Mundarija Kirish I bob. Boshqaruv hisobini tashkil qilish


Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi


Download 231.2 Kb.
bet3/4
Sana25.04.2023
Hajmi231.2 Kb.
#1398031
1   2   3   4
Bog'liq
Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi

1.2 Xarajatlarni baholash va xarajatlar dinamikasi
Xarajatlami baholash uchun qoMlaniladigan turli usullami ko‘rib chiqishdan oldin bu bobda biz foydalanadigan ba’zi atamalarni bilib olishimiz lozim.
Regressiya tenglamasi tobe o‘zgaruvchan miqdor (bu o‘rinda siiiaiat) va erkin o‘zgaruvchan xarajatning (ya’ni faollik ko‘rsatkichi voki chiqimlar omilining), bitta yoki ko‘p soni o‘rtasidagi kutilayotgan inbclikni ko‘rsatadiki, ular oldingi kuzatuvlarga asoslanadi. Tenglama laqat bitta erkin o‘zgaruvchi xarajatni o‘z ichiga olsa oddiy regressiya dryiladi va bunday holatda regressiya tenglamasini to‘g‘ri chiziqli grafik lar/.ida ko‘rsatish murnkin. Agar tenglama va undan ko‘proq erkin o'zgaruvchi xarajatlami o‘z ichiga olsa, gap ko‘plik regressiyasi lo‘ risida boradi. Agar bitta erkin o‘zgaruvchi va tobelik to‘g‘ri chiziqli ho1 Isa, regressiya chizig‘ini to‘g‘ri chiziqli tenglama shaklida ifodalash murnkin:
у = a + bx.
Agar biz tobe o'zgaruvchi (xarajatlar) va erkin о 'zgaruvchi (fuoliyat turi), o‘rtasidagi aloqani ifodalamoqchi bo‘lsak u holda:
у — x faollik darajasida hisobot davridagi umumiy xarajatlar;
a — hisobot davridagi umumiy doimiy chiqimlar;
b — mahsulot turi birligiga o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar;
x — faoliyat turi hajmi yoki hisobot davrida chiqimlar omillari.
Agar misol uchun olganda, aniq bir davrda doimiy chiqimlar 5000 yevroga teng bo‘lsa, o‘zgaruvchi o‘rtacha chiqimlar mahsulot birligida 1 yevroni tashkil qilsa, asosiy xodimlarning mehnat soati esa chiqimlar omili bo‘lsa, u holda Umumiy xarajatlar = 5000 + 1 x asosiy xodimlar mehnat soati (x), yoki
у = a +bx, shu sababli y = 5000 + 1х.
Tobe o‘zgaruvchi yoki bir necha erkin o‘zgaruvchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regressiya tenglamasiga nisbatan maqsadli vazifa atamasi ham qo‘llaniladi. Xarajatlarni baholash umumiy xarajatlar bilan bu xarajatlarni talab qiluvchi potensial omillar o‘rtasidagi oldingi tobelikni o‘lchashdan boshlanadi. Bunday holatda maqsad bo‘lajak sarf-xarajatlarni taxmin qilish uchun yordamchi vosita sifatida oldingi xarajatlarning o‘zgarish turidan foydalanishdir.
Lekin kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaziyatning har qanday o‘zgarishi oldingi ma’lumotlarga mumkin bo‘lgan shu o‘zgarishlarni hisobga olib, tuzatish kiritishini talab qiladi. Ayni paytda o‘tgan davr ma’lumotlari asosida chiqarilgan xarajatlar vazifalari to‘satdan to‘xtab qolishi mumkin bo‘lgan soxta korrelyatsiya asosida aniqlanishi xavfi mavjud. O‘zgaruvchi birliklar iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, kuchli korrelyatsiya (o‘zaro bog‘liqlik) bo‘lishi mumkin. Shu sababli xarajatlar vazifasini faqat ilgari kuzatilgan statistik tobelik asosida aniqlamaslik kerak. Har qanday holatda ham kuzatiladigan statistik tobelikning tabiati oqilona va iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak. Agar bunday sharoit bo‘lmasa, turlicha ma’lumotlar asosida natijalarni prognozlash uchun xarajatlar vazifasidan foydalanilganda baholanayotgan qaramlik (tobelik) takrorlanishiga ishonib bo‘lmaydi.
Xarajatlarni baholash usullari:
1) muhandislik usullari;
2) buxgalteriya usullarini tekshirish;
3) grafik usul yoki tarqalish diagrammasi;
4) eng ko‘p va eng kam miqdor usuli.
Bu yondashuvlar xarajatlar vazifalarini aniqlashning aniqlik darajasi bo‘yicha va ularni amalga oshirish xarajatlari bo‘yicha farq qiladi. Bu usullar bir-birini istesno qilmaydi, xarajatlarning turli toifalari uchun turli usullar qo‘llanilishi mumkin.
Afsuski, faollikning eng yuqori darajasida xarajatlarni kuzatish hamisha ham me’yoriy operatsiya sharoitini aks ettirmaydi va shu sababli tipik vaziyatlarni emas, kam bo‘ladigan vaziyatlarni ko‘rsatishi mumkin.

Xo‘jalik yurituvchi subyektda va uning ayrim olingan bo‘limlarida ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini aks ettiradigan koTsatkichlarning umumiy tizimida tannarx ko‘rsatkichi asosiy o‘rin tutadi. Chunki tannarxning tarkibi uni tashkil qiladigan tegishli xarajatlaming yig‘indisidan iborat. Korxonalarda xarajatlami boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi. Mahsulot ishlab chiqarish uni tayyorlash jarayonida sarflangan xomashyo, materiallar, ishlab chiqarish vositalari, ishchilarga to‘langan ish haqi, shuningdek mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xizmatlar uchun toMov va xarajatlaming pul orqali ifodalanishidir. Tannarx korxona iqtisodiy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi, chunki u mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat tannarxi qancha past bo‘lsa, ya’ni buning uchun qancha k&m xarajat qilingan bo‘lsa, mahsulot yoki xizmatning qiymati va binobarin uning bahosi shuncha past bo‘ladi. Baho qancha past boisa, shu tovar yoki xizmatga boTgan talab shuncha yuqori boMishi tabiiy. Mahsulotning tannarxi uning bahosini aniqlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarflangan xomashyo, material laming bahosi yaratilgan mahsulotning tannarxiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot tannarxi ko‘rsatkichi ishlab chiqarishni rejalashtirish, uning samaradorligini tahlil qilish va xarajatlar ustidan nazoratni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mahsulot tannarxi individual va tarmoq tannarxiga bo‘linadi. Mahsulotning individual tannarxi deb korxonada xomashyo va materiallardan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishga ketgan xarajatlarga aytiladi. Tarmoq tannarxi esa muayyan mahsulotni ishlab chiqarish uchun tegishli tarmoqda sarflangan xarajatlaming o‘rtacha hajmi bilan o‘lchanuvchi ko‘rsatkichdir. Mahsulot tannarxi darajasiga juda ko‘p omillar ta’sir ko‘rsatadi.


Biroq mahsulot tannarxini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
- mehnat unumdorligini oshirish;
- fan-texnika chiqarish fondlaridan samarali foydalanish;
-xomashyo materiallar yutuqlaridan foydalanish;
- yoqilg‘i va elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish;
- ishlab chiqarishni boshqarish tizimini takomillashtirish va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish.

Xulosa


Xo‘jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat) birligining tannarxini aniqlashda quyidagi to‘rtta usulning biridan foydalaniladi:
- oddiy usul;
- buyurtmali usul;
- jarayonli usul;

Download 231.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling