Mundarija: Kirish I bob delphi dasturi strukturasi
Delphi dasturlash tilining imkoniyatlari
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Delphi dasturlari strukturasi. Loyiha va modul.
1.2. Delphi dasturlash tilining imkoniyatlari
Axborot - kommunikatsion texnologiyalarning inson kundalik hayotida keng qo‘llanilishi (xususan kompyuterdan turli maqsadlarda foydalanish) dasturlash jarayoniga bo‗lgan qiziqishlarni ortib borishiga sabab bo‗lmoqda. Albatta, ko‘p hollarda texnologiyalar asosida biror dasturlash tilida yaratilgan dastur yotadi. Dasturlash jarayoni esa murakkab bo‗lib, yaratuvchidan ko‗p mehnat, bilim va sabr toqat talab etadi. Keyingi yillarda dasturchining mehnatini osonlashtirish maqsadida qator instrumental vositalar yaratildi. MS Windows operatsion tizimi muhitida ishlay oladigan o‗zining «shaxsiy» dasturi va ilovalarini yaratish maqsadidagi shaxslar uchun Microsoft, Borland kabi korporatsiyalar tomonidan qator tezda dastur tuzish tizimlari (RAD-tizimlar, Rapid Application Development) yaratildi. BulargaVisual Basic, Visual C++, C++Builder, Jbuilder, Power Builder, Delphi kabilarni misol keltirish mumkin. Delphi esa yuqori darajadagi dasturlash tili sifatida o‗zining ikki xossasi bilan tez dastur tuzish imkoniyatini beradi: formani vizual jihozlanishi va vizual komponentlar kutubxonasidan foydalanish Delphi dasturlash tili boshqa dasturlash tillariga ko‗ra o‗zining kuchliligi va gibkiyligi bilan afzaldir. Bu tilning asosida 11 Tsyurix universitetining professori Niklaus Virt tomonidan yaratilgan Paskal tili yotadi. Uning shogirdlari Filipp Kann - Borland firmasininrg asoschisi va Anders Xeylsberg - firma bosh dasturchisi Paskal tilini kuchli dasturlash tiliga aylantirishdi. Bu tilning eng ko‗p tarqalgan va kuchli paketlaridan biri Borland Delphi 7 Studio Windows 98 dan Windows XP gacha bo‗lgan OT larda ishlay oladi. Kompyuter resurslariga bo‗lgan talablari quyidagicha: protsessori Pentium yoki Celeron (takt tezligi 166 MGts dan yuqori), operativ xotirasi 128 MBaytdan ko‗p, qattiq diskda zaruriy miqdorda bo‗sh joy (masalan, Enterprise versiyasi to‗liq o‗rnatilishi uchun 475 Mbayt ) bo‗lishi lozim. o‗zgartirmaydilar. Ular quyidagilar: Loyihaning bosh fayli, dastlab PROJECT1.DPR deb nomlanadi. Dasturning dastlabki moduli /unit/, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl UNIT1.PAS deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan, MENINGFAYLIM.PAS. Bosh forma fayli jimlik qoidasiga binoan UNIT1.DFM deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko‗rinishi haqidagi ma‘lumotlarni saqlaydi. • PROJECT1.RES fayli avtomatik holda yaratiladi va loyiha uchun belgini saqlaydi. • PROJECT1.OPT fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda qo‗llagan o‗rnatmalaringizni saqlaydi. • PROJECT1.DSK fayli ishchi sohaning holati haqidagi ma‘lumotlarni saqlaydi. Albatta loyiha nomi o‗zgartirilganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o‗zgaradi. Dastur kompilyatsiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo‗ladi: .DCU – tayyor modullar..EXE – ishchi fayl. 12 .DSM – dasturning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o‗chirish tavsiya qilinadi. .~PA, .~DP – muharrirning vaqtinchalik fayllari. 2-rasm Boshqaruvchi tugmalar yordamida loyihaga yangi fayllar qo‗shish yoki olib tashlash mumkin. Bu o‗zgarishlar dastlabki faylga o‗zgartirishlar kiritadi, ya‘ni loyihaga yangi modul qo‗shilsa unga yo‗llanma .DPR kengaytmali faylda avtomatik holda yoziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling