Mundarija kirish I bob. Innovatsion faoliyat va salohiyatning nazariy asoslari


Pedagogik innovatikada innovatsion faoliyat ko’rinishlari


Download 72.59 Kb.
bet7/24
Sana17.09.2023
Hajmi72.59 Kb.
#1679980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
1 KURS ISHI

1.3. Pedagogik innovatikada innovatsion faoliyat ko’rinishlari.
Pedagogik innovatika (yangilik kiritish, innovatsiya) – ta’lim muassasasining faoliyatiga nisbatan barqaror yangilik elementlarini kiritib, uning rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishiga samarali ta’sir etuvchi maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgartirishdir. Innovatsion pedagogik texnologiyalar aynan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-talabalar (tinglovchilar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy uslublari va texnik vositalari majmuidir.
Pedagogik yangiliklarni tarqalish omillari. Pedagogik yangiliklarni tarqalish omillari turli omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi 3 gruhga ajratishimiz mumkin:

  • Jamiyatda pedagogik g‘oyalarga bo‘lgan munosabat, xalq ta’limi sohasidagi davlat siyosati: keng rejali ijtimoiy sharoitlar.

  • Aniq yo‘nalishdagi davlat va jamiyat institutlari faoliyati-ommaviy axborot vositalari, o‘quv yurtlari, ta’lim organlari, mustaqil ijodiy pedagogik uyushmalar: xususiy ijtimoiy sharoitlar.

  • Pedagogik yangiliklarni yaratuvchi va targ‘ib qiluvchilarning shaxsiy xususiyatlari, jumladan ushbu kishilarni jamiyatdagi tutgan o‘rni, ta’lim arboblari, o‘qituvchilar ommasi va ijodiy pedagoglar nigohida tutgan o‘rni: shaxsiy omillar.

Pedagogik innovatika - pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoa tomonidan o`zlashtirilishi va baholanishi, ulardan amaliyotda foydalanish jarayonlarini o`rganish tushuniladi. Pedagogik innovatika bu- pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi qonuniyatlarini o`rganadigan, shuningdek, pedagogik an’analar bilan kelajakdagi ta’lim loyihalarining o`zaro aloqadorligini ta’minlaydigan fandir.
Pedagogik innovatikaning obyekti - bu innovatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi, hamda o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda sifat o`zgarishlariga olib keluvchi innovatsiyalarning o`zlashtirilishi jarayoni.

Download 72.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling