Mundarija Kirish I bob. Korxonada moliyaviy natijalar auditi
II BOB MOLIYAVIY FAOLIYATGA DOIR XARAJATLAR VA DAROMADLAR HAMDA FAVQULODDA OLINGAN FOYDA (KO’RILGAN ZARAR) LARNI TEKSHIRISH
Download 149.47 Kb.
|
kurs ishi 50 bet
II BOB MOLIYAVIY FAOLIYATGA DOIR XARAJATLAR VA DAROMADLAR HAMDA FAVQULODDA OLINGAN FOYDA (KO’RILGAN ZARAR) LARNI TEKSHIRISH
2.1 MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITINING MAQSADI VA MA'LUMOT MANBALAR Auditor (lar) O`zbekiston Respublikasi moliya vazirligining 2002 -yil 27 dekabrdagi 140-son buyrug`i bilan tasdiqlangan «Moliyaviy hisobot shakllarini to`ldirish bo`yicha qoida» ga muvofiq moliyaviy hisobotni mulkchilikning barcha shakllariga mansub, O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko`ra yuridik shaxs hisoblangan korxona va tashkilotlar (bundan sug`urta tashkilotlari va banklar mustasno), shuningdek mulkida, xojalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo`lgan va o`z majburiyatlari bo`yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balans va hisob-kitob raqamiga ega bo`lgan, soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to`lovchi hisoblanadigan alohida bo`linmalar taqdim etish kerakligini bilishi kerak. Agar asosiy fondlarni qayta baholash hisobot yilining birinchi sanasi holatiga o`tkazilsa, qayta baholash natijalarining ko`rsatkichlari hisobot yilining boshiga shakllanadigan moliyaviy hisobotga qabul qilinadi. Bunda o`tgan yilning oxiridagi ko`rsatkich hisobot yilining boshidagi ko`rsatkichga mos kelmasligi, asosiy vositalarni hisobot yilining birinchi sanasiga o`tkazilgan qayta baholashning natijasi deb tushuniladi va joriy davrning moliyaviy hisobotidagi tushuntirish xatida bayon etiladi (O`zR AV 12.11.2003 y. 1209-1-son bilan ro`yxatga olingan O`zR MV Buyrug`i taxriridagi xat boshi). O`zbekiston Respublikasi “Auditorlik faoliyati to`g`risida” qonunning 10moddasida ko`rsatilgan yuridik shaxslar soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o`tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay, moliyaviy hisobotning to`g`riligi to`g`risida auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar. Tashabbusli auditorlik tekshiruvi o`tkazilgan taqdirda korxona moliyaviy hisobotining to`g`riligi to`g`risida auditorlik xulosasining nusxasi soliq organlariga auditorlik tekshiruvi o`tkazilganidan keyin 15 kun davomida taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot shakllarida barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan ko`rsatkichlar to`ldirilishi kerak. Korxonada tegishli aktivlar, passivlar, operatsiyalar mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) to`ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustiga chizib qo`yiladi. Auditor moliyaviy hisobot shakllarining manzil qismi quyidagi tartibda to`ldirilishiga e'tibor berishi kerak: “Korxona, tashkilot” rekviziti - korxonaning to`liq nomi (belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan ta'sis hujjatlariga muvofiq) va KTUT ga ko`ra uning kodi ko`rsatiladi; “Tarmoq” rekviziti - korxona tarmog`i va XXTUTga ko`ra tarmoq kodi ko`rsatiladi; v) “Tashkiliy-huquqiy shakl” rekviziti - korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va THTga ko`ra tashkiliy-huquqiy shaklning kodi ko`rsatiladi; g) “Mulkchilik shakli” rekviziti - korxonaning mulkchilik shakli va MSHTga ko`ra mulkchilik shaklining kodi ko`rsatiladi; “Vazirliklar, idoralar va boshqalar” rekviziti - ixtiyorida korxona turgan (agar umavjud bo`lsa) va unga moliyaviy hisobot yo`naltiriladigan organning nomi hamda DBPBTga ko`ra ushbu organning kodi ko`rsatiladi; “Soliq to`lovchining identifikatsiya raqami” rekviziti - STIR bo`yicha korxonaning identifikatsiya raqami ko`rsatiladi; j) “Hudud” rekviziti - MHOBT bo`yicha kod ko`rsatiladi; z) “Manzil” rekviziti - korxonaning to`liq yuridik manzili ko`rsatiladi. Moliyaviy hisobotni tuzish chog`ida O`zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni, O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobi milliy standartlariga, shuningdek buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo`yicha boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanish lozim. Korxona va tashkilotlar barcha alohida mustaqil balansga ajratilmagan bo`linmalarining faoliyat ko`rsatkichlari moliyaviy hisobot shakllarining ko`rsatkichlariga kiritilishi kerak. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o`tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo`lishi kerak. Inventarizatsiya O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 -yil 19 -oktyabrda EGG`17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi 19-son “Inventarizatsiyani tashkil etish va o`tkazish” nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro`yxat raqami 833, 1999 -yil 2 -noyabr) da belgilagan tartibda o`tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini inventarizatsiyalashlar ham o`tkazilishi kerak, ular o`zaro hisobkitoblar saldosini tasdiqlaydigan solishtirish dalolatnomalari yoki xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O`tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o`tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak. Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi. Moliyaviy hisobotda o`chirish va ustiga yozishlar bo`lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko`rsatadilar. Joriy hamda o`tgan yil hisobot ma'lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma'lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma'lumotlarga kiritiladi. Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish chog`ida daromadlarni yashirish yoki ular bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlarni davr xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) kiritish natijasida moliyaviy natijalarni kamaytirib ko`rsatish aniqlangan holda buxgalteriya hisobi va o`tgan yil uchun moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki joriy yilda hisobot davrida aniqlangan o`tgan yillar foydasi sifatida aks ettiriladi. Korxonada auditni o`tkazish vaqtida buxgalteriya hisobi schyotlaridagi yozuvlarning tekshiruvi eng mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi, zero bu korxona moliyaviy-xojalik faoliyati ko`rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma'lumotlar olinadigan moliyaviy hisobot shakllaridagi ko`rsatkichlarni ishonchliligini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Ushbu ishni malakali bajarmasdan turib, haqqoniy auditorlik xulosasini tayyorlash uchun asosiy baza hisoblangan hisobot ko`rsatkichlari ishonchliligiga to`liq ishonch hosil qilib bo`lmaydi. Korxona moliyaviy-xojalik faoliyatining auditorlik tekshiruvini o`tkazishda hisobot shakllaridagi ko`rsatkichlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlar auditning ma'lumot bazasi sifatida qo`llaniladi. Korxona faoliyatining ahvoli to`g`risida aksariyat ma'lumot hisobot davrida pul ifodasida korxona faoliyati natijalari va moliyaviy holatini tavsiflovchi moliyaviy hisobotda mavjuddir. Hisobot davrida audit o`tkazish uchun ma'lumot materiallari korxonaning hisob registrlari - Bosh kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to`lov qaydnomalari, shaxsiy schyotlar, tahliliy hisob varaqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob registrlarida korxonaning moliyaviy va xojalik operatsiyalari bo`yicha barcha buxgalteriya yozuvlari ikki yoqlama yozish usuli bilan jamlanadi, ya'ni, har bir xojalik operatsiya tegishli schyotlarning debeti va kreditida aks etildi. Yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv o`tkazganda auditor hisob registrlarida buxgalteriya schyotlari, qayd etilgan registrlarda xojalik operatsiyalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to`g`ri korrespondentlanganligini baholashi va kelajakda to`g`rilash maqsadida, tasodifan sodir etilgan xatolarni va tasodifiy noto`g`ri buxgalteriya yozuvlarini (o`tkazmalarini) aniqlashi lozim. Shuning bilan bir qatorda, hisobot ma'lumotlari, ayniqsa, korxona moliyaviy faoliyati natijalarini tavsiflovchi ko`rsatkichlarni, uning asosiy aylanma aktivlar miqdorini, o`zining moliyaviy va mulkiy holatini yaxshi tomondan ko`rsatish uchun boshqa korxonalar va banklarga bo`lgan qarzlarni yashirib ko`rsatish maqsadida ataylab sodir etilgan xatolar aniqlanadi va bular haqida korxona rahbariyatiga ma'lumot taqdim etiladi. Bunday tekshiruv hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi, chunki ayrim rahbarlar, soliq to`lovlarini kamaytirish, kelajakda kredit olinishini ta'minlash va tashqi foydalanuvchilarga noto`g`ri ma'lumotlar taqdim etish maqsadida o`zlarining hozirgi kundagi haqiqiy moliyaviy va mulkiy holatini ko`rsatishni istamaydilar, korxonaning hisobot ma'lumotlarini, shu jumladan, tegishli moliyaviy xojalik operatsiyalari bo`yicha aylanmalarni noto`g`ri aks etish hisobiga, buzib ko`rsatishga harakat qiladilar. Shularni hisobga olgan holda, xalqaro auditorlik andozalarida ham, korxonalarda tovlamachilik yoki xato tavakkalchiligini oshiruvchi imkoniyatlar vujudga kelishi nazarda tutiladi. Buxgalteriya schyotlaridagi yozuvlar, buxgalteriya schyotlari korrespondentlanishi hamda pul ifodasida to`g`ri asoslanganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli bo`lgan va amalda sodir etilgan xojalik operatsiyalarini yozma ravishda tasdiqlovchi, buxgalteriya hisobi ma'lumotlariga huquqiy maqom beruvchi dastlabki hujjatlarni diqqat bilan o`rganib chiqish lozim. Ma'lumki, buxgalteriya hIsobida barcha yozuvlar dastlabki hujjatlar asosida yuritiladi. Bundan keyin, undagi ma'lumotlar hisob registrlariga ko`chirib yoziladi, u erda ular bir xil tizimga keltiriladi, ya'ni, buxgalteriya schyotlarida qayd etiladi.Hisobot davrining oxirida hisob registrlari ma'lumotlariga asosan korxona hisoboti to`ldiriladi. Dastlabki hujjatlar hisob ma'lumotlari harakatini boshlab beradi, korxona moliyaviy-xojalik faoliyatini yoppasiga va uzluksiz aks etish uchun buxgalteriya hisobini kerakli bo`lgan ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Hisobga olish uchun faqat to`g`ri rasmiylashtirilgan, ya'ni, barcha rekvizitlari to`ldirilgan hujjat qabul qilinadi. Faqat shu holatda dastlabki hujjat huquqiy maqomga ega bo`ladi. Bunday rekvizitlar bo`lib: hujjat nomi, kodi; tuzilgan sanasi, xojalik operatsiya mazmuni; xojalik operatsiya o`lchamlari (natura va pul ifodasida); xojalik operatsiyalari sodir etilishi bo`yicha va to`g`ri rasmiylashtirilishi yuzasidan mas'ul mansabdor shaxslar lavozimlari, shaxsiy imzolar va ularning yoritishlari va boshqalar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ayrim rekvizitlarni kodlar bilan almashtirib yozishga ruxsat etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi hisoblash texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan bo`lsa bunday holatlar ko`proq uchraydi. Dastlabki buxgalteriya hujjatlarIdagi yozuvlarni siyoh, kimyoviy qalam, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinkalari, komputerning printeri va boshqalar bilan amalga oshirish mumkin.Har bir korxonada rahbar bosh buxgalter bilan kelishgan holda dastlabki hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo`lgan shaxslar ro`yxatini tasdiqlaydi. Buxgalteriyaga kelib tushgan barcha dastlabki hujjatlar majburiy tekshiruvdan o`tkazilishi lozim. Tekshiruv hujjatlarining shakllari (hujjatlar va uning rekvizitlari to`liq va to`g`ri rasmiylashtirilganligi) va mazmuni (operatsiyalar qonuniyligi, alohida ko`rsatkichlarning logik jihatdan bog`langanligi) bo`yicha amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka zid holda sodir etilgan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni ijro etish va rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunday hujjatlar tegishli qapop qabul qilish uchun korxona rahbari va bosh buxgalteriga topshiriladi. Qayta ishlovdan o`tgan dastlabki hujjatlar, ulardan qaytadan foydalanish imkoniyatini bartaraf etish maqsadida, tegishli belgilar bilan tamg`alanishi lozim. Download 149.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling