Kurs ishining predmeti: Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishini o’rganishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Termiz shahr 13-umumiy o’rta ta’lim maktabining 11-sinf o’quvchilari.
Kurs ishining vazifalari:
1. Kurs ishi mavzusiga doir maxsus adabiyotlar bilan tanishib, tegishli materiallarni to’plash va pedagogik psixologik tahlil asosida bayon etish.
2. Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishini aniqlash.
3. Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishini buzilishlarni bartaraf etishga doir korreksion dastur ishlab chiqish
4. Kurs ishi muammosiga mos metodika tanlash, aniqlovchi shakllantiruvchi, nazorat tajribalarini o’tkazish
Kurs ishida qo’llanilgan metodlar: Test, “O’z hurmatingizni saqlay olasizmi.
Kurs ishining metodologik asosi: Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishini haqidagi ilg’or ilmiy psixologiya fanida shaxs ijtimoiy taraqqiyoti bo’yicha yaratilgan umumiy qonuniyatlar, konsepsiyalar, shuningdek, shaxsga individual yondashuv prinsiplari (E.Shiranger L.S.Vigotskiy S.L.Rubinshteyn va boshqalar). Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishida K.Radjers , M. Rozenberg E. I. Sovonkolarning shaxsiy refleksiyalari haqidagi ta'limoti)
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning xususiyatlarini o’rganish, kengaytirish nazariy ma’lumotlarni keltirish. O’rganilgan ma’lumotlarni bazaviy malumotlarni kengaytirish uchun foydalanish. Nazariy manbalarni ko’paytirish.
Kurs ishining amaliy ahamiyati Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning shakllanishidagi buzilishlarni bartaraf etishga amaliy yordam berish. Shaxsiy refleksiya shakllanishida buzilishlarga ega bo’lgan bolalarga korreksion ishlarda amaliy tomondan ko’maklashish.
Ishning maqsadi: Ilk o’spirinlik davrining psixologik rivojlanishi, uning shaxs bo’lib shakllanishida o’z-o’ziga beradigan baxosi, intellektual salohiyati, o’spirin shaxsida aqliy taraqqiyot muhim tamoyilini kishilarga keng ko’lamda tushuntirish shu asosida tegishli, psixologik, ilmiy amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |