Mundarija Kirish I. Bob. Gazlarni tozalash
Gazlarni absorbsion usulda tozalash
Download 1.39 Mb.
|
Xojiev kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet saytlar
2.3.Gazlarni absorbsion usulda tozalash.
Sorbentning regeneratsiyasi etilmerkaptanni bug‘ yoki qizdirilgan havo bilan ishlov berib, 70-90°C gacha qizdirish orqali amalga oshiriladi. Regeneratsiya nasadkali yoki tarelkali kolonnalarda amalga oshiriladi. Uglerod oksidining absorbsiyasi odatda tarelkali kolonnalarda olib boriladi. Qurilmadagi jarayonni olib borish uchun kerakli sovuq harorat sovituvchi mashinalar yordamida vujudga keltiriladi. Harorat qancha past bo'lsa, suyuq azot sarfi ham shuncha kam bo'ladi. Suyuq azotning sarfi shu bilan birga gaz tarkibidagi CO gazi va boshqa aralashmalar konsentratsiyasi, hamda jarayon bosimiga bog'liq. Uglerod oksidining boshlang'ich gazdagi konsentratsiyasi ko'tarilishi (doimiy bosimda) qisman suyuq azot sarfini oshiradi, chunki CO gazini eruvchanligi partsial bosimga qarab proporsional ravishda oshadi. Bosim oshib borsa suyuq azot sarfi kamayib boradi. Harorat ko'tarilsa CO gazini yutish uchun suyuq azot sarfi keskin ko'tariladi. CO gazini yuttirish uchun suyuq azot sarfini minimal sarfi quyidagi jadvalda keltirilgan. Nitril akril kislota ishlab chiqarishda quyidagi tarkibda chiqindi gazlar hosil bo'ladi: uglerod oksidi — 2,3%, propilen — 0,5%, propan — 0,04%, kislorod — 3,0% gacha, qolgani inert gazlar. Ushbu tozalanadigan gazlarni zararsizlantirish uchun ular awal 2—yondirgichga beriladi va 220-250°C gacha qizdiriladi (katalizator xiliga qarab). Bu yerga yoqilg'i gaz va 1 — ventilator yordamida havo ham beriladi. Havoning sarfi nafaqat yoqilg'i gazni yondirishga, balki CO va uglevodorod gazlarni katalitik oksidlashga ham mo‘ljallab beriladi. Chiqindi va yongan tutun gazlari aralashmasi adiabatik sharoitda ishlovchi katalitik reaktorga yuboriladi. Bu reaktorga aluminiy oksidga 0,2% platma shimdirilgan ShPK-2 markali katalizator yuklangan bo‘ladi. Katalizator sirtida boruvchi reaksiyalar ekzotermik bo‘lgani uchun reaksion mahsulotlar kuchli qiziydi. Xulosa Mazkur kurs ishini bajarish davomida texnologik mashina va jihozlarni avtomatlashtirish fanidan olgan nazariy bilimlarga tayangan holda kurs ishini topshirig‘iga asosan bir korpusli bug‘latish qurilmasiga tushayotgan suv sarfini qurilmaning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi haroratni keskin oshishini o‘lchash va rostlash tizimi ishini tahlil qildim. Dastlab haroratni o‘lchash va rostlash tizimini ishini o‘rgandim, bu jarayonda haroratni o‘lchash uchun necha xil o‘lchov vositalar mavjudligi aniqladim. Texnologik jarayonni amalga oshirish vaqtida uni oshishi va kamayishiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandim. Xususan, haroratni rostlash va nazorat qilishda EHM ni qo‘llash imkoniyatlaridan foydalandim. Berilgan dastlabki ma’lumotlarga asoslanib, bir korpusli bug‘latish apparatining haroratni rostlash va nazorat qilish tizimining parametrlarini optimal qiymatlarini aniqladim, o‘lchash hatoliklari, absolyut xatolik farqini hisobladik. Boshqaruv tizimining “MATLAB” dasturi asosidagi blok sxemasi namunaviy ko‘rinishga keltirdik va kompyuter modeliga ega bo‘ldik. Bir korpusli bug‘latish apparatining texnologik jarayonning haroratini nazorat o‘lchov asboblari va spetsifikatsiyasini keltirib tavsiyalar berildi. Kurs ishini bajarish davomida olgan nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar kelajakdagi muhandislik faoliyatimda albatta yordam beradi deb o‘ylayman Internet saytlar 1. www . ziyonet .uz 2. www . aim.uz 3. www . arxiv.uz 4. www . researchgate .net 5. www . hozir .org 6. www . uz .m.wikipediya .org Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling