Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati
Download 260.63 Kb. Pdf ko'rish
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va faro‘on demokratik O‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” –T.: “O‘zbekiston” 2016-y -56-b. 2.Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -104-b. 3.Axmedov M. , Abduraxmonova N., Jumaev M.E. Birinchi sinf matematika darsligi metodik qo‘llanma.)Toshkent. ―SHarqr‖ 2005 yil., 4.Bikbaeva N.U, R.I.Sidelnikova,G.A.Adambekova. Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (O‘rta maktab boshlang‗ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.) Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2006 yil. 5.Jumaev M.E, Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan praktikum. (O O‘YU uchun ) Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2014 yil. “Maktabgacha ta’lim” jurnali maqolalari 6.Bikboeva.N.U. YAngiboeva e.YA. Ikkinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2012 yil. 7.Bikboeva.N.U. YAngiboeva e.YA. Uchinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 2015 yil. 8.Jumaev M.E, Tadjieva Z.G‗. Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. (OO‘YU uchun darslik.) Toshkent. ―Fan va texnologiya‖ 2015 yil. 9.M. Umarova, Sh. Hakimova. O‘qish kitobi (3-sinf uchun darslik).— Т.: Cho‘lpon, 2008. 10. M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 4-sinfda ona tili darslari. —Т.: “O‘qituvchi", 2005. 11. B. Ma’qulova, S. Sa’diyeva. Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlaii (4-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma). — Т.: ,”O‘qituvchi”,1997. 12. B. Ma’qulova, S. Matchon. Kitobim-oftobim (4-sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi”, 2000. 13. В. Ma’qulova, D. Nasriddinova. Kitobim — oftobim (4-sinfdan tashqari o ‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008. 14.Boshlang‘ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari / Tuzuvchilar: Q. Abdullayeva, M. Ochilov, K. Nazarov, S. Fuzailov, N. Bikboyeva. —Т.: 1994. 15. J. G‘. Yo‘ldoshev, S. A. Usmonov. Pedagogik texnologiya asoslari.— Т.: “O‘qituvchi”, 2004. 16. Y. Abdullayev. Eski maktabda xat-savod o‘rgatish. - Т. “O‘qituvchi", 2005. 17. K. Qosimova. Boshlang‘ich sinflarda imlosi qiyin so‘zlarni o‘rgatish. — Т.: 2002 18. К. Qosimova, S. Fuzailov, A. N e’matova. Ona tili (4-sinf uchun darslik). — Т.: Cho‘lpon, 2005. 19. K. Qosimova, A. Ne’matova. 4-sinfda ona tili darslari. — Т.:Cho‘lpon, 2004. 20. B. Ma’qulova, T. Adashboyev. Kitobim - oftobim (4 -sinf uchun sinfdan tashqari o‘qish kitobi). — Т.: “O‘qituvchi”, 1999. 21.M. Xudoyberganova, M. Muxtorova. 4-sinfda ona tili darslari. —Т.: “O‘qituvchi", 2005. 22. Kosimova K. “Boshlang‘ich sinflarda ona tili о’qitish metodikasi”.-T.,1985 23.M. Umarova, Sh. Hakimova. O‘qish kitobi (3-sinf uchun darslik).— Т.: Cho‘lpon, 2008. O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyoti • Hikoyalar bilan o‘qitish bolajonlar uchun juda juda qiziq bo‘ladi.Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta’minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о’z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о’zlashtirganligining kо’rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichikyoshdagi o‘quvchilaming badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar hisobga olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma’lum bo‘lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emotsional-estetik his etish ham kiradi.Badiiy asami yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o‘zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo‘lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. Psixologik tekshirishlar natijasida kichik yoshdagi o‘quvchilaming adabiy qahramonlarni idrok etishi va baholashidagi psixologik xusisiyatlari o‘rganilgan va ular adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo‘lishlari aniqlangan: 1. Adabiy qahramonga emotsional munosabat. 2. Elementar tahlil qilish. Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z shaxsiy va axloqiy tushunchalaridan foydalanadilar. Bunday axloqiy tushunchalar kichik yoshdagi o‘quvchilarda chegaralangan bo‘ladi, albatta.Ular axloqiy sifatlardan botirlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, yaxshilik tushunchalarini ko‘p ishlatadilar. Qahramonlaming boshqa sifatlarini tasvirlash uchun ulaming so‘z boyliklari yetishmaydi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar bilan asarni tahlil qilib, ular nutqiga personajlarning axloqiy, intellektual, emotsional sifatlarini tasvirlovchi so‘zlarni kirita borishdan iborat. Bu adabiy qahramonlaming xarakterini yaxshiyoritish shartlaridan biri hisoblanadi. Asardagi qahramonlaming xarakteri ulaming axloqiy sifatlarini anglash asosida tushuniladi. Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar quyidagi muhim metodik qoidalar asosida tahlil qilinadi: 1. Asar mazmunini tahlil qilish va to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini shakllantirish bir jarayonda boradi (asarning mazmunini tushuntirishga oid topshiriq o‘qish malakalarini takomillashtirish topshirig‘i ham hisoblanadi). 2. Asarning g‘oyaviy asoslari va mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig‘i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini tushuntirish o‘quvchilaming shaxs sifatida umumiy kamol topishiga yaxshi xizmat qiladi, shuningdek, bog‘lanishli nutqining o‘sishi (lug‘atining boyishi va faollashishi) ni ta ‘minlaydi. 3. O‘quvchilaming hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. 4. Sinfda o‘qishga o‘quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishning samarali vositasi sifatida qaraladi. Biz bilamiz,hikoyalar bolajonlar uchun juda qiziq bo‘ladi.Shu sabab biz bu bo‘limizda,bunga alohida to‘xtalishni xohladik. Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir” Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlaming xattiharakati, tashqi ko‘rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib boriladi.Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xattiharakat o‘rtasidagi bog‘lanishlami aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va iboralar ma’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahramonning xarakteri bolaga ta ‘sir etganini bilishdan iborat. Hikoyani izohli o‘qish darsini quyidagicha reja asosida olib boorish mumkin: 1. Hikoyani o‘qishga tayyorlash (hikoyadagi kabi odamlar hayoti va davrga xarakteristika berish va boshqa.). 2. Hikoyani o‘qish (bunda to ‘liq va m a ‘no jihatdan tugal qismni o‘qituvchi yoki oldindan tayyorlangan o‘quvchi ifodali o‘qishi mumkin). 3. Lug‘at ustida ishlash. 4. Idrok etishni tekshirish (qatnashuvchilarning xatti- harakatlari, shaxslar va voqealar o‘rtasidagi munosabatlar, badiiy vositalar yuzasidan qisqacha suhbat). 5. Hikoyani qayta o‘qish (qismlarga bo‘lib, rollarga bo‘lib o‘quvchilarga o‘qitish). 6. Hikoyaning har bir bo‘limi (qismi) yuzasidan suhbat uyushtirish, hikoya rejasini tuzish. 7. Reja asosida qayta hikoyalash. 8. Hikoya asosida ijodiy va mustaqil ishlar. 9. Hikoyani ifodali o‘qishga yoki sahnalashtirishga tayyorlanish(sinfda yoki uyda). 10. Hikoyani ifodali o ‘qish va ifodali qayta hikoyalash. Bugun biz siz bolajonlar uchun sarkarda ham,kuchli podishoh Amir Temur haqida tayyorlangan hikoyani o‘qib eshittiramiz.Kim o‘qishni xohlaydi. Mavzu : Amir Temur haqida hikoya. (Bo‘riboy Ahmedov) Dars haqida qisqacha ma’lumotlar:DTS talablari asosida dars o‘tish .O‘quvchilarni to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish. Markaziy Osiyo mutafakkir va ma’rifatparvarlarining asarlaridagi hikmat, o‘git va nasihatlarni o‘rgatib, ularga amal qilishni uqtirish; Mavzuni tushunarli qilib yoritib berish. O‘quvchilarga odob-axloq, do‘stlashish qoidalarini tushuntirish. O‘quvchilarda Amir Temur bobomizning ibrati orqali yaxshi xislatlarni hosil qilish. Barkamol avlodga xos odoblilik san’ati va madaniyatini o‘rgatish: o‘zbek xalqining milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish. Rivojlantiruvchi: Har bir o‘quvchining ifodali o‘qish ko‘nikmalarini va lug‘at boyligini rivojlantirish. O‘quv jarayoniga oid kompententsiya: TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash; Download 260.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling