Mundarija: Kirish I bob «Kalendar» atamasining paydo bo’lishi. Zamonaviy kalendarlar


Download 122.71 Kb.
bet5/8
Sana19.06.2023
Hajmi122.71 Kb.
#1611076
1   2   3   4   5   6   7   8
1.2 Xitoy va Hind kalendari
Qadimgi Xitoyda ham qamariy kalendardan foydalanilgan. Dastlab Xitoy dehqonlari bahor kirib kelishini Gidra yulduzining chiqishhi bilan boshlangan va xo’jalik yili 4 mavsumga bo’lingan: bahor, yoz, kuz, qish. Keyinchalik 3 ming yillikda vaqtni hisoblashda oy fazasidan foydalanilgan, 1 yil 12 qamariy oydan iborat bo’lgan. Xitoy kalendarida, shuningdek, 13-oy kiritilgan. Har 19 yil davomida 7 yili 13 oydan bo’lgan. Xitoy astronomlari birinchi bor eramizdan avvalgi VI asrda yangi oy, yozgi Quyosh turishi bilan har 8 yilda emas, balki har 19 yilda yoki 235 qamar oyiga muvofiq kelishini aniqlaganlar.
Shunday qilib, qadimgi xitoyliklarning qamariy-shamsiy kalendari bo’lgan. Keyinchalik taxminan eramizdan avvalgi III asrda Xitoy qishloq aholisining o’z xo’jalik yili bo’lib, 24 mavsumga bo’lingan. Bundan tashqari har bir yil xayvonlar nomi bilan atalib, hisob 60 yillik sikl bo’yicha olib borilgan. Mavsumiy qishloq xo’jaligi kalendari dehqonlarga ekin yig’ish, qishloq xo’jalik ishlarida vaqtni belgilashlarini osonlashtirgan. Bizning davrimizda ham qishloq joylarida axyon-axyonda mavsumiy kalendar ko’llaniladi.
Kalendar yillarini iklim mavsumiga qarab bo’linishi Xitoy kalendarining o’ziga xos xususiyatlaridan biridir. Chjan Go zamonida (eramizdan avvalgi IV-III asrlarda) kalendar tizimi aniqlangan, hamda takomillashgan. Kalendarning keyingi rivojlantirish goyalari Lo Sya–Xun, Den Pin, Sima Syan Kxi, Tszi Chun-chji, Go Shou-Tszin nomlari bilan bog’liq. Eramizdan avvalgi 104-yilda Xitoyda kalendar islohoti o’tkazilib va “Taychu-li” kalendari joriy etilgan. Uni yaratishda taniqli olimlar Lo Sya Xun, Den Pin va Sima Syanlar ishtiroq etgan.
Qamar oyining o’rtacha davomiyligini 29.43/81 sutkaga tengligi qabul qilindi. U Hozirgi ahamiyatdan atigi 24 soniya farq qiladi. Yilning davomiyligi 365,25 sutka o’zgarishsiz qoldi. Bu kalendar ba’zi bir o’zgarishlar bilan 200-yil amal qildi. Xitoy xronologiyasini aniqlash uchun tayanch nuqta bor. Yilnomalarda quyosh kuyganligi tilga olingan. Hozirgi zamon astronomlarining hisobi bo’yicha, bu voqea eramizdan avvalgi 776- yilda yuz bergan. Sima Syaning “Tarixiy yozishmalari” bizgacha saqlanib qolgan. Xitoy tarixi bo’yicha adabiyotlar o’rganilganda voqealarni yozib borishning o’ziga xosligiga duch kelinadi. Xitoyda qadimgi davrlarda eramizning boshlariga qadar yagona vaqt hisobi yuritilmagan, ularda alohida era ham yo’q edi. Tarixiy voqealarni yozib borish yil sikllari va imperatorlar hukmronligi davri va sulolalar bo’yicha olib borilgan. Xitoyda yil hisobi an’anasi – afsonaviy imperator Yaponiyaning taxtga o’tirgan yili, eramizdan avvalgi 2357-yildan boshlangan. Quyida Xitoy tarixi fanida qabul qilingan qisqacha xronologik jadvalni havola qilamiz.
Eramizdan avvalgi yillar.
2357 – 2255 – Yaolar afsonaviy sulolasi.
2255 – 2205 – Shun afsonaviy sulolasi.
2205 – 1766 – Syalar afsonaviy sulolasi.
1766 – 1122 – Shan – Inlar afsonaviy sulolasi.
1122 – 247 – Chjoular sulolasi an’anaviy davri.
246 – 207 – Sinlar sulolasi an’anaviy davri.
Eramizning 206 – 220 – Xanlar sulolasi an’anaviy davr.
Bizning era yillari.
420 – 479 – Sun sulolasi.
479 – 501 – Si sulolasi.
502 – 556 – Lyan sulolasi.
557 – 588 – Chen sulolasi.
589 – 618 – Suy sulolasi.
618 – 907 – Tan sulolasi.
907 – 959 – Besh sulola davri.
960 – 1279 – Sun sulolasi.
1280 – 1368 – Yuan sulolasi (mo’g’ullar).
1368 – 1644 – Min sulolasi.
1644 – 1911 – Sin sulolasi (manjuriyalik).
1912 – 1949 – Xitoy Respublikasi.
1949-yil 30 sentyabr – Xitoy Xalq Respublikasi.
Turli xil kalendar tizimi. Hind va Gang-a daryolari qirg’oqlarida yashovchi xalqlar 4 ming yil avval o’z Hindiston hududida qadim zamonlardan ko’plab qabila va Xalqlar yashagan. Hindiston ko’p millatli davlat bo’lib, aholisi 200 g’a yaqin tilda gaplashadi.
Hind knyazlarining uzoq vaqt bir-birlaridan ajralganligi ularning har birida maxalliy kalendar bo’lishiga olib keldi. Yaqin vaqtgacha mamlakatda bir qancha fuqarolik va 30 g’a yaqin mahalliy, diniy bayramlarni va diniy urf-odatlarni ifodalovchi kalendarlarga amal qilingan. Ular orasida shamsi, qamariy, qamariy shamsi kalendarlari bor edi.
Hindistonda Qamariy Shamsi kalendar tarqalgan bo’lib, u quyosh harakati bilan bog’liq edi. U tropik yildan 20,4 ming uzun bo’lgan.Hindistonda uzoq vaqt boshqa eralar ham ko’llanilgan. Masalan, Kaliyu erasi eramizdan avvalgi 3102-yil 18-fevraldan, Nirvana erasi eramizdan avvalgi 543-yilgacha amal qilgan. Hindistonda keyingi tarixiy eralardan biri Fazl erasi podshoh Chambarshox tomonidan joriy etilgan (1542-1606), lekin u faqat idora hujjatlarida ko’llanilgan. Bu era 1550-yil 10 sentyabrdan boshlangan. Grigoriy kalendari 1757-yildan keng yoyildi va Hindistonda qo’llana boshlandi. 

________________


Abu Rayhon Beruniy O’tmish xalhlardan holgan yodgorliklar. -T.: Fan. 1968.

Download 122.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling