Mundarija kirish I. Bob. Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi


Ssifoid meduzalar sinfining yashash joyi, tuzilishi va turmush tarzi


Download 295.55 Kb.
bet6/10
Sana27.03.2023
Hajmi295.55 Kb.
#1299923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tayyor1111

2.2. Ssifoid meduzalar sinfining yashash joyi, tuzilishi va turmush tarzi.
Sifoid meduzalar asosan erkin yakka yashovchi bo‘shliqichlilar. Ularning hayoti asosan meduza davrida o‘tadi, polip davri juda qisqa bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi bilan sifoid meduzalar gidroid meduzalarga o‘ xshash, lekin ancha yirik bo‘lishi, murakkab tuzilganligi va yelkani bo‘lmasligi bilan farq qiladi. Masalan, aureliya tanasi diametri 25-40 sm ga, qutb meduzasi esa 2m ga yetadi. Tanasining asosiy massasi quyuq mezogleydan iborat. Mezogleyning 98% ini suv tashqil etadi. Meduzalar tanasining shaffofligi dushmanlardan ximoyalanishda katta ahamiyatga ega, faqat ayrim zaharli meduzalar rangli bo‘ladi. Ba‘zi meduzalar masalan, Pelagica noctiluca qorong‘ida fosforli nur taratadi.
Ssidoid meduzalar soyaboni chetida 8, ba‘zan 16 ta ropaliyalar (qisqargan paypaslagichlardan hosil bo‘ lgan tanachalar) joylashgan. Soyabon chetidan juda ko‘p paypaslagichlari osilib turadi. Paypaslagichlari va xartumga o‘xshash og‘iz bo‘ laklari ektodermasida ko‘p miqdorda otuvchi hujayralar joylashgan. Tanasining yiriklashuvi tufayli sifoid meduzalar gastrovaskulyar sistemasining tuzilishi murakkablashgan.

2-rasm Ssifoid meduzalar
Gastrovaskulyar sistemasi. Kvadrat shakldagi og‘iz teshigi soyaboni ostki qismi o‘rtasida maxsus poyacha ustida joylashgan. Og‘iz burchaklaridan xartumga o‘xshash yo‘g‘on o‘simtalar- og’iz bo’laklari osilib turadi. Xartum oziqni tutish vazifasini bajaradi. Ildizog‘iz meduzalarning ko‘p burmali xartumi qo‘shilib o‘sgan; og‘iz o‘rnida mayda teshikchalar hosil bo‘ladi. Teshikchalar orqali meduza oshqozoniga mayda plankton organizmlar o‘tadi. Og‘iz teshigi qisqa endodermal halqum orqali oshqozonga ochiladi. Oshqozon chala to‘siqlar yordamida to‘rtta kameraga bo‘lingan. Kameralarda juda ko‘p bezli hujayralarga ega bo‘lgan gastral iplar joylashgan. Oziq bezlar ishlab chiqaradigan fermentlar ta‘sirida oshqozonda hazm bo‘la boshlaydi. Oziq zarralarini endodermadagi hazm hujayralari qamrab olib hazm qiladi.
Meduzalar oshqozonidan 8 yoki 8 karra mikdorida radial naylar boshlanadi. Aureliya meduzasi oshqozonidan 16 ta nay boshlanadi. Naylardan 8 tasi shoxlangan bo‘lib, 4 tasi oshqozon bo‘lmalari qoq o‘rtasidan, 4 tasi oshqozon to‘siqlari ustidan boshlanadi. Shoxlangan naylar orasida 8 ta shoxlanmagan naylar bor. Barcha shoxlangan va shoxlanmagan naylar soyabon chetidagi halqa nay bilan tutashadi. Naylar oshqozon, og‘iz teshigi va halqum bilan birga gastrovaskulyar sistemani hosil qiladi. Bu sistema orqali kislorod va oziq moddalar meduza tanasiga tarqaladi; almashinuvi mahsulotlari chiqarib yuboriladi. Ko‘pchilik meduzalar har xil organizmlar, jumladan yirik plankton bilan oziqlanadi. Ildizog‘iz meduzalar ozig‘i juda mayda plankton hisoblanadi. Bu jihatdan ildizog‘iz meduzalarni g‘ovaktanlilarga o‘xshash filtrlovchi organizmlar deyish mumkin.
Nerv hujayralari soyabon cheti boylab joylashgan nerv halqasini hosil qiladi. Nerv halqasi boylab har qaysi ropaliya yaqinida bittadan nerv tuguni joylashgan. Ropaliyalar qisqargan va shaklan o‘zgargan paypaslagichlardan iborat. Har bir ropaliyada bir nechta ko‘zchalar va bitta statotsist joylashgan. Ko‘zchalar har xil tuzilgan. Gidroid meduzalarnikiga o‘xshash sodda ko‘zchalar bilan birga birmuncha murakkablashgan pufakcha tipidagi ko‘zchalar ham bor. Ko‘zchalar odatda ko‘z chuqurchasini epiteliy ostiga cho‘kishi natijasida hosil bo‘ladi.
Ko'payishi va rivojlanishi. Ko‘pchilik ssifoid meduzalar ayrim jinsli. Jinsiy bezlar taqasimon shaklda, oshqozon kameralari devorida joylashgan. Yetilgan tuxumlar va spermatozoidlar gastrovaskulyar sistema orqali suvga chiqadi. Tuxum hujayralar suvda urug‘lanadi. Urug‘langan tuxum hujayra to‘liq va bir tekis bo‘linadi. Gastrulyatsiya invaginatsiya orqali sodir bo‘ladi. Gastrulyatsiyaning bu xili yuksak bo‘shliqichlilar, ya‘ni ko‘pchilik stsifoid meduzalar va olti nurli korall poliplar uchun xos. Urug‘langan tuxumdan planula lichinkasi chiqadi. Lichinka substratga yopishib, mayda polip ssifistomni hosil qiladi (40-rasm). Stsifistomda asta-sekin paypaslagichlar hosil bo‘ladi. Ssifistom kurtaklanib yangi ssifistomlar yoki ayrim turlarda kurtaklar ajralib ketmasdan koloniya hosil qilishi mumkin. Ssifistom ko‘ ndalangiga kurtaklanib strobilaga aylanadi. Strobila chetlari chuqur kesilgan bir necha diskdan iborat. Disklar birin-ketin strobiladan ajralib chiqib, yosh meduzalar- efiralarga aylanadi. Efiralardan mayda meduzalar rivojlandi. Medusozoa тaksoni. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi. Medusozoa taksoni. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi – bular ochiq dengizlarda, ko‘pchiligi janubiy dengizlarda tarqalgan, erkin yashovchi kovakichlilardir. Bularning ko‘pchiligining shakli soyaboncha yaxshaydi. Ssifomeduzalarning ikki yuzga yaqin turi bor.
Sinf vakili sifatida dengizlarda jumladan Qora dengizda ko‘p uchraydigan aureliya meduzasini olish mumkin. Qora dengizning shimoliy qismi Qrim sohillarida bahor va yoz oylarida suv betida ko‘plab suzib yuruvchi och binafsha chiroyli aureliyallarni ko‘rish mumkin. Ularning uncha katta bo‘lmagan soyabonsimon tanasi (diam 10-20-21 sm) tiniq va shilimshiqli tarelkaga o‘xshab ketadi. Soyabonining markaziy ichki (ostki) qismida 4 ta og‘iz oldi paypaslovchilari kurakchalari bo‘ladi va bular o‘rtasida 4 ta og‘zi bo‘ladi. Аureliyallar ayrim jinsli. Gametalar og‘zi orqali gastral bo‘shliqqa kiradi va tuxum ho‘jayrani urug‘lantiradi. Tuxum-zigota aureliya og‘zi orqali suvga chiqadi va undan erkin suzuchi planula lichinkasi chiqadi. Аureliyallar rivojlanishi “Yetuk meduza – tuxum - planula – ssifistoma – strobila – efira (yosh meduza) - yetuk meduza” siklini o‘taydi.



Download 295.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling