Mundarija kirish I. Bob buxoro tarixi
Download 45.22 Kb.
|
MUNDARIJA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3 Xoʻja Zafaron qadamjosi
- 2.4 Sayfiddin Boharziy qadamjosi
2.2 Xo’ja Ubbon qadamjosi
XOJA UBBON — Buxoro sh. dan 50 km shim. gʻarbda, Dashti Urganjiy qumligida joylashgan shifobaxsh suvli quduq va qadamjo (sagʻanali daxma). Aslida u «Xoja Obbon» shaklida yuritilib, «suv qoʻriqchisi, suv homiysi» maʼnosini anglatgan. Rivoyat qilinishicha, Xoja Ubbon Amudaryo qayiqchi va kemachilarining shfi va suv muakkili: qoqshoq qoʻriq yerlar va dashtlarga bulutlarni haydab yomgʻir yogʻdiradigan avliyo hisoblangan. Shu boisdan Buxoro viloyatining suvsiz dashtliklaridagi ayrim qishloq va qadamjolar Ubbon, Sulton Xubbi, Hazrat Xubbin va Oqshix bobo kabi nomlar bilan ataladi. Xoja Ubbon qudugʻining suvi mineral tuzlarga boy, taʼmi shoʻr va achchiq boʻlib, oʻtmishda teri kasalliklariga yoʻliqqan kishilarning davolanish maskani va ziyoratgohi boʻlgan. Xoja Ubbon ziyoratgohi ilgari bir necha inshootlar majmuidan iborat boʻlgan. Quduq usti pishiq gʻishtdan chortoq uslubida gumbazli bino, uning yonginasida xonaqoh va panja shaklida mis tugʻlar ishlangan, bir nechta sagʻanalarning bosh qismida arxar shoxlar oʻrnatilgan. 1964-y. da Xoja Ubbon qudugʻi ustidan 14-a. meʼmoriy hamda nodir gidrotexnika obidasi buzib tashlangan. Biroq, koʻp vaqt oʻtmay u joyda yangi quduq kavlanib, yangi imoratlar qad koʻtardi, sagʻanalar taʼmirlandi, davolanuvchi ziyoratchilarning soni esa ortib bordi. 2.3 Xoʻja Zafaron qadamjosi Xoʻja Zafaron tepa 1 — Oʻzbekistondagi madaniy meros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: Oʻrta asrlar . Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan. Obyekt manzili: „Qoqishtuvon“ MFY, Qoqishtuvon qishlogʻi . Koʻchmas mulkka boʻlgan huquq: Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan 2.4 Sayfiddin Boharziy qadamjosi SAYFIDDIN BOHARZIY (1190.8.9. Xurosonning Boharz qishlogʻi — 1261.20.10, Buxoro) — kubroviylik tariqatining yirik namoyandasi, mutasavvif va shayx. Hirot va Nishopur madrasalarida tahsil olgan. Makka va Madinaga safar qilgan. Keyinchalik Xorazm va Buxoroda muqim yashagan. Koʻhna Urganchda Najmiddin Kubrossh tasavvuf taʼlimotini oʻrgangan va uning xalifasi sifatida keyinchalik kubroviylik tariqatini rivojlantirgan. Sayfiddin Boharziydan kubroviylikning hind shoxobchasi — firdavsiya boshlanadi. Jomiyiint yozishicha, Sayfiddin Boharziy Kubro tomonidan Buxoroga yuborilgan va u bu yerda 40 y. dan ortiq yashagan. U moʻgʻullar bosqiniga qattiq qarshilik koʻrsatgan. Sayfiddin Boharziyning xalq oʻrtasidagi kuchli nufuzidan choʻchigan moʻgʻul hukmdorlari u b-n hisoblashishga majbur boʻlishgan. «Tarixi Banokatiy» (15-a.) asarida keltirilishicha, moʻgʻul xoqonlari Munkexon (1251—60), Hulaguxon (1256-65), Xubilayxon (1260-94)larning onasi — Suyurkoʻktani beka (Tuluyning bevasi) Buxoroda Xoniya madrasasi va xonaqoh qurdirib, unga juda koʻp qishloqlarni vaqf qilgan hamda shayx SB. ni mudarris va mutavalli qilib tayinlagan. Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy hayotda shayxning oʻrni katta boʻlgan. Oltin Oʻrda xoni Berkaxon ham unga eʼtiqod qilib Buxoroga kelgan va pirga murid tushib, islom dinini qabul qilgan (13-a. ning 50y. lari). Berkaxon musulmon boʻlgach, oʻziga Barakaxon nomini olgan va Shim. Kavkazdan to Sibirgacha choʻzilgan ulkan davlati hududida islom dinini joriy qilib, masjid va madrasalar qurdirgan. Bu voqeadan soʻng Sayfiddin Boharziyga Shayx ulolam (Olam shayxi) unvoni, Buxoro sh. ga esa, Buxoroi sharif maqomi berilgan. Sayfiddin Boharziy arab va fors tillarida «Sharh alasmo alhusno» («Allohniug goʻzal ismlari sharhi»), «Risola dar ishq» («Ishq haqida risola»), «Voqeai xilvat» («Xilvatdagi voqea»), «Ruboiyot», «Roʻznoma», «Vasiyatnoma» va b. asarlar hamda toʻrtliklar yozgan. S. B. Fathobod mavzeida (Qarshi darvozasi roʻparasida) dafn etilgan. Qabri ustiga maqbara qurilgan (q. Sayfiddin Boharziy maqbarasi). Xulosa Islom madaniyati va san'atining ajralmas qismlari – xattotlik, miniatyura, kulollik, zargarlik, me'morlik, gilamdo'zlik, misgarlik, yog'och o'ymakorligi sohalarida ham buxorolik ustalar va hunarmandlar hamisha peshqadam bo'lganlar. Buxoro ahli qadim zamonlardan bag'rikenglik namunasi bo'lgan. Qadimda mutaassiblar tomonidan quvg'in ostiga olingan nasorolar va yahudiylar aynan Buxoro zaminida panoh topganlar. Buyuk Ipak yo'lida joylashgan ushbu shaharda ko'plab millat vakillari istiqomat qilganlar va doimo ahil bo'lganlar. XV asrda Buxoro sarroflari 20 dan ortiq davlatning pullarini almashib berish bilan shug'ullanganlar. Mustaqillik yillarida shahar yanada chiroy ochdi. Mir Arab madrasasi yana oliy diniy ta'lim maskaniga aylantirildi. Ushbu madrasada o'z davrining olimu fuzalolari ta'lim olganlar. Navoiydan 23 kilometr uzoqlikda bir paytlar karvonlar o‘tgan joyda bir paytlar ko‘rkam bo‘lgan XI asrga oid saroy qoldiqlari – Raboti Malik (“podshoh qal‘asi” degan ma‘noni anglatadi) karvon saroyi joylashgan. Mahalliy aholi omon qolgan peshtoqlarga “Buxoro darvozalari” deb nom bergan.Rabat-i Malik CaravanseraiRaboti Malik XI-XII asrlarda Movarounnahr yerlariga egalik qilgan Qoraxoniylar sulolasidan bo‘lgan turkiy hukmdorlarning cho‘ldagi mustahkam qarorgohi bo‘lgan. XIII asrdan boshlab, O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosidan keyin, XVIII asr boshlariga qadar Raboti Malik savdo karvonlari uchun karvon saroy vazifasini o‘tagan.Qarorgohda yashash xonasi, oshxona, hammom, masjid va otxonalar mavjud edi. Darvozadan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda hozirgi kungacha saqlanib qolgan suv ta‘minoti manbai – Sardoba joylashgan edi. Bu yerdan Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishlaridan biri o‘tgan.Rabat-i Malik CaravanseraiBugungi kunda saqlanib qolgan karvonsaroy xarobalari va kirish peshtoqinigina ko‘rish mumkin. Karvonsaroy birinchi marta XIX asrning o‘rtalarida tilga olina boshlandi. Uning ko‘rinishi sayohatchilarning rasmlariga asosan, shuningdek, o‘tgan asr arxeologik qazishmalari natijalariga ko‘ra 27 yoshli tabiatshunos A. Lemanning yodgorlik eskiziga asosan qayta tiklangan.Karvonsaroyning kirish joyi sakkiz qirrali va sebarg naqsh ko‘rinishidagi g‘isht bilan qoplangan. Old qismi arkasining perimetri epigrafika kamari bilan bezatilgan. Buxorodagi etti pir — Abduxoliq G'ijduvoniy, Muhammad Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboyi Samosiy, Sayyid Amir Kulol va Bahouddin Naqshband me'moriy majmualari nafaqat yurtdoshlarimiz, balki butun dunyo musulmonlari uchun tabarruk maskanlar hisoblanadi. Ta'kidlash kerakki, Buxoro ahli ota-bobolarining madaniyati va san'atini saqlash, an'analarini boyitishda ham peshqadamlik qilmoqda. Ming yil avval Toqi zargaron yoki Toqi telpakfurushonda qanday savdo qilingan bo'lsa, bugun ham sayyohlar va mehmonlar o'zlariga yoqqan narsalarni timlar tagida joylashgan bozordan xarid qiladilar. Zargarlar, zardo'zi ustalari, gilamdo'zlar, kulollar ham ming yil ilgari ishlab chiqarilgan nafis ashyolarni hamon didingizga mos qilib ishlab chiqarmoqdalar. Buxoro 2020 yilni Islom olami madaniyati poytaxti maqomida kutib oldi. Biz Buxoroning yangi maqomi bilan faxrlanish barobarida bu erga keladigan mehmonlarni ochiq yuz hamda ilm-fan, tafakkur va bunyodkorlikka yo'g'rilgan ulkan salohiyat bilan qarshi olishga tayyormiz! Download 45.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling