Mundarija Kirish I bob Buxoro amirligini markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalari


Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan munosabatlari


Download 45.83 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi45.83 Kb.
#1618016
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro amirligi diplomatik munosabatlari

1.2. Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan munosabatlari
Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash uchun u sharqiy hududlarga yurish qilib, Qo‘qon xonligi tomonidan tortib olingan Bashog‘ir, Xo‘jand, O‘ratepa, Toshkent, Jizzax va Zominni 1840–1842-yillarda Buxoroga qaytardi. Bu paytda Qo‘qon xonligida ham ichki vaziyat keskinlashib borayotgan edi. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon (1822–1841) va ukasi Sulton Mahmudxon o‘rtasidagi kelishmovchilik ham ayni muddao bo‘ldi. Ba’zi ulamolarning da’vati va fatvosi hamda Qo‘qon xonidan norozi ayrim amaldorlarning chaqirig‘i bilan amir Nasrullo Qo‘qon ustiga yurish qilib, 1841-yil noyabrda xonlik hududini egalladi. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon o‘zini Buxoro amiri Nasrulloning noibi sifatida tan olib, o‘z ukasi Sulton Mahmudxon foydasiga taxtdan voz kechdi. Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha yirik mutaxassis olim Haydarbek Bobobekov o‘zining «Qo‘qon tarixi» asarida etnograf va sharqshunos VladimirNalivkin (1852–1918)ning Muhammad Alixon haqida quyidagi fikrlarini keltirib o‘tadi: «U o‘jar, injiq, tantiq qilib o‘stirilgan, serxarxasha, badjahl va axloqan buzilgan. Saroy amaldorlari may, sharob va ayollar bilan unga xushomadgo‘ylik qiladi».Shuningdek, Muhammad Alixonning onasi mashhur shoira Nodirabegim davlatni boshqarish ishlariga o‘rinsiz aralashib turgan. Nodirabegimning bu harakatlari saroy ichidagi ayrim amaldorlar va din arboblari – ulamolarga yoqmagan. Muhammad Alixonningishratbozlik va axloqsizligi shu darajaga yetganki, u hatto marhum otasi Umarxonning kanizagiga uylangan5.
Aslini olganda, Muhammad Alixon bu ayolni otasi tirikligida yaxshi ko‘rgan. Is’hoqxon To‘ra Ibrat (1861–1937)ning «Tarixi Farg‘ona» asarida keltirilishicha, bu ayolning ismi Podshohxon oyim bo‘lib, u Farg‘ona beklaridan Mahmudbekning qizi edi va juda chiroyli ayol bo‘lgan. Qo‘qon va Buxorodagi bir guruh din ulamolari ham Muhammad Alixonning axloqsizligi va ichkilikka mukkasidan ketganini aytib, amir Nasrulloni islom dinining Turkistondagi himoyachisi sifatida Qo‘qonga yurish qilishga da’vat etishgan. Chunki Buxoro amirlari dunyoviy hukmdor bo‘lish bilan birgalikda, ayni paytda, butun islom dunyosidagi xalifa – turk sultonlarining Turkiston mintaqasidagi o‘ziga xos noibi, ya’ni amiri ham hisoblangan. Xullas, Qo‘qonda Muhammad Alixon tomonidan shariatga zid ishlarning yana davom ettirilishi amir Nasrulloning Qo‘qon yurishiga bahona bo‘lib xizmat qilgan. Shuningdek, Qo‘qon xonligi hududini uzilkesil Buxoroga qo‘shib olish hamda Movarounnahr va Xorazmni yaxlit davlat ostiga birlashtirish niyati Nasrulloni 1842- yil bahorida Qo‘qon ustiga yangi yurish qilishga undaydi. Buning ustiga, Qo‘qonning o‘zida amir Nasrullo tarafdorlari ko‘payib, yangi Qo‘qon xoni Sulton Murodxon va sobiq xon Muhammad Alixonga nisbatan norozilik kuchaygan edi6.
1842- yil aprelda amir qo‘shini tomonidan xonlik hududi to‘la zabt etilib, poytaxt Qo‘qon shahri egallangan. Qo‘qonliklarning bir guruhi Buxoro qo‘shiniga shaharni jangsiz topshirganlar.MirzaolimMushrifning «Ansobus-salotin va tavorixulxavoqin» («Sultonlar nasabi va xoqonlar tarixi») nomli asarida yozilishicha, Qo‘qon xonlari Muhammad Alixon va ukasi Sulton Mahmudxon Qo‘qondan qochib chiqib, Andijon yaqinadigiOyimqishloqda bir kampirning uyiga tushib, kechqurun unga atala qildirib, ichib uxlaganlaridan so‘ng erta saharda uy egasi bo‘lgan kampir ularni tanib qolib, masjidga to‘plangan yurt oqsoqollariga xabar beradi. Qishloq ahli va silohiylar kelib, qochoq xonlarni qo‘lga olishadi. Ular zudlik bilan Qo‘qonda turgan amir Nasrullo huzuriga keltiriladi. Nasrullo farmoni bilan Qo‘qon xoni Sulton Mahmudxon, uning birodari Muhammad Alixon, Muhammad Alixonning 14 yoshli o‘g‘li Muhammad Aminbek qatl qilinadi. Biroq Nasrullo bu bilan cheklanmasdan, uni haqorat qilgan xonzodalarning onasi – mashhur shoira Nodirabegim, Muhammad Alixonning zavjasi, oyimi va joriyasi – to‘rt ayolni hamda boshqa bekzodalarni ham o‘ldirtiradi7.
Professor Qahramon Rajabovningfikricha, odatda biror hukmdor qo‘shni davlat hududini bosib olsa, eng avvalo, o‘sha davlat podshosi va uning oila a’zolarini qatl etgan. Nasrullo ham bu o‘rinda hokimiyatning o‘sha qoidasiga amal qilgan. Biroq uning Qo‘qondagi qatllarini oqlab bo‘lmaydi. Uning Muhammad Alixon va onasi, buyuk shoira Nodirabegimni qatl ettirishi tariximizning mash’um hodisalaridan biridir. Xonlik hududi egallangach, amir Nasrullo bu yerga Samarqand hokimi lavozimida ishlayotgan Ibrohim parvonachi mang‘itni noib qilib qoldirgan. Lekin bu tadbir salbiy oqibatlarga olib kelgan. Noib mahalliy aholiga zulm o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirgan. Natijada tez orada Qo‘qon qo‘ldan ketadi. 1842-yilning yozida, oradan atigi 3 oy o‘tgach, qo‘qonliklar qo‘zg‘olon ko‘tarib, qipchoqlar yordamida shaharda turgan buxoroliklar qo‘shinini tor-mor qilishadi va Sheralixonni Qo‘qon xonligi taxtiga o’tqizishadi.


Download 45.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling