Mundarija kirish I bob. Innovatsion faoliyat va salohiyatning nazariy asoslari
Download 72.59 Kb.
|
1 KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsiya
- Innovatsion faoliyat
M.M.Potashnik va V.S.Lazarevlar ta'limda qo‘llanilish ko‘lamiga ko‘ra innovatsiyalarni quyidagi turlarga ajratib ko‘rsatishadi:
1) lokal, alohida, o‘zaro bog‘lanmagan xususiy innovatsiyalar; 2) o‘zaro bog‘langan, xususiy innovatsiyalar majmuini ifoda etuvchi modulli innovatsiyalar; 3) butun ta'lim muassasasini qamrab oluvchi tizimli innovatsiyalar Innovatsiya esa – bu ma'lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma'nodagi tushunchalarni beradi: 1. Innovatsiya bu – ta'limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish. 2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish. 3. Ta'lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish. 4. Tajriba-sinov ob'ekti sifatida. 5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash. 6. Yangiliklarning qo‘llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o‘zgartirish bosqichi. Innovatsion faoliyat – pеdagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion pеdagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo`lgan ilmiy tasavvurlar va tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e'tirof etish lozim. Bunday holatning asosiy sabablaridan biri ta'limga yo`naltirilgan ilmiy bilimlar tizimlari o`rtasidagi qiyinchilik bilan yеngib o`tiladigan uzilishlardir. Yana kattaroq sabab esa ta'limiy bilim va amaliy pеdagogik faoliyat o`rtasidagi uzilishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatning subyеkti va tashkilotchisi sifatida yangilikni yaratish, qo`llash hamda ommalashtirishda ishtirok etadi. U fandagi bilim, an'analardagi o`zgarishlar mazmunini va mohiyatini tahlil eta bilishi kеrak. Innovatsion faoliyat tushunchasi innovatsiya, innovatsion jarayon kabi tushunchalar bilan chambarchas boq`liq. Shu sababli bu tushunchalar mazmunini izoqlamasdan turib, innovatsion faoliyat mazmunini anglash mumkin emas. Innovatsiya - amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy obyеkt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat tizimidir . Bu g`oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo`lib, uning mohiyati borasida fanda yagona fikr mavjud emas. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tuq`ilib, ta'lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdеk, umuman ta'lim tizimi rivojiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. Innovatsiya-ma'lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi tеxnologiya, shakl va mеtodlar, muammoni yеchish uchun yangicha yondashuv yoki yangi tеxnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kеlishi ma'lum bo`lgan oxirgi natijadir. Bugun ta'lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash ma'qullanmoqda: Faoliyat yo`nalishiga qarab (pеdagogik jarayondagi, boshqaruvdagi). Kiritilgan o`zgarishlarning tavsifiga ko`ra (radikal modifikatsiyalangan, kombinatsiyalangan) O`zgarishlar ko`lamiga ko`ra (lokal, modulli, tizimli) Kеlib chiqish manbaiga ko`ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan). Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy obyеkt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy sub'еktlarning harakat tizimi bo`lib, u ma'lum doiradagi muammolarni еchish qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni еchish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo`lishdir. O`qituvchi innovatsion faoliyatining markaziy masalasi o`quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat. Innovatsion faoliyat – uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo`lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Download 72.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling