Mundarija kirish i-bob. Ilk o’spirinlik davrida shaxsiy refleksiyaning olimlar tomonidan o’rganilganligi


Download 106.38 Kb.
bet5/12
Sana09.02.2023
Hajmi106.38 Kb.
#1180498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11111 mavluda

Bob bo’yicha xulosa.
Ilk o’spirinlaming qiziqishlarini xarakterlaganda avvalo shuni aytish kerakki, yigit va qizlar odatda xuddi shu yoshda biror fanga, bilim tarmog’iga, faoliyat sohasiga bo’lgan o’zlarining qat’iy spetsifik qiziqishlarini belgilab oladilar. Ilk o’spirin yoshidagi bunday qiziqish shaxsning bilish-professional yo’nalishining tarkib topishiga olib keladi, yigit yoki qizning maktabni tamomlagandan keyin qanday kasb tanlashini, hayot yo’lini belgilab beradi. Ana shunday maxsus qiziqishning mavjudligi muayyan sohadagi bilimlami kengaytirish va chuqurlashtirishga doimiy intilishni rag’batlantiradi: katta maktab yoshidagi o’quvchi zarur adabiyot bilan aktiv ravishda tanishib boradi, tegishli to’garaklarda bajonidil shug’ullanadi.
Ilk o’spirinlik yoshida bilishga oid qiziqishlar tobora keng, qat’iy va amaliy xarakter kasb etadi. Ilk o’spirinlikda inson hayot yo’lini o’zi tanlaydigandek tuyuladi, lekin uning kasb tanlashiga tarbiya, muhit va boshqalar ham ta’sir qiladi. Kasb-hunar kolleji yoki litseyni bitirgandan so’ng shaxsiy bo’lmagan tashqi omillaming ta’siri yanada kuchli bo’ladi.
Tadqiqotning birinchi bobi muammoning ilmiy o’rganilganligiga bag’ishlangan. Ushbu bobda psixologlarning ilk o’spirinlik davrida bola shaxsining psixik rivojlanishi borasidagi fikrlari, shaxsiy fefleksiya haqidagi fikrlari, bu borada olib borilgan tadqiqotlarning tahlillari, psixologlarning shaxsiy refleksiyani namoyon bo’lishi va aniqlash borasidagi tadqiqotlarining tahlillari keltirilgan.
O’rganilgan manbalarga asoslangan holatda quyidagi xulosarni kelish mumkin: Ilk o’spirinlik davrida tarbiyani to’gri yo’naltirish juda ahamiyatga egaligini keltirib o’tishimiz mumkin. Tarbiya insonning o’sishi va uning shaxsini shakllantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Ammo uning ta’sir kuchi bir qator ziddiyatlarga va avvalo muhitning ta’sir xarakteriga , shuningdek , irsiyatga bog’liqdir. Tarbiyaning mikroiqlim ta’siri bilan oila va yaqin atrofdagi muhit bilan o’zaro aloqasi insonning o’sib ulg’ayishiga va uning shaxsini shakllantirishda alohiga rol o’ynaydi. Bu ta’sirlarni o’rganish va hisobga olish har bir o’spirinning hulq atvorining hususiyatlarini anglash imkonini yaratadi. Ayniqsa bu o’spirinlik davrida kasb tanlash muammosi eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu muammolarni kelib chiqishida ota-ona va tashqi muhit katta rol o’ynaydi. Chunki ota-onalar farzandlarining xohishi emas balki o’zlarining orzusidagi kasbni tanlashga undaydilar, bu esa o’spirinlarda ikkilanishni yuzaga chiqaradi va ularda muammolar kelib chiqa boshlaydi.

Download 106.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling