Mavzu: XX asr 2-yarmi, XXI asr boshlarida jahon va MDH davlatlarining tashqi savdosi tovar tarkibining xususiyatlari.
Mundarija:
Kirish
I.BOB. Jahon va MDH mamlakatlari tashqi savdo siyosati hamda tovar tahlilining umumiy xususiyatlari.
1.1 Jahon mamlakatlarining tashqi savdosini shakllanish evolyutsiyasi.
1.2 Tashqi savdoda tovar tarkibining mamlakatlar kesimida taqsimlanish xususiyatlari va MDH davlatlarining savdo o’rni.
1.3 MDH davlatlarining tashqi savdosining rivojlaninsh yo’nalishlari.
II BOB. MDH va jahon davlatlarining tashqi savdosining tovar tarkibi tahlili.
2.1 Jahonning rivojlangan mamlakatlarining tashqi savdosida tovar tarkibi tahlili.
2.2 MDH davlatlarida xalqaro savdoning tovar tarkibi tahlili.
2.3 O’zbekiston va rivojlangan mamlakatlar o’rtasida tashqi savdo aylanmasi tarkibi tahlili.
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Tashqi savdoning tovar tarkibining hozirgi holati va rivojlanish tendentsiyalarini o‘rganish hamda tashqi savdoning mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanishida tutgan o’rni hamda rivojlanish bosqichlarini o’quvchi yoshlarga to’liq yetkazib berish orqali ularda tashqi savo hamda jahon bozorida uning tutgan o’rnini tushuntirib berisgdan iborat.Jahon bozorida tovarlar almashinuvi tendensiyalarini tushuntirib, ularning rivojlangan, rivojlanayotgan hamda kam rivojlangan mamlakatlarda o’ziga hos uslub yo’nalishlar bilan evolutsion bosqichlarni bosib o’tganligiga alohida to’xtalish. MDH davlatlaridagi tovarlar almashinuvi hamda uning tarkibi bo’yicha qoshimcha va to’ldirilgan ma’lumotlarni taqdim etish.
Kurs ishining maqsadi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bevosita hamda bilvosita jaxon xo’jaligi hamda ularda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar hamda tovarlar tarkibini ko’rsatib beradi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari o’rtasida o’zaro savdo a’loqalari hamda ularda almashinilayotgan tovarlar tarkibini ko’rsatib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |