Mundarija: Kirish I bob delphi dasturi strukturasi
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Delphi dasturlari strukturasi. Loyiha va modul.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining predmeti
- I BOB DELPHI DASTURI STRUKTURASI 1.1. Delphi dasturlash tili haqida
Kurs ishining maqsadi: Talabalarga Delphi dasturlash tili haqida umumiy
ma'lumotlar va ularning o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish, ular yordamida dasturi tuzishni va uni o‗qiy olishni o‗rgatish orqali talabalarni dasturlashni o'qitish fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish. Kurs ishining vazifasi: -bo‗lajak dasturchilarga delphi dasturlash tili bo‘yicha tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‗rganish va tahlil qilish; -talabalarga turli dasturlarni tasvirlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish; - talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirish. Kurs ishining ob‟yekti: Oliy ta‘lim tizimida ―Informatika o‘qitish metodikasi‖ bakalavriyat ta‘lim yo‗nalishi talabalariga dasturiy, amaliy ta‘lim berish jarayoni. Kurs ishining predmeti: Bo‗lajak dasturchilarni tayyorlash bo‗yicha tahsil olayotgan talabalarning delphi muhandisligi ilmini egallash jarayonidagi ta‘lim mazmuni va texnologiyasi. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan iborat bo‗lib jami 30 sahifani tashkil etadi 4 I BOB DELPHI DASTURI STRUKTURASI 1.1. Delphi dasturlash tili haqida DELPHI dasturiy vostasi bu Windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari Chak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan.Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqadasturlash tillaridan o‘zining ba‘zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Borland Delphining paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphining dunyoga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi: Windows uchun dastulash va komponentalar texnologiyasi. Masalalarni echish uchun ob‘ektga yo‘naltirilgan usul. Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari. Interpritatsiyadan emas, kompilyasiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi. Universal usullar yordamida ma‘lumotlar bazasi bilanishlash imkoniyatlarining mavjudligi.Lokal va shu bilan bir qatorda server ma‘lumotlari f aylidan mijoz server arxitekturasiga yoki ko‘p bosqichli Ntier sxemasiga o‘tishni ta‘minlash. Borland Delphi yuqorida bayon etilgan tendensiyalarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3..., Delphi 7 va h.k.). Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikkitilning qanday o‘xshashlik va farqli tomon lari bor? Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. Ya‘ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan 5 ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi xisoblanadi. Agar biz Delphida biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o‘zi avtomatiktarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruv chi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphida, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa .pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin. Tuzilgan dasturni EXM xotirasida saqlash uchun asosiy menyuning File bandidan foydalaniladi. Dasturni kompilyasiya qilish uchun asosiy menyuning RUN bandidan foydalaniladi. Agar dasturda xatoliklar bo‘lsa, kompilyasiy a qilish jarayonida bu xatoliklar ko‘rsatib boriladi. Agar xatolik bo‘lmasa, dastur ishga tushadi. Delphi dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi: Oynaning um uniy ko‘rinishi quyidagicha: Delphi 7 ishchi muhitida 4 ta asosiy oyna mavjud: Asosiy oynada komponentalar palitrasi joylashgan. Rasmda bu palitra qizil to‘g‘riturtburchak shaklida belgilanga Delphi bosh oynasi (1rasm) Forma oynasi Obyekt inspektori oynasi Kodlarni tahrir qilish oynasi oynasi Delphi bosh oynasida Delphi buyruqlar satri, buyruq tugmachalari va kоmpоnentlar palitrasi jоylashgan bo‘ladi. Obyekt inspe ktori oynasi yordamida оb‘yektlar hususiyatlarini o‘zgartirishmumkin: fоrmala tugmalar, kiritish maydоnlari va hоkazоlarni. (2rasm). Formalar oynasi– Dasturning visual oynasiое Kodlarni tahrir qilish oynasi – biz joylashtiradigan tugmalar oynasi . Sarlavha satri Proekt nomi Menyu satrining ko‘rinishi Buyruq menyusi: Delphining menyu satridan quyidagilar jоy оlgan: File,Edit, Search, View, Project, Run, Component, Database, Tools, Windows, Help. Bularning barchasida оst menyular mavjuddir. Delphi dasturlash vositaci Turbo Pascal tilining rivoji bo‘lgan Object Pascal tilini ishlatadi. Hozirgi kunda bu tilga juda ko‘plab yangiliklar kiritilgan uning 6 imkoniyatlari yanada kengaytirilgan, shu sabab bu tilni Delphi tili deb ham atash mumkin. ob‘ektga yo‘naltirilgan komponentalar modellari; dastur ilovalarini vizual tuzish; ma‘lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita. Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bu tillar ichida Paskal tili universal tillardan biri bo‘lib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroq tildir. So‘ngi yillarda Paskal tili juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Paskal tilida programa tuzish uchun Turbo Paskal va Delfi dasturlash vositalari mavjud. Bu dasturlash vositalari zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun hamma qulayliklar yaratilgan. Delphi - Windows muhitida ishlaydigan dastur tuzish uchun qulay bo‘lgan vosita bo‘lib, kompyuterda dastur yaratish ishlarini avtomatlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va dastur tuzuvchi mehnatini engillashtiradi. Delhida dastur zamonaviy vizual loyihalash texnologiyasi asosida ob‘ektga yo‘naltirilgan dasturlash nazariyasini hisobga olgan holda tuziladi. Delphi sistemasi Turbo Pascal 7.0. tilining rivoji bo‘lgan ob‘ektga yo‘naltirilgan Object Pascal dasturlash tilini ishlatadi. Ma‘lumki dastur tuzish sermashaqqat jarayon, lekin Delphi tizimi bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi va masala turiga qarab dastur tuzuvchi ishining 50- 80%ni tizimga yuklaydi. Delphi tizimi dasturni loyihalash va yaratish vaqtini kamaytiradi, hamda Windows muhitida ishlovchi dastur ilovalarini tuzish jarayonini osonlashtiradi. Delphi o‘zida bir qancha zamonaviy ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma‘lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi. Delphi tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. U 26 bosh lotin harflarini, 0 dan 9 gacha bo‘lgan arab raqamlarini va quyidagi belgilarni ishlatadi: bo‘shliq belgisi; 4 ta arifmetik amallar + , - , * , / ; mantiqiy amallarni bajarish uchun <, >, <=, >= , <>, = belgilarini ishlatadi. Bulardan tashqari vergul, nuqta, ikki nuqta, kichik qavs, katta va o‘rta qavslar. Dasturda 7 izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular katta qavs ichida yoziladi. Masalan. Program ad; { Bu dastur nomi } Delphi — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bo'lgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob‘yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Dasturlashning rivojlanish bosqichlari. Ilovalar (amaliy dasturlar) yaratish vositalarining rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: Dastlab yaratilgan kompyuterlarda dastur bevosita mikroprotsessorning buyruqlari (mashina kodi) ketma-ketligi ko‗rinishida yozilgan. Bu esa dasturlash uchun juda katta kuch va vaqt talab qilgan, dasturdagi xatolarni topish mushkul bo‗lgan. Bu ishni bir oz bo‗lsada osonlashtirish uchun mikroprotsessor buyruqlari uchun qisqa nomlar kiritilgan va maxsus dastur bunday nomlarni mashina kodi (mikroprotsessor buyruqlari)ga o‗girib bergan. Hosil bo‗lgan dastur kodi bevosita kompyuterda bajarilgan. Bunday dasturlash Assembler tilida dasturlash deb atalgan. Kompyuterlar ommaviy ishlab chiqarila boshlangach (uchinchi avlod kompyuterlari), ularda operatsion tizim vujudga keldi. Bunday kompyuterlarda dasturlash uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari yaratildi. Dasturlash endi kompyuterning mashina kodiga bevosita bog‗liq bo‗lmay qoldi. Dasturlash tili odamlar orasidagi muloqot tiliga ko‗proq o‗xshab bora boshladi. Masalan, bu tillarda agar x>0 bo‗lsa, u holda y=ln(x) kabi jumlalardan foydalanish mumkin bo‗lgan. Navbatdagi bosqichda kompyuterda yechiladigan masala bir necha kichikroq va osonroq masalalarga ajratilgan. Zarurat bo‗lganda, ular ham o‗z navbatida yanada kichikroq masalalarga bo‗lib chiqilgan. Bu esa bitta masala bo‗yicha bir nechta, ba‘zan o‗nlab dasturchilar birgalikda shug‗ullanishlariga imkon berdi. 8 Yaratilayotgan dasturiy vositalarning, ya‘ni ilovalarning sifati yanada oshdi, dasturlar yanada murakkablashdi, dasturlar ko‗proq imkoniyatlarga ega bo‗ldi. Bunday dasturlash tuzilmaviy dasturlash deb atalgan. Biz bilgan dasturlash tili Turbo Pascal shunday tillar jumlasiga kiradi. Masalani kichikroq masalalarga ajratish hamda dasturlash protseduralar va funksiyalar yordamida amalga oshirilgan. Dasturlashning navbatdagi bosqichi obyektlarga yondashgan dasturlash deb ataladi. Bu birinchi navbatda shaxsiy kompyuterlarning keng tarqalishi va ularda ishlashni yanada oson va qulay qilish maqsadida yaratilgan grafik operatsion tizimlar (ularga hozirgi paytda keng tarqalgan Windows ham kiradi) bilan bog‗liq. Biz bilamizki, axborotni qayta ishlash usulini ma‘lum bo‗lgan ma‘lumot deb atash mumkin. Har qanday axborotni obyekt deb qarashimiz mumkin. Turbo Pascalda ma‘lumotlar o‗zgaruvchi va o‗zgarmaslarga bo‗linadi. Ularni qayta ishlash usullari (qayta ishlash algoritmlari) alohida protseduralar va funksiyalar ko‗rinishida bo‗ladi. Obyektlarga mo‗ljallangan dasturlashda avvallari birlashtirish mumkin bo‗lmagan bu ikki unsurni birlashtirish imkoni paydo bo‗ldi. Ular orasidagi farq yo‗qola boshladi. Natijada axborot bilan ishlash yanada qulay va yanada osonroq bo‗lib qoldi. Bu esa bitta dastur ustida o‗nlab, yuzlab va hatto minglab dasturchilar birgalikda ishlashlariga imkon berdi. Yaratilgan amaliy dasturiy vositalarning imkoniyatlari keskin oshib ketdi. Yaratilayotgan dasturiy vositaning o‗zini ham axborot deb qarash mumkin. Demak, dastur kodini yaratishda ham obyektlardan foydalanish mumkin. Masalan, har bir dasturning o‗z oynasi bo‗ladi. Dastur oynasining bo‗yi va eni kabi xossalari (oyna obyekti xossalari) bor, oynani yaratish, yopish, joyini va o‗lchovlarini o‗zgartirish kabi qayta ishlash usullari (oyna obyekti usullari) yordamida dastur oynasi bilan ishlashni osonlashtirish mumkin. Agar oyna degan obyekt yaratilgan 9 bo‗lsa, dastur oynasi bilan ishlash bu obyektning xossalarini kerakli tarzda o‗rnatish va obyekt usullaridan kerakli joyda foydalanish ko‗rinishida juda oson kechadi. Natijada dasturlash yanada osonlashdi, yaratilayotgan dasturlarning sifati yanada oshdi. Endi ilova yaratish uchun boshqalar tomonidan yaratilgan tayyor obyektlarni dasturga kiritish va ularning xossalarini kerak bo‗lgandek qilib o‗rnatish yetarli bo‗lib qoldi. Bunday dasturlash vizual dasturlash deb ataladi Zamonaviy dasturlash muhitlari. Bugungi kunda keng tarqalgan dasturlash muhitlarida asosan uchta dasturlash tili: Si, BASIC, Pascal dan keng foydalaniladi. Professional va tajribali havaskor dasturchilar asosan C (Si) va uning keyingi variantlari C++ va C# dan foydalanishsa, faqat o‗zlarining masalalarini yechish uchun dasturlashda foydalanadiganlarning ko‗pchiligi Pascal dan foydalanishadi. BASIC (to‗g‗risi, Visual BASIC) Microsoft kompaniyasi mahsulotlari ofis ilovalari va boshqa kompaniyalarning bir qator mahsulotlari, grafik muharrirlarda ishlarni avtomatlashtirish uchun qo‗llaniladi. Kuchli raqobat va foydalanuvchilarni jalb qilish maqsadida hozirgi paytda ommaviy dasturlash muhitlari bir paytda bir nechta dasturlash tillaridan foydalanish imkonini beradi. Shuningdek, so‗nggi paytda yaratilayotgan dasturlash tillarining ko‗pchiligi yuqoridagi tillardan biridan foydalanayotganlar uchun mo‗ljallab yaratilgan. Masalan, keng tarqalgan veb dasturlash tillari Java, Java Script, ASP, PHP, Python lar C++ va C# ga, keng tarqalgan kompyuter matematikasi paketlari MatLab, MathCAD, Maplelarning dasturlash tillari Pascalga, MacroMedia Flash nomli animatsion grafika yaratish ilovasining dasturlash tili Action Script esa Visual BASICga o‗xshab ketadi. Delphi (o‗qilishi Delfi) qadimgi dunyoda mashhur bo‗lgan avliyo yashagan ibodatxona joylashgan grek shaharchasining nomi bo‗lib, 10 u avliyo kabi bu dasturlash muhiti ham ko‗pchilik orasida juda mashhur bo‗lib ketgan. Uning qariyib chorak asr mobaynida 25 ta varianti yaratilgan bo‗lib, ular quyidagi uchta guruhga ajratiladi: Delphi 1 – Delphi 8 (1995-2003 yillar) Delphi 2005 – Delphi 2010 (2005-2009 yillar) Delphi XE 1 – Delphi XE 10 (2010-2017 yillar) Ularning barchasida asosiy (ba‘zan yagona) dasturlash tili Object Pascal bo‗lsada, ko‗pchiligida C++, Assembler da, oxirgi variantlarida Java da, ba‘zi versiyalarida hatto PHPda ham dastur yozish mumkin. Oxirgi versiyalari Windows ilovalari bilan birga Android va IOS ilovalarini ham yaratish imkonini beradi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling