Mundarija Kirish I bob. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va amal qilishi
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va
Download 108.49 Kb.
|
Bozor qitisodiyoti
2.2. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari va
xususiyatlari. “Bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar va turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tishdagi iqtisodiyotni bir yoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi”1, deb yozadi mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Bu yo‘lni amalga oshirishga, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan beshta muhim tamoyil asos qilib olingan. Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish prinsipi alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozorning infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-ahloqiy, maishiy va boshqa sohalarni ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi bosqichida quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi2: - тоталитар тизимнинг оғир оқибатларини енгиш, тангликка барҳам бериш, иқтисодиётни барқарорлаштириш; - республиканинг ўзига хос шароитларини ва хусусиятларини хисобга олган ҳолда бозор муносабатлари негизларини шакллантириш; Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va bajarildi. Birinchidan, o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash; Ikkinchidan, mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish. Uchinchidan, ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash. Birinchi bosqichda kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun zarur bo‘lgan muassasalar tizimi tuzildi. Qishloq xo‘jaligida agrar islohot jarayonida bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan yangi xo‘jalik tizimi shakllandi va iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan qismi keng rivojlandi. Xalq xo‘jaligini, tarmoqlar va hududlarni boshqarishning eng maqbul va mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy qirralari shakllantirildi, aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshladi, iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tishning birinchi bosqichida iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. SHu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi. Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to‘liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A. Karimov asarida bu bosqich uchun bir qator vazifalar ajratib ko‘rsatiladi3. Download 108.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling