To’qimachilik mashinalarni ayrim mexanizmlar va qismlar xolatini texnik diagnostikalash
Download 0.83 Mb.
|
8-mavzuTo’qimachilik mashinalarni ayrim mexanizmlar va qismlar xolatini texnik
SHundan ko’rinib turibdiki, kulachok-rolik juftliklarni nazoratlash juda zarur. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish sharoitida kulachoklar-roliklar orasidagi tirkishlar o’up yordamida o’lchanadi, shu holatda dastgohni to’xtatish, gazlamani dastgohdan olish, dastgohni uzellarini qisman sochish talab qilinadi. SHuningdek o’lchovlar nazoratlash joylariga kirish yo’li murakkablashi sababli o’tkazish qiyinlashadi.STB-4-330 dastgohni batan mexanizm dinamikasini o’rganish natijalari keltirilgan, kulachoklar orasidagi tirkishlarni baxolash mumkinligini aniqlash maqsadida va ularga tegishli roliklar bilan batan kutisilarda dastgohni to’xtatmasdan, tirqishni bevosita o’lchamasdan, ammo diagnostik ko’rsatkichlar-kattaliklarni qiya o’lchamlar natijalar bo’yicha, diagnostik ko’rsatkichlarni tanlovi o’tkazilgan, dastgohda o’lchov nuqtalar tavsiya kilingan va tirqishlarni izlangan kattaliklardan diagnostik bog’liqlik olingan. Olingan diagnostik ko’rsatkichlar va nuktalar eksperimentlar orqali tekshirilgan. Olingan regressionli bog’liqliklar, qiya o’lchamlari natijalar bo’yicha kulachok-rolik juftliklardagi tirqishlar qiymatini baholash imkonini beradilar.Urish mexanizmni ishlash tamoyilini ko’rib chiqamiz. Urish mexanizmini ishga solish uchun (torsionli valikni burchakga burash) kulachok 10 xizmat qiladi, unda rolik 11 qotirilgan. Kulachok 10 aylanishida (soat milisi bo’yicha) 6 rolikga bosadi, richag 5 va yetaklovchi 4 orkali torsionli valikni 12 buraydi, shuning bilan pogonyalka 3 ni oldingi (orqa) holatiga keltiradi. Boshlang’ich holatida torsionli valikni buralish burchagi maksimal va ni tashkil kiladi. Kulachokni profili shundayki, haydovchini boshlang’ich holatida yetaklagich 4 va richag 5 to’g’ri chiziq pp bo’yicha joylashadi (tinch holat). Bu kulachok va rolik 6 orasida kuchli ta’sir yo’qligida torsionli valik burovini yozilishiga yul qo’ymaydi. Keyingi buralishda rolik 11 kulachokli qiyalikka 9 yetib boradi va unga ta’sir qilib, richagni 5 va povodokni 4 tinim holatdan chikaradi. Ozod bo’lgan torsionni burovi yoziladi, haydovchi 3 buradi, u o’z navbatida yugurtakni 2 va mikromokini 1 tez harakatga keltiradi (shu vaqt ichida kulachok 10 torsion valikni burovi yozilishiga xalaqit bermasligi uchun uni yuzasida profilni shunga to’g’ri keladigan pasayishi mo’ljallangan). Haydovchi 3 bilan richag 5 harakatga keladi, u shatun 7 orqali dempferni 8 porsheni harakatga keltiradi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling