Mundarija: kirish I. Bob. Go’daklik davriga umumpsixologik tavsifnoma


Download 51.24 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi51.24 Kb.
#1582001
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Go\'dakning emotsional rivojlanishi

Tadqiqot predmeti: Go’daklik va perinatal davr homilaning sensor, motor va reflektor faolligi. Tug’ilish aktining psixolgik harakteristikasi. Chaqaloqlik davrining umumiy fiziologik xususiyatlar. Chaqaloqlik davrining psixologik harakteristikasi. Go’dakli davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va yetakchi faoliyati.
Tadqiqot obyekti: Go’daklik davrining psixologik xususiyatlari. Emotsional muomala yetakchi faoliyat sifatida. Nutqning vujudga kelishi: passiv nutq, aktiv nutq va avtanom nutq. Predmetli faoliyat va o’yin manbalari. Go’dakli davrida aqliy rivojlanish.
Tadqiqotning mazmuni: Rivojlanish psixologiyasining predmeti, psixik taraqqiyot qonuniyatlari, umr taraqqiyoti dinamikasini o‘rganish metodlari, inson psixik taraqqiyotini tushuntirishga asosiy nazariy yondashuvlar, perinatal va chaqaloqlik davri, go‘daklik davri, ilk bolalik, kichik maktab yoshi davri, o‘smirlik, o‘spirinlik, yetuklik davri, gerontopsixologiya doir bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish.

I.BOB. GO’DAKLIK DAVRIGA UMUMPSIXOLOGIK TAVSIFNOMA..
1.1. Bolalik fenomeni. Bolalik chegaralari.
Chaqaloqning tug’ilishi sifat o’zgarish daqiqasi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ko’rinishi boshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun tug’ilish tabiatning chaqaloq organizmiga kuchli larzaga keltiruvchi mo’jizasidir. Bunda ona qornidagi barqaror muhitda yashagan jonzot favqulodda yangi sharoitga, son-sanoqsiz xossa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg’ovchilar doirasiga tushadi. Avval chaqaloq organizmining ona organizmidan ajralishi sodir bo’lib, ijtimoiy-tabiiy sharoitlarga moslashuvi boshlanadi. Uning murg’ak organizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, unda yangi sharoitlarga ko’nikish davri kurashlar ostida o’tadi. Chaqaloq organizmi miqdor va sifat o’zgarishlariga, tashqi olamniig qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazo, vaqt va harakat muammolari mutlaqo boshqacha tarzda uning bosh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta boshlaydi.
Chaqaloqda ona organizmi bilan anatomik, morfologik va konstitusion bog’liqlik davri tugagan bo’lsa-da, biroq u dastlabki daqiqalardan boshlaboq mustaqil yashay olmaydi, onaga fiziologik jihatdan tobeligacha qolaveradi. Chaqaloq yashashi uchun organizmi talab qiladigan ovqat, oqsillar mazkur o’sish pallasida ona suti orqali borib turadi. Bola onaning qornida mo’tadil haroratda, oziq yetarli darajadagi sharoitda, hatto, organizmning funksional holati ham ona organizmiga bevosita bog’liq holda yashagan bo’lsa, tug’ilishi bilanoq birdaniga yangi, murakkab, qiyin sharoitga tushib qoladi.
Tug’ilgan chaqaloq havo bo’shlig’i va havoning bosimiga duch kelishi sababli tabiiy talabga ko’ra uning nafas olishi va nafas chiqarishi o’zgaradi. Salqin, havo oqimiga tushishi bilan haroratning ta’siriga moslashish uchun harakat qiladi. Unda ovqatlanish usuli va vositasi ham o’zgaradi, ya’ni plansentar oziqlanish (ona organizmidan bevosita qonga moddalar so’rilishi)dan oral oziqlanish (ovqat og’iz bo’shlig’i orqali me’da-ichakka borishi)ga o’tadi. Chaqaloq hayvonlarning bolalariga qaraganda, himoyaga muhtojroq, nochorroq bo’lib tug’iladi. Tug’ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydo bo’ladiki, bular yangi hayot sharoitiga moslashishni birmuncha yengillashtiradi. Chaqaloq tug’ilganda uning ovqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan: asosan, so’rish, emish reflekslari o’z vazifasini ado etishga tayyor bo’ladi. Chaqaloqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga biror qo’zg’atuvchi tegishi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so’lak ajrala boshlaydi. Ona ko’kragini emishda uning boshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqo to’xtaydi. Psixologlar M.P.Denisova va N.L.Figurinlar chaqaloqlardagi mazkur jarayonni chuqur tadqiq qilib “ovqatga yo’nalish” reaksiyasi deb atadilar. I.P.Pavlov ta’biricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrok qilinadigan narsaga idrok qiluvchi organni qo’zg’atuvchi eng qulay yo’nalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti-harakatlar qisman yoki butunlay tormozlanadi. Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqi sharoit va muhitga mosla­shish imkonini beradigan, nisbatan yetilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi.
Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish, uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi. Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni oriyentir refleks­lari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki-uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshini yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi. Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bir nechta tug’ma tabiiy reflekslar ham uchraydi: emish refleksi og’ziga tushgan narsani so’rishda o’z ifodasini topsa, qo’l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaksiyasini vujudga keltiradi. O’zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini ko’rsatadi va bu hol tovonga qandaydir jism te­gishi bilan uni o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi.
Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi. Sharq allomalarining fikricha, chaqaloqda tug’ma reaksiyalarning boshqa guruhi ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqaloqning yig’idan to’xtashi, ixtiyorsiz harakati sekinlashuvi shundan dalolat beradi. Qadim zamonlardan beri beshik, so’rg’ich va hokazolardan chaqaloqni yupatishning, uning ixtiyorsiz harakatini to’xtatishning, diqqatini ovqatga va favqulodda holatga to’plashning muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Qator tug’ma-tabiiy reaksiyalar chaqaloq hayoti uchun juda muhimdir. Ana shu shartsiz reflekslar tufayli u yangi, o’ng’aysiz sharoitga ko’nikib boradi va o’z yashash tarzini mavjud yo’nalishga uyg’unlashtiradi. Uning yangi muhitda ovqatlanishi va nafas olishi ana shu reflekslarning bevosita funksiyasi hisoblanadi. Bola tug’ilgunicha undagi barcha jarayonlar onaning organizmi orqali amalga oshgan bo’lsa, tug’ilganidan keyin mutlaqo boshqacha tarzda amalga osha boshlaydi. Masalan, o’pka bilan nafas olish, oral (og’iz, ichak, oshqozon kabi biologik organlar orqali) ovqatlanish vujudga keladi. Buni psixologiyada reflektor moslashish deb ataladi. Muskul snstemasining ishtirokida nafas olishning ritmli harakatlari amalga oshadi. Bu jarayon ovqatlanish, emish (so’rish) reflekslari yordamida vujudga keladi. Chaqaloqning tug’ma reflekslari dastlabki paytlarda nomutanosib ishlashi sababli u tez-tez qalqib ketadi, jismonan darrov toliqadi (tez uyquga ketadi yoki uyg’onadi). Chaqaloqning butun faoliyati, faolligi organizmni oziq bilan ta’minlashga, to’yishga yo’nalgan bo’ladi. Organizmniig termoregulyasiyasi ham alohida ahamiyat kasb etib, bolani o’zgaruvchan mikromuhitga tobora moslashtirib boradi.
Chaqaloqlik davri insonning kamol topishida xulq-atvorning tug’ma-instinktiv ko’rinishlari: nafas olish, ovqatlanish, haroratdan ta’sirlanish va hokazolar sof holda namoyon bo’lishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur organik (moddiy) ehtiyojlar chaqaloq uchun psixik o’sishning negizi vazifasini o’tay olmaydi, ammo ular birgalikda uning yashashini ta’minlaydi. Psixologik tadqiqotlardan ma’lum bo’lishicha, qator tug’ma reflekslar bolaning o’sishiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etmasa ham, uning tabiiy-biologik ehtiyojlarini qondirishda ishtirok qiladi. Bularga ativistik belgilar, tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang solish) borgan sari susayib boradi. Chaqaloqda ushlash, o’zini tutish reflekslarining paydo bo’lishi unga fazoda to’g’ri harakat qilishga imkon yaratadi. Tom ma’nodagi sudralish – bolaning narsalarga qo’l cho’zishidan boshlab, oldinga intilishida ko’rinadi. Bu jarayon keyinchalik yanada taraqqiy eta boshlaydi. Tug’ilishga yaqin chaqaloqda quloq va ko’z mexanizmlari o’z vazifasini o’tashga tayyor bo’ladi. Bundan tashqari, unda qator himoya va oriyentir reflekslari (o’ta yorug’likka qarash natijasida ko’zni pirpiratish, boshini olib qochish, burish, kuchli tovushdan cho’chish kabilar) ham mavjud bo’ladi. Ammo chaqaloqda “ko’rish” va “eshitish” apparatlari orqali o’z diqqatini biror obyektga to’plash imkoni bo’lmaydi. Chunki obyektni tanish, tovushni ajratish, sezish imkoniyati bolada keyinchalik vujudga keladi. Chaqaloq uchun tug’ma mexanizmlar yangi sharoitga moslashish (ko’nikish) uchun kifoya qilmaydi. Shu boisdan uni parvarishlashda qo’shimcha tarbiyaviy tadbirlar qo’llanmasa, chaqaloq o’sishdan orqada qolishi mumkin.
Chaqaloq ona qornidagi yashash sharoitidan atmosferada hayot kechirishga o’tgan dastlabki paytlarda uning uyqu va uyqusizlik holatlari o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Tug’ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatidan atmosfera bosimiga, quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o’zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko’p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, ham jismoniy tafovutlari ko’zga tashlanadi. Oradan ko’p vaqt o’tmay chaqaloq vaznining kamayishi tabiiy ravishda to’xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o’zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg’ak organning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Chaqaloq organizmining anatomik-fiziologik, morfologik tuzilishi bo’yicha boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi kam rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi, pay-muskullari va tog’ay to’qimalarining o’sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatdan farqlanadi. Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu bilan birga har bir biologik organning mustaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Bolada bo’yin muskullarining o’sishi bo’ynini tutishga olib kelsa, tana muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag’anash imkonini, qo’l va oyoq mus­kullarining yetilishi esa jismoniy harakat qilishi, jismlarga qo’l cho’zish uchun sharoit yaratadi.
Chaqaloqning anatomik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sistemasida ohak moddasi va har xil tuzlar yetishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funksiyasini ko’proq tog’ay to’qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolaning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bi­lan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi. Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasining sakkizdan bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko’rinsa-da, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3–5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300–350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi hujayralarining miqdori, “ariqchalar”ning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmog’i jihatdan katta odamlarning miyasidan farq qiladi. Yuqoridagi fikrlarni isbotlashga harakat qilgan psixolog Ye.A.Arkinning ta’kidlashicha, bola tug’ilishga harakat qilayotgan paytda uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida miyelin qobig’i bo’lmaydi.



Download 51.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling