Mavzu: ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida fan va texnologiyalar bo’limini o’tishda interfaol metodlardan foydalanish mundarija: kirish I bob. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida pedagogik texnologiya


Download 318.59 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi318.59 Kb.
#1523127
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
FAN VA TEXNOLOGIYALAR BO’LIMINI O’TISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

O‘qitishning texnik vositalari - ikkita tushunchaga ega:
texnik qurilmalar (apparat) va o‘qitishning didaktik vositalari (axborotlarni ifodalash),
Ingliz tili manbalarida O‘TV nomi audiovizual vositalar, ba’zan qattiq (hardvare) va yumshoq (softvare) ifodalanadi.

O‘TVlarini shartli tasniflanishi

O‘qitishning texnik vositalarining tasnifi


O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari,bilimlarni nazorat qilish, O‘qish va mustaqil o‘qish,trenajyor,ko‘makchi,kombinatsiya ќilingan.
O‘qitishga oid axborotlarni uzatishning texnik voitalari
diaproektorlar, grafoproektorlar, epiproektorlar, magnitofonlar, radioqurilmalar, musiqiy markazlar (audiosistemalar), proigrivatellar, radiouzllar, kinoproektorlar va kinoustanovka, televizorlar, videomagnitofonlar, SHEHM va boshqalar.
Ba’zi chet el pedagoglari o‘quv jarayonida o‘qitishning texnika vositalaridan keng ko‘lamda foydalanish o‘qituvchining mashina va uni boshqaruvchi muhandis bilan almashtirilishiga olib boradi, deb hisoblaydilar. Bunda o‘qituvchi tashkilotchi rolini bajaradi, o‘qitish vazifasi esa texnika vositalariga yuklanadi. Ammo o‘qitish jarayonida faqat bilim berilibgina kolmay, o‘qituvchi shaxsining murakkab ta’siri amalga oshiriladi hamki, buning natijasida o‘quvchining dunyoqarashi, xulk – atvor normalari shakllanadi, shaxsning kamol topishi sodir bo‘ladi. Bunga esa o‘qituvchining ishtirokisiz erishib bulmaydi: uning axlokiy prinsiplari chuqur bilimlar hamda keng saviya bilan birgalikda har gal takrorlanmaydigan intelektual alokaning shunday sharoitini yaratadiki, bunday sharoitsiz okibat natijada o‘qitish va tarbiyalashda muvaffakiyat kozonish mumkin bulmaydi.
Darslarda yangi materialni bayon etishda o‘qituvchi go‘yo eshittirib fikrlaydi, bunda u o‘quvchilarga bilim beribgina kolmasdan, ularga mantikan fikrlash, fan muammolarini hal qilishga ijodiy yondoshish uquvlarini singdiradi. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun bilimlar manbai va o‘quv jarayonini raxbarigina emas, balki taklid qilish uchun namuna xamdir. O‘qituvchini o‘qitishning texnika vositalari bilan almashtirish o‘quv jarayonida juda muhim narsani – o‘quvchiga pedagog shaxsning ta’sirini chikarib tashlaydi, bu esa o‘quv jarayonini juda kambagallashtirib yuboradi. Barcha texnika vositalarining, shu jumladan, o‘qitish mashinalarining xam imkoniyatlari cheklangan – ular faqat o‘qituvchining o‘quvchilarga kursatadigan ta’sirini oshiradigan quroldir.
Kasb – hunar maktablarida YUqori malakali usta va o‘qituvchilar, boy texnikaviy imkoniyatlar, o‘quvchilarning texnikaviy ijodiyoti keng rivojlanganligi tufayli o‘quv xonalarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashga, bu vositalarni bilim yurtlarida tayyorlashga, sanoatda ishlab chikarilgan texnika vositalarini takomillashtirishga katta e’tibor berilmokda. Xonalarni o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda quyidagi asosiy texnikaviy-pedagogik talablarga amal qilish kerak:
1. O‘quv kabinetlarini o‘qitishning texnika vositalari bilan jixozlashda o‘quv jarayonida ulardan komleks tarzda foydalanishini hisobga olishi zarur.
2. O‘quv xonasining istagan joyida kurish va eshitish uchun yaxshi sharoit ta’minlash lozim.
3. O‘quv xonalarida o‘qitishning texnika vositalari ishlatilganda shovqin manbalarini yo‘kotish kerak.
4. Barcha texnikaviy qurilmalar puxta va buzilmay ishlashi darkor.
5. Texnika vositalarining tuzilishi va ishlatilishi oddiy bo‘lishi kerak.
6. O‘qitishning barcha universal va maxsus texnika vositalaridan birgalikda oqilona foydalanish lozim.
7. Ishlatilishi iktisodiy jixatdan maqsadga muvofik bo‘lishi zarur.
O‘quv kinosi – o‘qitishning eng ko‘p tarkalgan texnika vositasi bo‘lib, ob’ekt hamda xodisalarni xarakatda va rivojlanishda namoyish qilishga, materialni tekshirish va umumlashtirishga, shuningdek, aniq idrok etishdan abstrakt idrok etishga utishga imkon beradi. O‘quv filmidan o‘qituvchi o‘quv materialini bayon etishida illyustratsiya sifatida, shuningdek, o‘quvchilar uni mutaqil o‘rganishi uchun foydalanishi mumkin.
Film bilan ishlashning so‘nggi bosqichida o‘quvchilar savollar berishiga imkoniyat yaratish kerak. Javob kaytarishga film materialni yaxshi bilib olgan o‘quvchilarni jalb etish lozim.
Diafilm va diapozitivlar, o‘quv kinosi kabi, ko‘rsatmalilik vositasi hamda o‘quvchilar bilimlarining dastlabki manbai bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha diafilmdan ko‘rsatmalilik vositasi sifatida foydalaniladi, bu xolda yassi ko‘rsatma qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yilsa, diafilmlarga xam shunday talablar qo‘yiladi. Diafilm va diapozitivlarga qo‘yiladigan uziga xos talablardan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish kerakki, kasb-hunar maktablarida ularni tayyorlashda bu talablarni hisobga olish zarur.:
- diafilm va diapozitivlarning mazmuni, avvalo, tasvirlash yo‘li bilan berilishi kerak;
- subtitrlar (bayonlar, tushuntirish yozuvlari) o‘quvchilar ko‘zini charchatmasligi lozim;
- rangli diafilmlardan rang didaktik masalalarni hal qilishga yordam bera olgan takdirdagina foydalanish darkor; qora-oq tasvirdagi diapozitivlar seriyalarini komlektlashda ularga rangli diapozitivlar kiritgan ma'qul.


Download 318.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling