Mundarija: Kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash


Download 135.98 Kb.
bet1/7
Sana09.11.2023
Hajmi135.98 Kb.
#1760380
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashda innovatsion texnologiyalardan foydalanish


MUNDARIJA:


Kirish……………………………………………………………………………..3
I Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanib tarbiyalash…………………………………………………………..6
1.1.Inavatsion talim texnologiyalarin haqida……………………………...6
1.2.Bolalarni tarbiyalashda differentsialangan texnologiyalarning ro’li…10
II Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsion texnoligiyalardan foydalanish usullari……………………………………….17
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish va rivojlantirishning innovatsion pedagogik tizimlari va texnologik usullar………………….17
2.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda innovatsion texnoligiyalardan foydalanishda TRIZ usulining ahamiyati……………23
Xulosa………………………………………………………………………….26
Foydalanilgan Adabiyotlar…………………………………………………..28

Kirish
Mavzu dolzarbligi: Maktabgacha taʼlimga oid qaror farmon va farmoyishlarni sohaga keng tatbiq etish usullari.Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi
Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanining maydonga kelishiga sabab bo‘lgan. Insonni ma’rifatli va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fanining yetakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika - yunoncha so‘z bo‘lib, “bola yetaklovchi” – ma’nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonnni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o‘rin egallaganlining bosh masalasi tarbiyadir.
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta‘lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muamrnolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash ularga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Maktabgacha pedagogika tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlarini o‘rganadi va maktabgacha ta'lim muassasasi sharoitida ta’lim-tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, shakl, uslub va vositalar hamda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning har tomonlama uyg‘un rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan shart-sharoitlarni ishlab chiqadi. U maktabgacha ta’lim muassasalari oila va maktab ishidagi izchillikni ta’minlaydi hamda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlaydi.
Maktabgacha pedagogika fani bola shaxsini rivojlantirishning ikki muhim jihati - uni o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos — o‘rgatuvchi, didasko – o‘rganuvchi”) ta'limning nazariy jihatlari, ta'lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, tarbiyachi va tarbiyachi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, uslub, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo`llari kabi muammolarni tadqiq etadi. Tarbiya nazariyasi - pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri b o‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, uslub, vosita va usullari, uni tashkil etish muammoiarini o‘rganadi.

Download 135.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling