Tadqiqot predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayoning rivojlanishi va elementar matematik malakalarini amalga oshirish yo‘llari vositalarini, shakllarini, metodlarini tadqiq etish.
Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayoning rivojlanishi va elementar matematik malakalarini amalga oshirish yo‘llari rivojlantirishdan foydalanish imkoniyatlari, shakllari, vositalarini o‘rganish va amaliyotda tadbiq etish.
Tadqiqot ob’ekti: Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayoning rivojlanishi va elementar matematik malakalarini amalga oshirish jarayoni.
Tadqiqotning vazifalari:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayoning pedagogik muammosini dolzarbligini asoslash;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish va elementar matematik malakalarini amalga oshirishning samarali shakl va metodlarini aniqlash;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini shakllantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish;
- Tadqiqot jarayoni va natijalarining pedagogik-psixologik tahlilini amalga oshirish
Tadqiqot metodlari:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonini tarbiyalash haqidagi bilimlari va tasavvurlarini aniqlash uchun suhbat metodi;
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilish jarayonlari va elementar matematik malakalarini amalga oshirishdan qanchalik foydalana bilish haqidagi fikrlarini bilish maqsadida so‘rovnoma metodi;
3. Bolalar faoliyatini tahlil qilish;
Tadqiqot ishining yangiligi: Ilmiy ishning yangiligi Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari va elementar matematik malakalarini amalga oshirish yo‘llarini tarbiyalashda qanday metodikalardan foydalanish munosabatlarini shakllantirishdan iborat va bolalarni bilish va elementar matematik malakalarini amalga oshirish jarayoni kuzatiladi va yuqori samaraga erishish imkoniyatini berishi bo‘yicha tadqiqiy ishlar olib boriladi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy-amaliy ahamiyati: Magistrlik dissertatsiya ishi Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilish jarayonlari va elementar matematik malakalarini amalga oshirish yo‘llari muammosini o‘rganishdan to‘plangan materiallar maktabgacha pedagogika, oila pedagogikasi, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha bilimlarni nazariy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |