Mundarija: Kirish I bob. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risidagi nizomning nazariy asosi


Download 307.08 Kb.
bet1/11
Sana10.11.2023
Hajmi307.08 Kb.
#1764557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalarining tarkibiy tuzilishi


Mundarija:


Kirish……………………………………………………………………………....3
I Bob. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risidagi nizomning nazariy asosi………………………………………………………………………………..6
1.1 “Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ning maqsad va vazifalari…6
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish usullari va boshqaruvchining ilmiy saviyasi…………………………………………....7
1.3. Davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risidagi nizomning ahamiyatini amaliy o’rganish……………………………………………………..10
II BOB Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil qilish va ish hujjatlari.12
2.1 Maktabgacha ta`lim muassasasi bo’limlari……………………………12
2.2. Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari…………………………………………………………………...25
Xulosa…………………………………………………………………………....30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………..31

Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekistonning milliy mustaqillikka erishishi va hozirgi kunda ma’naviy o’zgarishlar jamiyatimiz ijtimoiy hayotida tub burilishlarni boshlab berdi va ular o’zbek xalqining bundan keyingi taqdirini belgilab berishda muhim rol o’ynaydi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi.
Shuningdek, Prezidentimizning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi,baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” mazmundagi fikrlaridan yoshlarga oid davlat siyosatining naqadar ustuvor ekanligini ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo’lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi”, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa bumasalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.” degan fikrlari tadqiqot ishimizning dolzarbligini o’zida ifodalaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir.
Maktabgacha ta`lim uzluksiz ta`limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini ta`minlab, o’qishga bo'lgan ishtiyoqini uyg’otib, tizimli o’qitishga tayyorlab boradi. 6-7 yoshgacha bo’lgan maktabgacha ta`lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta`lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o’qishga tayyorlash, bolani sog’lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo’lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o’qishga, tizimli ta`limga bo’lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilish maktabgacha ta`lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta`lim muassasasi biriktirilgan sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta`lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta`lim muassasasida yong’in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo’lgan talablar “Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalarning hayoti va sog’lig’ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to’g’risida Nizom” bilan tartibga solinadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi – O’zbekiston Respublikasidagi ta`lim muassasalarining turi bo’lib, turli yo’nalishdagi maktabgacha bo’lgan davrdagi umumta`lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta`lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarni tarbiyalashni, o’qitishni, nazorat qilishni, parvarishlashni va sog’lomlashtirishni ta`minlaydi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ni tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta`lim muassasasining mol-mulki va pul mablag’lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta`lim jarayoni qatnashchilari to’g’risidagi kerakli ma`lumotlarni “O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risida Nizom” dan olishinigiz mumkin.

Download 307.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling