To’qimachilik mashinalarni ayrim mexanizmlar va qismlar xolatini texnik diagnostikalash. REJA: - Yigiruv kameralarni diagnostikalash
- STB-4-330 to’kuv dastgohini batanli mexanizmni diagnostikalash.
- STB-4-330 to’kuv dastgohini urish mexanizmni diagnostikalash.
Yigiruv kameralarni diagnostikalash. - Yigiruv kameralarni diagnostikalash.
Umumiy mulohazalar va qo’llanadigan apparatura. Yigiruv kameralari tebranishlarini eksperimental urganish V. P. Nogin nomidagi yigiruv-to’kuv fabrikasida (Rossiya) bevosita BD-200-M69 ishlayotgan mashinalarda o’tkazilgan. Kameralarni aylanish tezligi n = 30000 ayl./min. tashkil kildi. O’tkazilgan eksperimentlar vaqtida paxtadan 50 teks yigirilgan ip ishlab chikarilgan. Eksperiment maqsadi - yigiruv kamera holatini texnik diagnostikalash mumkinligini aniqlashdan iborat edi, ya’ni podshipnik tayanchlarini yeyilish darajasini aniqlash. Ishlayotgan mashinani yigiruv qurilmasini korpusida tezlanishlar spektrini tahlillash yo’li bilan o’rganishlar o’tkazildi. Tezlanishlar datchiklari (akselerometr) yigiruv qurilmani korpusidagi uchta nuqtasida o’rnatilgan (14 rasm). Kamerani tepa qismini o’rtasida 1 nuqta joylashgan, 2 va 3 nuqtalar esa - yigiruv kamerani 4 podshipnik tayanchi o’rnatilgan joyiga yaqin joylashgan. 1 va 2 nuqtalarda vertikal, 3 nuqtada esa korpusni gorizontal tebranishlari o’lchangan. «Bryulg’ va Kg’er» (Daniya) firmasini vibroo’lchash apparatura komplekti bilan tebranishlarni o’rganish amalga oshirilgan. Tebranish datchigi sifatida 8307 turida akselerometri tanlangan, I...25000 Gts chastota diapazonida ishlaydigan (o’rnatilgan akselerometrni rezonans chastotasi 75000 Gts, sezgirligi 1,2 mV/d, massasi 4 g.). Datchikdan olinadigan signal, 2203 turdagi shovqin o’lchagich (10...25000 Gts chastota diapazoni, o’lchash darajasi 26-140 dB) orqali, 7003 turdagi magnitofonni (chastotali modulyatsiyasi 26-140 dB) magnitli lentasiga va 7003 turdagi mikrofonni (yoziladigan chastota diapazoni 0-15000 Gts, aniqlik ±1 dB, dinamik diapazoni 44 dB, 1 kOm yuklanishda chikish kuchlanishi 1 V) magnitli lentasiga yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |