Mundarija: Kirish I bob «Kalendar» atamasining paydo bo’lishi. Zamonaviy kalendarlar
Download 122.71 Kb.
|
Kurs ishining tuzulishi. Mazkur kurs ishi kirish, 2 bob, 4 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat.
I BOB “KALENDAR” ATAMASINING PAYDO BO’LISHI. ZAMONAVIY KALENDARLAR. 1.1 Kalendarlar va ularning turlari. Bizni o’rab turgan dunyo doimo harakatda, rivojlanishda. Unda hech narsa abadiy va o’zgarmas emas, hammasi harakatlanadi va o’zgaradi. Barcha o’zgarishlar ma’lum vaqtda ro’y beradi. vaqtning muhim xususiyati uning ortga qaytmasligidadir. Insoniyat jamiyatining butun hayoti vaqt bilan bog’liqdir. Tabiat qonunlari asosida kun va tun, yil vaqtlari doimiy almashinib turadi. Oyning Yer atrofidagi harakatida, shuningdek, Yerning Quyosh atrofidagi harakatida sodir bo’ladi. Bu xodisalar vaqtning ma’lum o’lchov birliklari – sutka, oy va yil, turli kalendarlar tizimiga asos soldi. Kalendar bizning doimiy yordamchimizdir. Unga hammamiz deyarli har kuni va har qadamda murojaat qilamiz. Albatta, insoniyat tarixida kalendar bo’lmagan davrlar ham bo’lgan. Ammo endilikda hayotimizni kalendarsiz tasavvur etishimiz qiyin. U bizga kunlar hisobini olib borishga yordamlashadi; hafta, oy va yil boshidan beri qancha vaqt o’tganligini yoki ularning oxirigacha yana qancha vaqt qolganligini ma’lum qilib beradi. Shuningdek, u quyoshning chiqishh va botish vaqtlarini hamda oy fazalarini ham ko’rsatib turadi. Kalendarda muhim sanalar, dam olish kunlari aloxida ranglar bilan belgilanadi. Yil, oy va kunlar fuqarolarning shaxsiy hamda davlat xujjatlarida qayd etiladi. Kun davomida vaqtni bir necha bor esga olamiz. Uni bizga gazeta, radio va televizor ham eslatib turadi. Kalendar bizning kundalik hayotimizda eng zarur, eng muhim narsalardan, eng yaqin yordamchilarimizdan biri hisoblanadi. Kalendarlarsiz har qadamda turli qiyinchiliklarga duch kelishimiz tabiiy. Kalendarsiz har qanday davlatda ulkan va murakkab xo’jalikni boshqarish mumkin emas, albatta. Kalendarning yordamiga suyanmay turib mamlakatdagi va turli o’quv yurtlaridagi o’quv mashg’ulotlari jadvalini, temir yo’llaridagi poyezdlarning, dengizdagi va oqarganliklardagi kemalarning hamda samolyotlarning qatnash grafigi tuziladi. Kalendar turli davlatlar, mamlakatlar va Xalqlar o’rtasidagi munosabatlarda ham katta rol o’ynaydi. Bu kalendarlarning hammasi bitta tartib qoidaga asoslanadi. Yil grigorian kalendari bo’yicha qishning o’rtasida 1-yanvarda, Hijriy kalendar amal qilayotgan islom diniga e’tiqod qilinadigan mamlakatlarda 21-martdan boshlanib, 365 kun 6 soatdan iborat bo’ladi. Har to’rt yilning to’rtinchi yili, ya’ni soni to’rtga bo’linadigan yil qo’shimcha 366 kunga ega bo’ladi va bu yil kabisa yili deb ataladi. (Kabisa so’zi haqida boshqa mavzuda ma’lumot beramiz). Oddiy va kabisa yillarining almashish tartibi doimo bir xil. Lekin asriy yillar bu qoidadan mustasnodir. Ular uchun maxsus tartib o’rnatilgan. 2100, 2200 hamda 2300-yillar hisobda tashlab o’tiladi va ular oddiy yil hisoblanadi. 2000 va 2400-yillar esa kabisa yillari bo’ladi. Demak, asriy yillarning almashish qoidasi quyidagicha: yuz yilliklarning soni to’rtga bo’linadigan asriy yillargina kabisa yil hisoblanadi. Yil o’n ikki oyga bo’lingan. Lekin oy kunlarining miqdori bir xil emas. Yildagi eng qisqa oy fevral hisoblanadi. U 28 yoki 29 (kabisa yiliga; 366 kun shu oyda) kundan iborat. Boshqa qolgan oylar esa 30 va 31 kundan iborat. Oylar ham o’z vaqtida yetti kunlik haftalarga bo’lingan. Har bir oy to’rt yoki to’rt yarim haftadan iborat. Har bir yil esa ellik ikki hafta-yu va yana bir yoki ikki kunni o’z ichiga oladi. U ana shu bir yoki ikki kunni o’zidan keyin keladigan yilning birinchi haftasidan “qarzga” oladi. Hozirgi bizning davrimizda Kishilar foydalanayotgan kalendar tartibi qisqacha shunday. U hali unchalik mukammal emas. Bu kalendar uzoq o’tmishda yaratilgandan buyon ham turli davrlarda turli olimlar, shu soha mutaxassislari, davlat va diniy asboblarning takror-takror “hujumi”g’a uchragan, isloh etilgan. Oylarning nomlanishi ham ma’qul emas. (A.D.) Kalendar deganda biz Hozir vaqtning asr (yuz yil) yillar, oylar va kunlardan iborat uzoq muddatli bo’laklarini hisoblovchi har qanday sistemani tushunamiz. Demak, kalendar vaqtning tabiat hodisalarining takrorlanishida yaqqol seziladigan uzoq muddatli bo’laklarini hisoblash tizimidir. Bu tizimda yil kunlarini hisoblash uchun ma’lum bir tartib belgilangan va yil hisobi boshlangan davr albatta ko’rsatilgan bo’ladi. “Kalendar” termini lotincha “kalendarium” hamda “kaleng” sо`zlaridan olingan bо`lib, “qarz kitobi” ma`nosini anglatadi. Qadimgi Rimda qarzdor kishilar о`z qarzlarini ma`lum foizini odatda har oyning birinchi kunida tо`lashar edi, shuning uchun har oyning birinchi kuni kalend deb atalgan. Rimliklar, masalan, 1 yanvarni “yanvar kalendi”, 1 fevralni “fevral kalendi” va xoqazo deb atashgan. Demak, bu sо`z bizga qadimgi rimliklardan yetib kelgan. Lekin kalendar turli mamlakatlarda turlicha paydo bо`lgan. Kalendarning yaratilish tarixi ancha ilgari boshlangan. Kishilarning chorvachilik, dehqonchilik va boshqa hayotiy extiyojlar tufayli vaqtning kun, oy hamda yil kabi о`lchov birliklarini bir-biriga muvofiqlashtirishlari oqibat natijada kalendarni keltirib chiqargan. Vuqorida ta`kidlaganimizdek, turli xalqlar turli davrlarda turlicha kalendar yaratganlar. Biroq yer yuzidagi turli xalqlarning xо`jalik hayot shakllari va yashash sharoitlari asosan bir xil bо`lganligi sababli ular yaratgan kalendarlar ham bir-biriga о`xshash bо`lgan. Har qanday stivilizatsiya kо`pdan-kо`p Xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta`sirining maxsulidir. Dunyoda turli xalqlar orasida kelib chiqqan barcha kalendar tizimlarini ularning nazariy xususiyati va moxiyati e`tibori bilan quyidagi uch turga bо`lish mumkin: shamsiy kalendar, qamariy kalendar va qamariy-shamsiy kalendar. Ilk jamiyat rivojining birinchi bosqichida vaqt hisobi kun va tun almashuvi asosida olib borilgan. О`sha davr odamlari oy о`z kiyofasini doimo о`zgartirib turishiga о`z e`tiborlarini karatganlar. Keyinroq oy fazalariga qarab yangi oy, tо`lin oy sifatida hisob yuritilgan. Biz bilamizki har bir yangi oy chiqishhi bilan boshlanib 29 kun davom etadi. Qamariy kalendar tarixiy jixatidan eng birinchisi hisoblanadi. Download 122.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling