’nolarni anglatadi.
Bayon o‘qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir. O‘qish darslarida matn ustida ishlash, o‘qilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og‘zaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Oʻquvchilarni oʻz fikrini mustaqil yozishga, oʻqilgan matnni hikoya qilishga oʻrgatishni iloji boricha ertaroq boshlagan ma’qul. Buning uchun oʻquvchilar matnni ogʻzaki hikoya qilayotganda qoʻllangan alohida soʻzlarni yozishdan gapni yozishga, soʻng matnni qismlarini yozishga va ikkinchi sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida bayon yozishga oʻrgatiladi.
Bayon oʻqib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan soʻng yozma qayta hikoyalashdir. Oʻqish darslarida matn ustida ishlash, oʻqilgan matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida ogʻzaki qayta hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon yozishning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yozish sur’ati sekin, shunga koʻra bayon uchun kichik hajmdagi kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi.
Bayon matni asta-sekin murakkablashtirib boriladi. Avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi bir matn tanlansa unga yana bir qancha lavhalarning tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari qoʻshiladi, keyinroq shaxsini oʻzgartirib bayon yozishga oʻtiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon oʻquvchilarda adabiy nutqni toʻgʻri shakllanishiga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi. Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayoti, ona tabiat tasviri, fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlari aks ettirilgan yuksak gʻoyali matn tanlanishi, bayon mavzusi oʻquvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning dunyoqarashini shakllantirishi zarur. Qayta hikoyalash va bayonda oʻquvchilarning tabiiy nutqi eshitilishi, ya’ni berilgan matnni tushunmasdan yodlamasligi, nutq birliklaridan, sintaktik birlikdan foydalana olishi zarur. Til vositalari matnni oʻqish, suhbat, matn tahlili davomida oʻzlashtiriladi; matndagi soʻzlar va nutq birliklari “oʻziniki” boʻlib qoladi. Qayta hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushurishga harakat qiladi. Oʻzlashtirgan mazmunni toʻliqroq va aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan oʻquvchining mustaqil fikrlash darajasi va bilish faolligi oʻsadi. Ijodiy elementlar qoʻshila boradi. Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bogʻliqlik saqlanishi asosiy faktlar berilishi ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim oʻrinlar toʻliq bayon qilinishi zarur. Vaqt-vaqti bilan ilgari eshitilgan, oʻqituvchi oʻqib bergan yoki radio televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, oʻquvchi bir marta ovoz bilan yoki ichida oʻqigandan soʻng qayta hikoyalashdan foydalanishni tajribada qoʻllab turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va uni jonlantiradi.
Bayon yozdirishda oʻquvchilar matn mazmunini qanchalik tushunganliklari, oʻz fikr va tushunchalarini ijodiy va mustaqil ifodalaganlari, yozma nutq malakasi va savodxonligi sinab koʻriladi.
Boshlangʻich sinfda bogʻlanishli nutqqa oid mashq turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga toʻliq, mukammal javob;
2) oʻqilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni oʻrganish; oʻquvchilar lugʻatini faollashtirish bilan boʻgliq holda harxil mashqlar;
3) muntazam oʻtkazilgan kuzatishlarni yozib borish va ob-havo kundaligini yuritish;
4) oʻqilgan matnni turli variatda ogʻzaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshi yoki oxiri berilgan hikoya, reja yoki sujet asosida oʻquvchilarning ogʻzaki hikoyasi;
6) badiiy matnni hikoya qilish, yod olish, oʻquvchilar saviyasiga mos matnlarni yoddan yozish;
7) ertakni tayyorlanmasdan aytish, kichik she’r, hikoya tuzish;
8) namunasi berilgan badiiy, ilmiy-ommabop matn asosida bayon yozish;
9) oʻqituvchi bergan matnni oʻgzaki va yozma qayta tuzish (tanlab qayta hikoya qilish va yozma bayon, ijodiy qayta hikoyalash va bayon, hikoyani sahnalashtirish kabilar);
10) har xil turdagi yozma insho.
Ushbu turdagi mashqlar ham oʻquvchilarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Bayon oʻquvchilarda koʻnikma va malakalarni oshiradi u asosan dasturda bogʻlanishli nutq yoki nutq oʻstirish boʻlimida kiritiladi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga bayon yozdirishdan oldin ishning maqsadi va vazifasi belgilab olinadi. Shu bilan birga oʻquvchilarning bilimi yosh xususiyatiga moslab matn tanlanadi.
Bayonning ahamiyati:

  1. Bolalarda adabiy nut to’g’ri shakllanadi;

  2. Nutq madaniyati egallanadi;

  3. Badiiy uslub singdiriladi;

  4. Badiiy tilga sezgirlik oshiriladi.

Bayonning mavzulari:

  1. Kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn;

  2. Tabiat bilan bog’langan matn;

  3. Fan-texnika, madaniyat, yutuqlarga oid matn.

Bayon mavzusi o’quvchilarni bilimini kengaytiradi. Dunyoqarshini shakllantiradi. Qayta hikoyalashda til materiallaridan, nutq aborotlaridan, sintaktik qurilishdan foydalana olish zarur.

Download 94.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling