Kurs ishining maqsadi: Matematika mashg’ulotlarida bolalarga fazo haqidagi tushunchalarni shakllantirish jarayonini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:
Tarbiyachining jamiyatda tutgan o’rni kasbiga qaratilgan va bo’lajak tarbiyachilarni tayyorlashga yo’naltirilgan qonun, Prezident farmonlari va me’yoriy hujjatlarni o’rganish.
Tarbiyachining turli fanlarga qiziqishi va bolalarga munosabatlarini o’rganish yuzasidan xulosalar ishlab chiqish.
Matematika mashg’ulotlariga qo’yiladigan talablarni o’rganish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda fazo haqida tushunchalarni shaqllantirishni ta’minlaydigan vositalar ishlab chqish va tajribada tekshirish.
O’yin orqali matematik tasavvurlarni shakllantirishni asoslash.
Kurs ishining obyekti: Bolalarni fazo bo’yicha mustaqil matematik faoliyatga mo’ljal olishga o’rgatish va rahbarlik qilish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Bolalarini fazo bo’yicha mo’ljal olishga o’rgatishning mazmuni.
Kurs ishining metodlari:
Kurs ishi mavzusi va muammolari yuzasidan pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarni o’rganish.
Kuzatish metodi.
Eksperiment-tajriba sinov metodi
Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi.
Kurs ishining metodoligik asosi: O’zbekiston Respublikasi “Talim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” to’g’risidagi qonunlar, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan me’yoriy xujjatlar, mavzuga tegishli ilmiy-pedagogik asarlar, olimlarning matematik tasavvurlarni shakllantirishga oid ta’limotlari mazkur tadqiqot ishining metodologik asosi hisoblanadi.
Kurs ishining ilmiy ahamiyati:Tadqiqot jarayonida tarbiyachi ish faoliyatidagi kamchiliklar va muammolar o’rganilib chiqildi. Ta’lim-tarbiya jarayonida tarbiyachi ish faoliyati kuzatildi, tahlil qilindi va ularga uslubiy yordamlar berildi. Hamda ularni amaliyotda qo’llash yo’llari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |