Mundarija kirish I bob. Kompetensiyaviy yondashuv asosida boshlangʻich sinf oʻqish darslarida vatan mavzusi II bob. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida vatan mavzusi bilan bogʻliq asarlarni oʻqitishda zamonaviy yondashuv


Download 41.06 Kb.
bet1/10
Sana04.02.2023
Hajmi41.06 Kb.
#1158359
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MDI kompitensiya


MUNDARIJA
KIRISH................................................................................................................... 3
I BOB. KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV ASOSIDA BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA VATAN MAVZUSI
II BOB. BOSHLANGʻICH SINF OʻQISH DARSLARIDA VATAN MAVZUSI BILAN BOGʻLIQ ASARLARNI OʻQITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV
2.1. Ona - Vatan haqidagi asarlarni oʻqitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qoʻllash metodikasini takomillashtirish
2.2.Ona-Vatan mavzusi bilan bogʻliq materiallarni oʻqitishda noan’anaviy darslarni tashkil qilish

I BOB.
Kompetensiya haqida tushuncha
Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Oʻqituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qoʻyiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
Zardoʻsht ta’limotida, “muallim — kohinlarning burchlari bolalarga bilimlarni yaxshilik yoʻsinida oʻrgatib, ularni yaxshi bilan yomonni ajratadigan qilib tarbiyalash va toʻgʻri yoʻlga hidoyat etishdir” deyilgan. Uning “yasht”larida aqlu farosat bilan, yomonlikka qarshi kurashni amalga oshirib, bolalar ruhiyatiga rost soʻz, pok aqida, halol niyatni singdiradigan ustoz-muallimlar peshvosi madh qilinadi.
Shuningdek, “Avesto”ning “Yasht”larida tanballigi, befarqligi, mas’uliyasizligi, loqaydligi, farosatsizligi, oʻquvsizligi, bilimi va malakasini takomillashtirmasligi oqibatida bolalar zehnini, ularning mustaqil tafakkurini oʻtmaslashtiradigan, ayni chogʻda, yoshlarning aqlini “Zanglatadigan”, hayotga, mehnatga munosabatlarini susaytiradigan, imon-e’tiqodini zaiflashtirib, ma’anaviy jihatdan qashshoqlashtiradigan “Yomon ustozlar” qattiq qoralanadi.
Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida shunday deyiladi: “Noshud, yomon muallim oʻquvchi qalbidan hunarmandchilikni yoʻqotar ekan, ey yazdon, yomon ustozdan oʻzing asra”.
Talabalarga bilim berish oʻqituvchining mas’uliyatli burchidir, deb Ibn Sino oʻqituvchining shaxsiyati qanday boʻlishi kerakligi haqida quyidagi fikrlarni bildirgan:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy boʻlish;
— beriladigan bilimni talabalar qanday oʻzlashtirib olayotganiga e’tibor berish;
— ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish;
— talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;
— fanga qiziqgira olish;
— berilgan bilimlarning eng muhimini ajratib oʻqitish;
— bilimlarni talabalarning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;
— har bir soʻzning bolalar hissiyotini uygʻotish darajasida boʻlishiga erishish zarur.
Muhammad Taragʻay Mirzo Ulugʻbek davrida ilm-fan, adabiyot va san’at, ma’rifatchilik jadal taraqqiy etgan. Shuningdek, oʻqitishning sinf tizimlari, bolalarni yoshi boʻyicha tabaqalashtirib oʻqitish, oʻquv-tarbiya ishlarining aniq bir muddatini belgilab qoʻyish kabi gʻoyalar ilgari surilgan va ma’lum darajada amalga oshirilgan. Shu bilan birga Ulugʻbek oʻqituvchi va mudarrislarning insoniy xislatlariga bilimi va mahoratiga katta ahamiyat bergan. Ularning moddiy ehtiyojlari davlat ta’minotidan qondirilishini yoʻlga qoʻygan, eng mahoratli ustozlarni e’zozlagan. Ayni paytda, u mudarrislarning dars berishdan tashqari ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishlarini talab qilgan.
Shunga oʻxshash fikrlarni Gʻarb pedagoglari ham aytib ketishgan. Jumladan, Disterverg: “Yaxshi oʻqituvchi oʻzining tarbiya prinsiplaridan hech qachon qaytmaydi. Oʻqituvchi oʻz ustida doimo mustaqil ishlashi lozim, yomon oʻqituvchi haqiqatni aytib qoʻya qoladi, yaxshi oʻqituvchi esa bolalarga haqiqatni topishga oʻrgatadi” degan.

Download 41.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling