Mundarija: Kirish I bob. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risidagi nizomning nazariy asosi
Download 307.08 Kb.
|
davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalarining tarkibiy tuzilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obyekti
- Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining tarkibiy tuzilishini aniqlash.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy, o’quv va badiiy manbalarni o’rganish Pedagogik tajriba uchun vositalar tanlash Tajribani tashkil etish va olib boorish Olingan natijalar tahlilini amalga oshirish va tegishli tavsiyalar berish Kurs ishini talab darajasida jihozlash va rasmiylashtirish. Kurs ishining obyekti: Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining tarkibiy tuzilishi Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish ish shaklini nazariy va amaliy jihatdan o’rganish. Kurs ishining metodlari: kuzatish, suhbat, adabiyotlar tahlili. Kurs ishining metodologik asosi: “Ta’lim to’g’risida’’ Qonun , SH.M.Mirziyoyevning ma’ruzalari ,maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga , nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish , haqidagi fikrlari, maktabgacha ta’lim sohasi oid prezident qarorlari va farmonlari ,vazirlikning sohaga oid chiqargan huquqiy me’yoriy hujjatlari. Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati, tuzilishi, ish jarayonlari, Maktabgacha ta’limi bo’limlari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini nazorat qilish, kadrlar faoliyati nazariy va amaliy jihatdan o’rganib chiqildi. Ushbu kurs ishidan maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari o’zlarining mustaqil va kurs ishlarini tayyorlashda ilmiy va amaliy manba sifatida foydalanishlari mumkin. Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi kirish, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar, ilovalar va 35 betdan iborat. I Bob. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti to'g'risidagi nizomning nazariy asosi 1.1 “Maktabgacha ta’lim tо‘g‘risidagi Nizom”ning maqsad va vazifalari Boshqarish faqat ishlab chiqarishgagina xos boigan jarayon emas. Balki ijtimoiy sohalar, shuningdek, ta'lim tizimida ham boshqarishning to'g'ri tashkil etilishi juda muhim. Hozirgi paytda yagona pedagogik jarayonni boshqarishga ilmiy yondashish harakati kuchaydi. Bu esa intellektual salohiyati yuqori kadrlarni shakllantirish uchun o'ta muhim hisoblanadi. Avvalo, boshqarishning ijtimoiy mohiyatini anglab olaylik. Boshqarish ma'lum bir obyektga tashkiliy, rejali, tizimli ta'sirko'rsatish demakdir. Ta'lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish deb esa pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag'batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilishga aytiladi. Bugungi kunda pedagogika faniga ta'lim muassasalarini boshqarish bo'yicha yangidan-yangi tushunchalar kirib kelyapti, ularning mohiyati avvalgilardan ham teranroqdir. Masalan, «ta'sir etish» tushunchasining o'rniga «o'zaro harakat», «hamkorlik», «refleksiv boshqarish» kabi tushunchalar qo'llanilmoqda. Ta'lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta'lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o'zaro hurmat bilan tavsiflanadi. Xo'sh, «menejment» va «menejer» atamalarining asl mohiyati nimani anglatadi? Biz ushbu tushunchalarning mohiyati, ta'lim muassasasida davlat-jamoat boshqaruvining pedagogik-psixoiogik asoslarini tushunishimizda ushbu yo'nalishda tadqiqot olib borgan pedagog R.Ahliddinovning qarashlari alohida diqqatga sazovor. «Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o'z mulklari va xodimlarni o'zlari boshqarganlaridan ko'ra tanlangan yo'nalish bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so'ng paydo bo'ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Menejment deganda. odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta'sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir. Bundan tashqari, olimlar ta'lim menejmentining bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta'kidlab o'tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi: 1) ta'lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so'zi bilan aniqlanadigan ma'naviy o'lchovga ega; 2) ta'lim menejmenti - bu fan va san'at (chunki bunda insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar katta rol o'ynaydi); 3) menejment mazmunida o'z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o'zaro dialektik birligi; 4) ta'limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, endilikda ta'lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat - jamoatchilik boshqaruviga o'tiladi. Download 307.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling