Mavzu: ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida fan va texnologiyalar bo’limini o’tishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija: kirish I bob. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida pedagogik texnologiya
Download 318.59 Kb.
|
FAN VA TEXNOLOGIYALAR BO’LIMINI O’TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB. BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YO`LLAR
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
MAVZU: ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA FAN VA TEXNOLOGIYALAR BO’LIMINI O’TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH MUNDARIJA: KIRISH I BOB. BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA, TEXNIKALARNI QO`LLASH METODIK ASOSLARI 1.1. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalarni qo`llashning metodik asoslari 1.2. O‘qitishning texnik vositalarining didaktik va nazariy asoslari II BOB. BOSHLANG`ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA ILG`OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YO`LLAR 2.3. Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni texnika vositalari asosida tashkil etish 2.2. Boshlabgich ona tili darslarida interfaol metodlarni qo`llash yo`llari XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O'zbekiston Respublikasi Prezdenti Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida ta'lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta'limnin yangi, zamonaviy usullarini jumladan, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydilar. Mazkur vazifalar muvaffaqiyatli hal etilishida yana bir omilning mavjudligi ya`ni uzluksiz ta`lim tizimni xodimlari, pedagog o`qituvchilar tomonidan zamonaviy ta`lim texnologiyalar mohiyatidan xabardorliklari hamda ularni ta`lim jarayonida samarali qo`llay olishda, shuningdek ta`lim jarayonida tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak o'qituvchi-pedagoglarining xususiy fanlari asoslarini o`qitishga yo`naltirilgan mashg`ulotlar jarayonini noan`anviy shakllarda tashkil etish, ta`lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalarda oqilona foydalana bilish ko`nikmalariga ega bo`lishi ta`lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o`zlashtirilishi, ularda amaliy ko`nikma va malakalarning hosil bo`lishini kafolati bo`la oladi. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni hamda Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasida ta`kidlanganidek, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi usullarni qo`llab, ularga fan asoslaridan chuqur bilim berish hozirgi zamon boshlang`ich talimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun esa yangi pedagogik texnologiyalarni ta`lim jarayoniga olib kirish lozim. Yangi pedagogik texnologiyalar boshlang`ich sinf o`quvchisining rivojlanishi va kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O'quv jarayonida ta'lim oluvchilar va pedagoglar o'rtasida o'ziga hos munosabatlar o'rgatilib bu jarayon ikki tomonning birgalikdagi faoliyati natijasida boradi. Shuning uchun ham ta'lim jarayoni ikki tomonlama harakterga ega deyiladi. Pedagoglar va talabalarning faollik darajasi ta'lim jarayonining samarasini belgilaydi. Albatta bu jarayonda pedagog yo'naltiruvchi sifatida maydonga chiqadi. Pedagog aniq maqsadni ko'zlab reja va dastur asosida bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantiradi. Talabalar esa ularni faol o'zlashtirib olishlari kerak. Ta'lim jarayonida pedagog o'rgatish, bilim, malaka, ko'nikma hosil qilish vazifasini bajarsa, talabalar o'zlashtirish jarayonini o'z boshidan kechiradilar. Bu murakkab psixik jarayon bo'lib, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur kabilar ishtirokida boradi. Ma'lumki, ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Boshlang`ich sinf ona tili darslarini tashkil qilish va o`tkazish masalasi darslarda texnika vositalaridan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo`llari yaxlit holda o`z tadqiqini topmagan masalalardan hisoblanadi. Bu esa mazkur masalaga bag`ishlangan ushbi bitiruv malakavi ish mavzusining dolzarbligini ko`rsatadi. Download 318.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling