Mundarija: kirish I. Bob. O‘qish darslarida hikoyaviy mavzularning maqsad,vazifalari va ta’limiy-tarbiyaviy ahamiyati


Download 260.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana03.12.2023
Hajmi260.63 Kb.
#1806560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
 
 
XULOSA


Albatta biz so‘zimiz so‘ngida shunga iqror bo‘ldik,hikoya bilan dars o‘tish 
juda muhimdir,bolajonlar qiziqib o‘rganishiga imkon beradi.Hikoya kichik hajmli 
badiiy asar bo‘lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea, hayotning muhim 
tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan 
bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». 
Hikoya mazmunan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. 
Kichik yoshdagi o‘quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko‘rinishi, 
portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko‘proq qiziqtiradi. Shuning 
uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog‘lab olib 
boriladi. Boshlang‘ich sinflarda hikoyani o‘qishga bag‘ishlangan izohli o‘qish 
darslarida o‘qilgan hikoya mazmunini ochish, lug‘at ustida ishlash, o‘qilgan 
matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni 
odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So‘roqlardan ikki maqsadda: hikoya 
mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-
hodisalar, xatti-harakat o‘rtasidagi bog‘lanishlarni aniqlash va umumlashtirish 
uchun foydalaniladi. Hikoyani o‘qish darsida o‘quvchilar tushunmaydigan so‘z va 
iboralar m a’nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini 
tushuna olmaydilar. Hikoyani o‘qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu 
asosda o‘quvchilar nutqini o‘stirish markaziy o‘rin egallaydi. Hikoya o‘qib 
bo‘lingach, o‘quvchilar o‘ylashi, o‘z mulohazalarini ay. tishi uchun 
tayyorlanishga vaqt berish kerak. O‘qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki 
savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram 
onning xarakteri bolaga ta’sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya 
sujeti, voqeaning yo‘nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, 
nihoyat, asarning asosiy g‘oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan 
foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan 
edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan 
bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, 


balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya 
beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich 
sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, 
yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar 
bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida 
imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish 
hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman 
olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat 
o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-
biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi 
yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, 
salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot 
duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb 
o‘ylayman. 

Download 260.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling