Mundarija kirish i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonining rivojlanishi va elementar matematik malakalarini amalga oshirishning nazariy asoslari


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………


Download 55.5 Kb.
bet2/5
Sana12.03.2023
Hajmi55.5 Kb.
#1262236
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUNDARIJA

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati …………………………………………….
Ilovalar ……………………………………………………………………………

Kirish
Maktabgacha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari o‘yinchoqlar berish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. O‘zbekiston Respublikasini rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash, yosh avlodning komil inson bo‘lib kamol topishiga bevosita bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017-yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yildi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi –faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari qatorida ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish berish belgilandi. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir. Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir.
Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda. Shu jumladan, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”. Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi. Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi. Mahalliy psixologlarning fikriga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalarning yoshi, ayniqsa bolalarning sezgirligi va axloqiy rivojlanishga moyil bo‘lgan davridir. Axloqiy ko‘nikmalar ta'limoti bolaning axloqiy tafakkurini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ma’naviy tarbiyasida bolaning axloqiy odatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bu uning xulq-atvori, nutqi, tashqi ko‘rinishi, moddiy narsalarga bo‘lgan munosabati, o‘z tengdoshlari va boshqalar bilan muloqot tarziga ta’sir qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, – degan fikrlari yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida yetuk, barkamol etib tarbiyalashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.1
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish”2 kabi muhim vazifalar belgilangan.
Bugungi globallashuv jarayonida dunyo miqyosida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning innovatsion modellari va mexanizmlari ishlab chiqish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini pedagogik texnologiyalar va ta’lim strategiyalari bilan o‘zaro uyg‘unlikda bag‘rikenglik munosabatlari ruhida va ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni sog‘lom muhitda ta’lim va tarbiya olishlarini ta’minlash, ularni boshlang‘ich maktab ta’limiga sifatli tayyorlash dolzarb yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga moslashuvining yengil o‘tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etilganligi, ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning 70% ni 5 yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z onatilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir millatning o‘z ma’naviy qiyofasi mavjud. Bugungi kunda har tomonlama taraqqiy topib borayotgan jamiyatimizda ma’naviyatni yuksaltirish yuksak vazifalardan biridir. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy-madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog‘lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o‘rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo‘lishi, milliy iftixor va g‘urur tuyg‘ularining to‘g‘ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg‘undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o‘ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to‘g‘ri munosabatlarni shakllanishi yo‘llarini ham o‘rganishi kerak. Aks holda yoshlar ongidagi o‘zgarishlarni aniq bashorat qilolmaslik, ularni to‘g‘ri tarbiyalash vositalarini tanlashda xatoliklarni keltirib chiqaradi. Inson psixikasi – psixika taraqqiyotning eng oliy bosqichidir. Psixologiya sohasida tadqiqotlar boshlanganiga davrga sal kam 160 yil bo‘ldi. Shu davr ichida juda ko‘plab ilmiy tadqiqot natijalarini o‘z ichiga olgan monografiyalar, darsliklar, qo‘llanmalar yozildi. Lekin, bu bilan fan o‘zining jamiyat oldidagi vazifalarini to‘laqonli bajara oldi, degan xulosa chiqarib bo‘lmadi. Sababi, psixologiya sohasida faoliyat ko‘rsatgan barcha olimlar ko‘proq diqqatlarini mavhum shaxs va individual psixologiyaga qaratdilar. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta‟siri masalasi o‘tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o‘ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. Ma’naviyatimizni yanada rivojlantirishda esa millatimiz tarixini,ma’naviy qiyofasini o‘zida badiiy aks ettirgan tarixiy badiiy hamda ilmiy asarlarning ahamiyati va o‘rni beqiyosdir.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling