Mundarija Kirish I bob Buxoro amirligini markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalari
Download 45.83 Kb.
|
Buxoro amirligi diplomatik munosabatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob Buxoro amirligining chet el davlatlari bilan diplomatik munosabatlari………………………………………………………………14-24 2.1. Buxoro amirligini Rossiya bilan elchilik munosabatlari………..….…14-17
- IV.Foydalanilgan manba va adabiyotlar……………………………………..27 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi .
Mundarija Kirish……………………………………………………………………………2-3 I bob Buxoro amirligini markaziy Osiyo xonliklari bilan aloqalari………4-13 1.1. Buxoro Amirligini Xiva xonligi bilan munosabatlari……….................4-10 1.2. Buxoro amirligining Qo‘qon xonligi bilan munosabatlari………….11-13 II bob Buxoro amirligining chet el davlatlari bilan diplomatik munosabatlari………………………………………………………………14-24 2.1. Buxoro amirligini Rossiya bilan elchilik munosabatlari………..….…14-17 2.2. Buxoro amirligining Usmonli Turklar va Eron, bilan munosabatlari………………………………………………………………...18-24 III.Xulosa………………………………………………………………….…25-26 IV.Foydalanilgan manba va adabiyotlar……………………………………..27 KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi . Dunyo miqyosida yuz berayotgan integratsiya jarayonlari mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bugungi davr siyosiy va madaniy aloqalar rivojida ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar (BMT, YUNESKO) tomonidan ilgari surilayotgan strategik dasturlar doirasida tashkil etilayotgan amaldagi tadbirlar hamda gumanitar hamkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi turli xalqlar hayotida alohida o‘rin egallamoqda. Mazkur holat ilmiy doira vakillari va jamoatchilik tomonidan davlatchilik tarixi an’analariga keng e’tibor qaratish lozimligini taqozo etmoqda. Zotan, barqaror rivojlanish vazifasi jahon miqyosida millatlararo totuvlik, davlatlararo ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlik masalalari o‘z dolzarbligi bilan ajralib turibdi. Jahonda Buxoro amirligining tashqi siyosati tarixi masalalari, Rossiya imperiyasi bilan olib borilgan diplomatik va iqtisodiy aloqalari, Eron bilan munosabatlardagi muammolar, mahalliy xonliklar o‘rtasida o‘zaro manfaatlar to‘qnashuvi va ularning mintaqadagi vaziyatga ta’siri, bozorlar uchun kurash va uning oqibatlari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga Usmoniylar davlati bilan siyosiy-iqtisodiy va madaniy aloqalari, diplomatik munosabatlari tarixi, mintaqada yirik imperiyalarning Buxoro amirligini o‘z ta’sir doirasiga kiritish borasidagi o‘zaro raqobati, Afg‘oniston bilan hududlar uchun tortishuvlar, shuningdek, o‘zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrda O‘zbekistonda ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ayniqsa, tarix fani sohalarida fundamental izlanishlarni tashkil etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Mazkur jarayonda o‘zbek davlatchiligi tarixi, tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalar hamda tarixiy-madaniy merosni o‘rganish maqsadida amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar dolzarb ahamiyat kasb etib, Vatan tarixini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, “xalqlarimizning ulkan tarixiy, ilmiy va ma’naviy-madaniy merosidan, iqtisodiyotlarimizning bir-birini to‘ldirib turishidan, intellektual salohiyat borligidan kelib chiqib, birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish fursati keldi, deb o‘ylayman va bu, shubhasiz, katta manfaat keltiradi”1. Mazkur holat, o‘zbek davlatchiligida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan Buxoro amirligi tarixini chuqur tadqiq etish, tashqi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bunday yondashuv nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo mintaqasi tarixini yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-maydagi PF-5046-sonli “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” va 2018-yil 5-apreldagi PF-5400-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonlari hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Download 45.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling