Mundarija: kirish i-bob. Jismoniy madaniyat ishlarini mazmuni


Umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklarini sifatli tashkil qilish


Download 214 Kb.
bet3/9
Sana21.04.2023
Hajmi214 Kb.
#1368306
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Dam olish joylarida mahallalarda jismoniy madaniyat ishlarini tashkil etish

1.2 Umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklarini sifatli tashkil qilish
Umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat darslari va sport to’garaklarini sifatli tashkil qilib borishda yuqorida qayd etilgan yosh xususiyatlarining davrini hisobga olish muhim bulgan vazifalardan biridir. Bunday holatlarda, ayniqsa, 7- sinfda tahsil olayotgan o’g’il va qiz o’quvchilar bilan ko’proq harakatda bajariladigan jismoniy mashqlarni tashkil etish kerak. Bu yoshdagi bolalar harakat faoliyatlari ancha balandligi bilan farq qiladi. YOsh bolalar fiziologik xususiyatlari va harakat faoliyati ular bilan jismoniy madaniyat dars va mashg’ulotlari jarayonida yoki sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda harakatli sport o’yinlarini ko’proq o’tkazishni taqozo qiladi. Muayyan yoshdagi bolalar organizmida jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlari jarayonida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishini har bir jismoniy madaniyat mutaxassisi yaxshi bilishi kerak. Chunki bu yoshda bolalarda suyak tizimi shakllanib, qon bosimi ko’tarilib, skelet suyaklari, ko’krak qaburg’asi rivojlanib boradi. ismoniy madaniyat darslarini shunday tashkil etish kerakki, unda har bir o’quvchining morfologik tuzilishidagi kamchiliklar aniqlanib, ana shu kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko’rilishi lozim. Olib borilgan izlanish va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, yosh xususiyatlariga ko’ra o’g’il va qiz bola o’rtasidagi tafovut unchalik katta bo’lmasa-da, lekin qiz bolalar 11-12 yoshda o’g’il bolalarga qaraganda 2-3 yosh farq qiladi. Lekin 11-12-13-14 yoshda bu o’zgarishlar o’g’il bolalarda tez sur’atlarda rivojlanishini ko’ramiz. Bunday o’zgarish va farqli jihatlar o’quvchilarning uy sharoitiga bog’liq, boshqacha qilib aytganda, shu yoshda qiz bolalar o’g’il bolalarga qaraganda ko’proq mehnat qilishadi. Bunday o’zgarishlarni aniqlashda biz bolalarning yashaydigan uylari maktabdan uzoq ekanligiga ham e’tibor qaratamiz. Yosh bolalar organizmidagi jismoniy rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan xususiyatlarni hisobga olish muhim masalalardan biridir. Buning uchun har bir bola bilan tibbiy nazorat olib borish maqsadga muvofiqdir. YAna bir muhim masala shundaki, O’zbekiston hududida yashayotgan o’g’il bolalar kalta, gavdalarining beldan yuqori qismi oyoqlariga qaraganda uzunligi bilan farq qiladi. Buning natijasida ularning sport o’yinlaridan o’rin olgan futbol, qo’l to’pi, basketbol, voleybol, yengil atletika bo’yicha yuqori natija ko’rsatishi ancha qiyin. Bunday farqli jihatlar haqida olimlar tomonidan turli tadqiqotlar o’tkazilgan. Olimlarning tahliliy xulosalariga ko’ra bolaning jismonan shakllanishida asosan genetika ya’ni irsiyot bilan bog’liq ancha muammolar mavjuddir. Bunda, asosan, qarindosh-urug’chilik sabab bo’lishi ta’kidlangan. Biroq, buni yanada ishonarli dalillar bilan isbotlab berish lozim. Shu bilan birga, milliy yerli halq, ya’ni yurtimiz bolalarida yelka muskullari, qo’l muskullarining kuchi, rivojlangani hech bir millat bolalaridan qolishmaydi. Buning yorqin isboti sifatida boks, kurash, sharqona yakka kurash kabi sport turlari mamlakatimizda nihoyatda rivojlanib jahonda nufuzli o’rinlarni olganini alohida qayd etish lozim. Shunday ekan, bolalarning morfologik rivojlanish yo’larini izlash, alohida tadqiqotlar o’tkazib, bolalar rivojlanishining yangi takomillashgan dasturlarini tuzish kerak. Yosh organizm har tomonlama tashqi muhit ta’siriga moslashishga harakat qiladi. Organizm o’zining tabiiy rivojlanish qonuniyatlariga ega bo’lganligi sababli bajarilishi murakkab bo’lgan mashqlar yoki uzoq muddatda bajarishga mo’ljallangan jismoniy mashqlar, yoxud mashq jarayonida sport turlarining texnik va taktik tomonlarini o’zlashtirishda oddiydan-murakkabga, osondan-qiyinga qarab boruvchi pedagogik tamoyillardan foydalanilsa, yosh organizmning bunday holatlarga moslashishi ko’nikma va malaka hosil qilishi osonroq kechadi. Ko’nikma va malaka yosh organizmda birdaniga shakllanmaydi, chunki bir mashqni uzoq muddat bajarish, qayta-qayta takrorlash usuli bilan shakllanadi. Bu borada olib borgan kuzatishlar bir qator natijalarni ko’rsatmoqda. Jumladan, 11-12 yoshdagi bolalar bilan yengil atletikaning uzoq masofalarga yugurish bo’yicha natijalarini nazorat qilganimizda ko’pchilik bolalarning manzilga ya’ni finishga yetib kela olmaganligi ko’zga tashlanadi. Bunda yosh bolalarda iroda, chidamlilik kabi sifatlar, jismoniy fazilatlar yaxshi rivojlanmaganligi namoyon bo’ladi. Jismoniy madaniyat va sport to’garaklarida o’quvchilar bilan murakkab mashqlar bajariladi. Biroq jismoniy tarbiya jarayonida maxsus mashqlar bosqichma-bosqich, muntazam o’tilmagani tufayli o’quvchilarning jismoniy tarbiyadan natijalari past bo’lib kelmoqda. O’sib kelayotgan yosh organizm o’zining tuzilishi jihatidan rivojlanishi bilan katta yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishiga to’g’ri keladi. Kuch, iroda, egiluvchanlik, epchillik kabi jismoniy sifatlar insonda tabiatan mavjud bo’ladi, biroq organizmdagi bu jismoniy sifatlarni yanada rivojlantirish, uning jismoniy mashqqa moslashishini ta’minlash, so’zsiz, jismoniy madaniyat o’qituvchilari zimmasiga yuklanadi. Chunki har bir jismoniy madaniyat va sport mutaxassisi yosh organizm xususiyatlarini bilishi, buning uchun anatomiya, fiziologiya, pedagogika, psixologiya, sport metrologiyasi, biomexanika, jismoniy madaniyat nazariyasi fanlarini yaxshi o’zlashtirishi lozim. SHu taqdirdagina u o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajarishi mumkin bo’ladi. Aks holda, o’sib, rivojlanayotgan organizmni tormizlanish holatiga olib kelish mumkin. Amaliyotda shunday holatlar ham uchraydiki, bolaning tashqi ko’rinishi o’ta rivojlangan bo’lsa-da, sport mashg’ulotlari jarayonida jismoniy mashqlarni yaxshi bajara olmaydi. Yoki uzoq davom etadigan mashqlarni bajarishda qiynaladi. Bular nimaning natijasi? Bu, albatta, umumta’lim maktablarida jismoniy madaniyat mashg’ulotlari jarayonida yosh organizm tuzilishi jismoniy rivojlanishi va ularning qobiliyati, nimaga qodir ekanligi hisobga olinmaganligining natijasi, degan xulosaga keldik. Bularning’ oldini olish uchun jismoniy madaniyat o’qituvchilari va sport murabbiylari o’z ustida tinmay izlanishi, nazariy bilimlarni chuqurlashtirish orqali amaliy mashg’ulotlarni talab darajasida tashkillashtirishi lozim bo’ladi. Bunda bir narsani hisobga olish kerakki, yosh organizm tashqi muhit ta’siriga javob beradi, u har tomonlama tez sur’atlar bilan rivojlanishga harakat qiladi, buning uchun ularda moyillik bo’ladi. Bunday holatda sportchi o’z organizmini muntazam ravishda jismoniy mashqlar yordamida tayyorlab borishi kerak. Tashqi muhitga va jismoniy mashqlarga moslashish, so’zsiz, yosh bolalar organizmi rivojlanganligi va jismoniy tayyorgarligiga bog’liq. Jismoniy rivojlanish jarayonida bolalarning yurak qon urishi ko’payadi. Umuman olganda, bolalarning qon urish tizimi 7 yoshdan to 17 yoshgacha bir daqiqada 65 dan 85-90 tagacha. Bu ko’rsatkich ayrim bolalarda nafas olish va chiqarish organlariga bog’liq bo’ladi.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling