Mundarija kirish i-bob. Milliy iqtisodiyotni agrar sektorida iqtisodiy munosabatlarning tavsifiva ularniisloh qilish zarurligi
Download 0,59 Mb.
|
Kursovoy AGRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy iqtisodiyotning agrar sektoridagi islohotlarning ustuvor yo’nalishlari” mavzusidagi
- 145-22 guruh talabasi Safarboyev Oralboy
- KIRISH…………………………………………………………………...……3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIOLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGITOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI« MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALARI»fakulteti«SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI » kafedrasi«Iqtisodiyot asoslarii» fanidan“Milliy iqtisodiyotning agrar sektoridagi islohotlarning ustuvor yo’nalishlari” mavzusidagiKURS ISHIIlmiy rahbar: dots . Kariyeva . L . S Bajardi:“Muhandislik texnologiyalari” fakulteti 60310100 Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi 1-kurs145-22 guruh talabasi Safarboyev O'ralboyTOSHKENT - 2023MAVZU: MILLIY IQTISODIYOTNI AGRAR SEKTORIDAGI ISLOHOTLARNING USTUVOR YO‘NALISHLARIMUNDARIJA KIRISH…………………………………………………………………...……3I-BOB. MILLIY IQTISODIYOTNI AGRAR SEKTORIDA IQTISODIY MUNOSABATLARNING TAVSIFIVA ULARNIISLOH QILISH ZARURLIGI 1.1. Agrar munosabatlar va va ularning bozor tizimidagi xususiyatlari……………6 1.2.. Qishloq xo’jaligidayеr rentasi va uning turlari. Agrobiznes………………...10 1.3.O’zbekiston agrar sektorni isloh qilish зарурлиги ………………..……...17 II-BOB.O‘ZBEKISTONDA AGRAR SEKTORNI ISLOH QILISH JARAYONINING TAHLILI 2.1. Mamlakatimiszda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va yangi agrar munosabatlarni shakllanishi.……………………………………………………...23 2.2. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish:muammolar,xususiyatlat......................30 2.3. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini yanadarivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari……………………………………………………………………….38 XULOSA ………………………………………………………………………...43 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI………………………….46 KIRISH Agrar islohotlar, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar — davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqlab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi. Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi — anʼanaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19-20-asrlarda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi — bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi — 90-yillar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar Birinchi toifadagi islohotlar qishloq xoʻjaligida tovar ishlab chiqarishni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi. Zamindorlar mulki boʻlgan yer uni ekadiganlarga — dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va boshqa mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, qishloq xoʻjaligida stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan qishloq xoʻjaligidan erkin bozor xoʻjaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki dehqonlar oʻrtasida bepul, qisman bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz manfaatini koʻzlab ish yuritadi.20-asr davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi. Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylan-tirildi. Bunday islohotlar 1917-22 yillarda oʻtkazildi. 1925-26 yillarda yer-suv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-yillar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929-32 yillar mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi, qishloq xoʻjaligi totalitar-rejali tizim girdobida qoldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling